Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim metodlarining ko’pligi bois ulardan to’g’ri va sifatli darajada foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish muammosi yuzaga kelmoqda. Bu muammoni bartaraf etish uchun har bir ta’lim metodlarini avzalligi va kamchiligi, qo’llanish shart sharoitlarini ishlab chiqish zarurati tug’ilmoqda. Psixologiyada xotira mavzusini o’qitishda kerakli metodlarni tanlash te’lim beruvchilar uchun qulaylik yaratadi.
Kurs ishining maqsadi:Psixologiyada xotira mavzusini o’qitishda metodlarni qachon va qayerda qo’llash kerakligi bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obekti: Xotira mavzusini o’qitish metodlari
Kurs ishining vazifalari: Xotira mavzusini o’qitishda metodlar afzalligini ko’rsatish, qo’llanish shart sharoitlarini bayon etish.
Kurs ishining foydalaniladigan metodikalar: Manbalarni qiyosiy tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish 2 bob 5 paragrif xulosa va tavsiyalardan iborat
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib ta’limdagi metodlardan og’zaki metodni yoritish pedagogikada ushbu metodning nechog’lik ahamiyatli ekanini anglatadi.
Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir vaqtning o‘zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo‘lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan ekan. Bu yettita so‘z, son, belgi, narsaning shakli bo‘lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo‘lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo‘larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi. Odatda biz biror bir materialni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki ma’lumot xohlasak ham xotiradan o‘chmaydi, boshqasi esa juda qattiq xohlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar bo‘lib, ba’zan o‘z taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga bog‘lagimiz keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.