Mundarija kirish Asosiy qism 1-bob Xotira mavzusini o’rganilganlik darajasining nazariy asoslari


Talabalarda klaster metodi yordamida xotira mavzusini o’qitishda erishilgan natijalar tahlili



Yüklə 252 Kb.
səhifə8/10
tarix03.02.2023
ölçüsü252 Kb.
#82691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E o\'ynab qo\'yay (2)

2.3. Talabalarda klaster metodi yordamida xotira mavzusini o’qitishda erishilgan natijalar tahlili

«Klaster» metodi puhta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) – bir butun holatda ma'lum mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidni namoyon etadi. "Klaster" metodi talabalarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo'lsa talabalar u haqida ko'z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda talabalar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o’rganishdan oldin o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.


1. Katta o’lchamdagi qog’oz yoki doskaning o’rtasiga mavzuga doir so’z yoziladi. 2. O’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayolga kelgan so’z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.
3.Yangi g’oyalar paydo bo’lishi bilan xayolga kelgan so„zlar ham darhol yozib qo’yiladi.
4. So’zlarni yozish jarayoni o„qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va g’oyalar tugaguncha davom etadi. Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha to’xtalmasdan yozish.
4. Iloji boricha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
5.G’oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik. Yangi mavzu o'rganishda darsni mustahkamlash bosqichida talabalarga quyidagi topshiriq beriladi. Qizil rangli ruchkalarini (yashil, qora bo'lsa ham bo'ladi) olib yangi o'rganilgan tushunchalar bilan boyitiladi. Talabalar yozilganlarni (o'qib) aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo'r bilan) yoki plakatda boshqa rangli flolmasterlar bilan aytilgan fikrlari yozib boriladi. Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli sifatida ta'lim oluvchilarga muammo (mavzu) lar hususida ihtiyoriy, erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish imkoniyatini yaratadi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalarni fikrlash, aniqlashda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puhta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi. Dars mashg'ulotlarida ushbu metod talabalar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi. Chunki, ushbu jarayonda har bir talaba tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. O'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtiradi qo'shimcha adabiyotlardan foydalangan holda klasterga yana qo'shimcha kiritishi uning mahoratiga bog'liq. "Klaster" metodi talabalarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Ushbu interfaol metodlarni amalda qo’llagan holda klaster metodida xotira turlarini o’quvchilarga o’tish jarayonida foydalansa qay darajada samarali bo’lishini quyida ko’rib chiqamiz
Xotira turlari





















Ushbu keltirilgan xotira mavzusini o’qitishda klaster metodini qo’llash bo’yicha tadqiqot ishlari olib bordik. Bizning tadqiqot ishlarimizda Termiz pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 201- va 202-gurux talabalaridan 24 nafardan 48 nafar sinaluvchi ishtirok etdi. Ikki guruxda xotira mavzusi o’tilganda birinchi guruxga xotira turlari maruza metodidan foydalanildi. Ikkinchi guruxga esa sinov tariqasida klaster metodi orqali xotira turlari tushuntirib berildi. Dars yakunida sinaluvchilarni tekshirish maqsadida bitta savol bilan murojaat qilindi.


Xotira turlaridan nechtasini sanab bera olasiz?”
Ushbu savolni berishimizdan maqsad talabalardagi xotira mavzusini qay darajada o’zlashtirgani va bunda klaster metodining o’rni qay darajada ekanini aniqlashdan iborat edi.
Natijalar va ularning tahlilini quyidagi jadvalda ko’rib chiqamiz :

Xotira turi (jami 8 ta)

201-gurux

202-gurux

8 ta sanab berganlar

0

0

7 ta sanab berganlar

0

1

6 ta sanab berganlar

4

6

5 ta sanab berganlar

3

8

4 ta sanab berganlar

3

5

3 ta sanab berganlar

7

4

2 ta sanab berganlar

7

0

Jami

24

24

Bu jadvalni tahlil qiladigan bo’lsak shunga amin bo’lishimiz mumkinki, Klaster metodi orqali talabalarga xotira mavzusi o’tilganda ma’lumotlarni eslab qolish darajasi yuqori bo’lar ekan. Buni keltirilgan xotira turlaridan 202 guruxtalabalari bittasi 7 ta va 6 tasi oltita sanab berganliklarida yaqqol korishimiz kumkin.



Yüklə 252 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin