Mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati


Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz



Yüklə 233,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix07.01.2024
ölçüsü233,81 Kb.
#202551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sist

2.2.Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz.
Tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig‘i hovuz va ko‘llarda, daryolarning
tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o‘ralgan chig‘anoq
ichida joylashgan. Chig‘anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi
bo‘ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o‘rab turadi. Mantiyadan chig‘anoq hosil
bo‘ladi. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi, uning ikki yonida bir juft
paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi
paypaslagichlari asosida bittadan ko‘zi joylashgan (29-rasm). Suv shillig‘i oyoq
muskullarining to‘lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.Ovqat hazm
qilish sistemasi. Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach,
oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig‘anog‘i ichida halqasimon buralib
joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo‘ladi.
Suv shillig‘i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi
bo‘ladi. U tilini chiqarib, o‘simliklar va suvdagi nar salarga yopishgan bakteriyalar
ham da mayda suv o‘tlarini qirib oladi. Bir juft so‘lak bezlari ham halqumiga
ochiladi. So‘lak suyuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig‘ining
jigari oshqozon bo‘shlig‘iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi.Nafas olish
sistemasi. Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas oladi. Chig‘anoqning chetida
nafas teshigi bor. Bu teshik xaltasimon o‘pkaga ochiladi. O‘pka devori juda ko‘p
mayda qon tomirlari bilan qoplangan. O‘pkadagi havodan qonga kis lorod o‘tadi,
qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska nafas oli sh uchun suv yuzasiga
ko‘tariladi va o‘pkasini havo bi lan to‘ldi rib oladi.Qon aylanish sistemasi.
Mollyuska yuragi tanasining orqa tomonida joylashgan, u yurak oldi bo‘lmasi va
yurak qorinchasidan iborat. Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni
tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ulardan ichki
47


organlar oralig‘iga quyiladi. Bu yerda kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat
angidrid bilan boyiydi. Shundan so‘ng tomirlar orqali o‘pkaga keladi. O‘pkada
kislorod bilan to‘yingan qon yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham
qon orqali to‘qimalarga tashiladi. Shunday qilib, mollyuskalar qon tomirlari ochiq
qon aylanish sistemasini hosil qiladi.Ayirish sistemasi. Chuchuk suv shillig‘ining
tasmaga o‘xshash yagona buyragi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangi ayirish organiga
o‘xshaydi. Buyrakning voronka simon kengaygan uchi yurakoldi bo‘lmasiga,
ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochiladi.Nerv sistemasi. Suv shillig‘ining
tanasida bir necha juft nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan mollyuskalarning
hamma organlariga nervlar chiqadi.Ko‘payishi. Suv shillig‘i – germafrodit hayvon.
U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko‘p tuxum qo‘yadi.
Tizimchasi suv o‘tlariga ilakishib qoladi. Tuxumlardan nozik chig‘anoqli kichik
mollyuskalar rivojlanadi.
Qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi. Qorinoyoqli mollyuskalar yer
yuzida keng tarqalgan, 100 000 ga yaqin turi bor. Ular ayniqsa, dengizlarda xilma-
xil bo‘ladi. Chuchuk suvlarda uchraydigan kichik shilliq jigar qurtining oraliq
xo‘jayini hisoblanadi. Yalang‘och shilliqlar va tok shillig‘i quruqlikda yashaydi.
Tok shillig‘i, har xil yalang‘och shilliqlar o‘sim liklarning yashil qismi bilan
oziqlanib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. O‘zbekiston hududida yalang‘och
shilliqlar va bedapoya shillig‘i, suv havzalarida har xil suv shilliqlari uchraydi.
Mollyuskalar tipining 130 minga yaqin turi ma’lim bo’lib uning qorin oyoqlilar
sinfiga ta tur kiradi. Bu jonzotlar asosan sudralib yurib, dengiz va chuchuk suv
havzalarida, quruqlikda tarqalgan. Quruqlikda yashovchi qorinoyoqlilardan
yalang’och shilliqlar, tok shillig’i, bеdapoya shillig’i kеng tarqalgan. Bu
Mollyuskalar ekinlarni yеb ziyon kеltiradi. Tok shillig’i bir muncha mutadil
iqlimda tarqalgan. O’zbеkiston hududida uchramaydi. Uning vatani Italiya
hisoblanadi. Keyinchalik urushlar natijasida Fransiyaga keltirilgan. Uning
terqalishiga nemis monahlari ham sababchi bo’lganlar. O’rta asrlarda uni karam
plantatsiyalarida boqishib post vaqti ularni istemol qilishgan. Germaniya orqali tok
48


shilliq qurti shimoliy va sharqiy Yevropaga hususan: Belgiya, Daniya Gollandiya
va janubiy Shvetsiyaga tarqalgan. Uning chig’anog’i och jigarramgda bo’lib, unda
to’qroq chiziqlarni ko’rish mumkin. Tok shillig’i va yalang’och shilliq tuxumlarini
nam joylarga: tuproqdagi yoriqlar, o’simliklar ostiga qo’yadi. 

Yüklə 233,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin