Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob. Tabiatni xuquqiy muxofaza qilishning tarixiy jixatlari



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə2/10
tarix25.04.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#102119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qayimov Ural Kurs ishi

Kurs ishning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasida tabiatini muhofaza qilish tizimining huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, uning o’ziga xos xususiyatlarini o’tmishdagi va hozirdagi holatini ochib berish, ularni hozirgi zamon talablariga javob berish darajasini aniqlash va yanada takomillashtirish borasida tegishli nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishning vazifalari. Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish Uni muhofaza qilishning asosiy sharti himoya qilishni foydalanish bilan bir vaqtda olib borish lozimligi. Bu tabiatni himoya qilish va undan foydalanish bir butun masala ekanligidan kelib chiqib uni himoya qilish. . Tarixda insonning tabiatga bo'lgan munosabati o ‘zgaruvchan bo'lib, u jamiyatning turmush tarziga bog‘liq ekaligini Tabiat boyliklaridan vahshiyona emas, balki to‘g‘ri, oqilona, insofli, kelajakni o‘ylagan holda foydalanish kerakliligi o’rganish.
Mavzuning ilmiy yangiligi va ahamiyati. Kurs ishida Ekalogiya huquqining aholi ekalogik onggiga huquqiga ta’sirini o’rganish, ekalogiya huquqining rivojlanish tarixini, xususiyatlari, O’zbekistonning ekalogik siyosati va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati bilish uchun aholining huquqiy onggi madaniyatini yuksaltirish uchun zamonaviy ekalogik huquqiy ta’lim davr talabi ekanligini o’rganib tahlil etildi.
Kurs ishidan ekalogiya huquqifanini o’rganayotganda foydalanish mimkin.
Kurs ishning tuzulishi. ish kirish, ikki bob,7 ta reja, xulosa, adabiyotlar ro'yxatidan iborat.


BOB. TABIATNI XUQUQIY MUXOFAZA QILISHNING TARIXIY JIXATLARI
1.1 Tabiatni o‘rganishning qoida va shartlari.
Umumiy o‘zaro bog‘liqlik qonunlari tabiatni muhofaza qilish uchun bir qancha shartlarni belgilashga imkon beradi. Birinchi shart shundan iboratki, tabiatning barcha hodisalari bir qancha ahamiyatga ega, shuning uchun har tomonlama baholanishi lozim. Har bir hodisa xalq xo'jaligi tarmoqlarining barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda tabiatning quw atini qayta tiklashga qaratilishi lozim. Masalan, o'simliklarga birinchi navbatda oziq-ovqat, yem-xashak deb qaralsa, ikkinchi navbatda u kislorod manbai, uchinchidan, havoni karbonat angidriddan tozalaydi, tuproqni saqlaydi. Suv manbalariga ham shunday qarash mumkin. Daryolar bir tomondan qulay transport vositasi bo'lsa, ikkinchi tomondan dalalarga suv yetkazib beradi. Ikkinchi shart shundan iboratki, tabiiy boyliklardan foydalanilayotganda mahalliy sharoitni hisobga olish lozim. Tabiatni u yoki bu boyliklaridan foydalanilayotganda butun mamlakat nuqtai nazaridan emas, mahalliy hududni talabi jihatidan hisob-kitob qilish kerak. Buni tabiatni muhofaza qilishning to'g'ri hududligi deyiladi. Bu uslub bilan suv va tuproq xususiyatlari hisobga olinadi. Uchinchi shart shundan iboratki, tabiatning bir xil boyligini m uhofaza qilish unga yaqin bo'lgan ikkinchisini saqlashga olib keladi.
Suvni ifloslanishdan saqlash bir vaqtning o'zida baliqlarni himoya qilish bilan bog'liq. Shunday qilib, tabiatning bir boyligini uning ikkinchi boyligi orqali muhofaza qilish ham mumkin. Lekin shuni ham aytish kerakki, tabiatning bir boyligini himoya qilish, uning ikkinchisiga katta zarar yetkazishi ham mumkin. Yaylovlarda chorva mollarining haddan tashqari ko'payishi bunga misol bo'lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan shartlarga ko'ra, tabiatni muhofaza qilish har tomonlama puxta o'ylangan, ilmiy jihatdan asoslangan yo'sinda olib borilishi lozim. Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish birinchi qarashda bir masalani bir-biriga zid bo'lgan ikki tomoni. Haqiqatda esa unuay emas. Tabiatni himoya qilish bilan undan foydalanish o'rtasida ziddiyat yo'q. Bu bir hodisani, ya’ni insonning tabiatga ta’sir qilishini qattiq o'zaro ichki bog'lanishidir
Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ham zamr. Uni muhofaza qilishning asosiy sharti himoya qilishni foydalanish bilan bir vaqtda olib borish lozimligi. Bu tabiatni himoya qilish va undan foydalanish bir butun masala ekanligidan kelib chiqadi. Tarixda insonning tabiatga bo'lgan munosabati o‘zgaruvchan bo'lib, ujam iyatning turmush tarziga bog‘liq. Tabiat boyliklaridan vahshiyona emas, balki to‘g‘ri, oqilona, insofli, kelajakni o‘ylagan holda foydalanish kerak.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin