Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob. Tabiatni xuquqiy muxofaza qilishning tarixiy jixatlari


II. BOB. ANTROPOGEN O‘ZGARGAN HUDUDLARNI EKOLOGIK-HUQUQIY MUHOFAZA QILISH



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə5/10
tarix25.04.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#102119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qayimov Ural Kurs ishi

II. BOB. ANTROPOGEN O‘ZGARGAN HUDUDLARNI EKOLOGIK-HUQUQIY MUHOFAZA QILISH
2.1 Antropogen o‘zgargan tabiiy muhitni ekologik- huquqiy muhofaza qilish tushunchasi, asosiy turlari va xususiyatlari
Yuridik adabiyotlarda mutaxassislar Ekologiya huquqining obyektini tabiiy obyektlar, tabiiy resurslar va tabiiy kom plekslarga yoki integrallashgan, differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) va alohida muhofaza etiladigan hamda xalq xo‘jaligi bo‘yicha tarmoqlashgan obyektlarga ajratadilar1. Lekin ushbu mualli fl arning o‘zlari Ekologiya huquqining obyekti bo‘lishi uchun atrof tabiiy muhit elementi, avvalambor, tabiiy kelib chiqqan, ekologik tizimning tarkibiga kirgan, insonlarning iqtisodiy, ekologik, madaniy, ijtimoiy, siyosiy talablarini qondira oladigan va yashash muhiti sifatini ta’minlab bera oladigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri ta’rif berganlar. Albatta, huquq orqali ushbu tabiiy obyektlar amaldagi qonunlar bilan tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Ekologiya huquqi obyektlariga nisbatan berilgan bunday yuridik ta’rif bizni ham qoniqtiradi. Lekin ushbu tushunchadan kelib chiqqan holda, tabiatni muhofaza qilish va ularni huquqiy boshqarish tizimini xalq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha ishlab chiqish, tabiat qonuniyatlariga, ya’ni ekologik tizimlarning «komplekslilik» xususiyatiga mos tushmay qoladi.Undan tashqari, sanoat, transport, energetika va boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlari ekologik qonunlar obyekti emas, balki ekologik nazorat va ekspertiza obyekti bo‘lib qolishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ekologik qonunlar, an’anaga ko‘ra, aniq bir Ekologiya huquqining obyektlari yoki ularning komplekslari bo‘yicha ishlab chiqiladi va jamiyatdagi ekologik munosabatlar ana shu obyektlar bo‘yicha tartibga solinadi. Mazkur darslikning 1-bobida ta’ri fl angan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini uyg‘unlashtirish talablarini inobatga olib, biz Ekologiya huquqining alohida tartibga solinishi kerak bo‘lgan obyektlaridan biri qilib antropogen o‘zgargan atrof tabiiy muhitni olamiz.
Antropogen o‘zgargan tabiiy muhit – kishilarning xo‘jalik faoliyati jarayonida ma’lum bir hudud yoki zonalarda tubdan o‘zgargan atrof tabiiy muhit holati.
O‘zbekiston uchun antropogen o‘zgargan tabiiy muhit bu hudud yoki zonalarni keltirib chiqaruvchi va ularga ta’sir etuvchi omillar majmuasiga qarab – shahar, sanoat va agrar (qishloq xo‘jaligi) tegralariga ajratish mumkin. Bu hudud, tegra yoki zonalarda tabiat elementlari (yer, suv, atmosfera havosi, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning son va sifat ko‘rsatkichlari, morfologik (tashqi) va morfometrik (o‘lchamli) belgilari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, atropogen o‘zgargan tabiiy hududlarda atmosfera havosi boshqa kam ta’sirlangan atrof tabiiy muhitga nisbatan 10–15 barobar ko‘proq ifloslanadi. Sanoat zonalarida havo tarkibida zaharli is gazi (CO2)ning ko‘payishi asosan metallurgiya (30–40%) va kimyo sanoati (15–20%), transport (10–15%) ta’sirida yuzaga kelsa, shaharlarda esa is gazi asosan transport (60–80%), og‘ir sanoat (15–20%), kimyo sanoati (5–10%) ta’sirida ifloslanadi. Agrar tegralarda tuproqlarning morfologik (ko‘zga tashlanadigan tashqi) ko‘rinishi 1–1,5 metr chuqurlikkacha tubdan o‘zgargan va yangi tip hosil qilgan bo‘ladi. Qishloq joylarda tuproqlar pestitsid, gerbitsid, mineral o‘g‘itlar; shaharlarda maishiy axlat; sanoat zonalarida sanoat chiqindilari hisobiga ifloslanadi.
Sanoat zonalari toifasiga kiruvchi atom elektrostansiyalari atrofidagi suv, tuproq va atmosfera havosida radioaktiv elementlar miqdori shaharlarga nisbatan bir necha o‘n barobar ko‘p bo‘ladi, lekin is gazining miqdori elektrostansiya atro fi da agrar zonalarga tenglashgan, shaharlarga nisbatan esa bir necha o‘nlab barobar kam bo‘ladi. Shunday qilib, antropogen o‘zgargan ekotizimlarda ekologik holat o‘ziga xos bo‘lgani uchun ham ularda ekologik-huquqiy muhofazalash choralari turlicha bo‘lishni talab etadi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish normalari har bir antropogen hudud bo‘yicha alohida shakllanishi va xo‘jalik yuritishning ekologik talablari differensial (tabaqalashgan) tarzda amalga oshirishni taqozo qiladi. Chunki shaharlarda is gazining miqdori atmosfera havosida yuqori darajada bo‘lgani uchun ham avtomobillardan chiqayotgan tutun tarkibida CO2ning ruxsat etilgan miqdori 1,5 emas, balki undan ham kamroq bo‘lishi, cho‘l yoki tog‘li mintaqalarda esa CO2 – 2,0 yoki undan ortiq bo‘lishigacha ruxsat etiladi. Ekologik jihatdan nobop shaharlarda avtomashinalardan chiqayotgan tutunni nafaqat CO2 ko‘rsatkichi bo‘yicha, balki SN va NO ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham olish xalqaro ekologik talablar darajasida bo‘lur edi. Shaharlarning katta-kichikligi, ifloslanganlik darajasi, iqlim sharoitlariga qarab, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon yuzasi, shaharsozlikning ekologik talablariga binoan 5–10 m2 dan to 25–30 m2 gacha oshirilishi – issiq iqlimli O‘zbekiston sharoitida insonlarning qulay atrof-muhitda yashash huquqini ta’minlab berishga o‘z hissasini qo‘shadi, deb o‘ylaymiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan huquqiy asoslar xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar asosida ko'rib chiqildi.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin