Mundarija: Kirish ……………………………………………..……………………………....3 Asosiy qism 1. To'p uzatish…………………………………………………..….………..4
2.To'p kiritish......................................................................…………………..8
3.To'pni qabul qilish………………………………………………………. 11
4. Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi.…………….…14
Xulosa .……….…… …………………………………………………….….....17 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………….….....18
KIRISH O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport ham tamomila yangicha maqom YO'nalishida shakllanib, yuksak cho'qqi sari qanot yozmoqda. Oarhaqiqat, yurtboshimiz I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport millat genofondini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida davlat siyosatining ustuvor YO'nalishlari doirasidan joy oldi. Hamdo'stlik davlatlari ichida mamlakatimizda birinchi bo'lib, Voleybol o'zining hammabopligi, kamxarajatligi, go'zal o'yin mazmuni, katta-yu kichik diqqatini o'ziga rom qiluvchi hujum va himoya kombinatsiyalari bilan yurtimiz shahar-qishloqlarida, mahallayu maskanlarda, to'y va bayramlarda bahs-raqobat, sihat-salomatlik, jismoniy va ruhiy barkamollik vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Voleybol - o'quv fani sifatida barcha ta'lim muassasalari o'quv rejasiga kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqt1arda faoliyat kO'rsatadigan sport to'garaklari, BO'SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv hujjatlariga asoslangan o'quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Shu bilan bir qatorda, ayni kunda voleybol bO'yicha iste'dodli sport zaxiralari va yuqori malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash hamda ommaviy voleybol geografiyasini yanada kengaytirish, mashg'ulot va musobaqalarni ilmiy asosda tashkil qilish zaruriyati yuksak kasbiy-pedagogik salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar yetishtirish muhimligiga e'tibor qaratadi.
Jismoniy tarbiya va sport, jumladan voleybol bo'yicha o'qituvchimurabbiy kasbiga ixlos qo'ygan, uni tanlagan ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qishga qabul qilingan har bir talaba O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqidagi Qonunlar talablariga muvofiq shaxs sifatida shakllanishi, kasbiypedagogik bilim, ko'nikma va malakalarni chuqur o'zlashtirish bilan bir qatorda, yuksak ma'naviy va madaniy xislatlarga ega bo'lishi.