Mundarija: Kirish asosiy qism To'p uzatish



Yüklə 291,08 Kb.
səhifə3/6
tarix24.06.2023
ölçüsü291,08 Kb.
#134897
1   2   3   4   5   6
11 mavzu volebol topni uzatish

To'p kiritish
Bu texnik usul argali to'p o'yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy magsadi to'pni raqib jamoasiga iloji boricha giyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi bo'Jib hisoblanadi. To'pni kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to'pni tashlash, go'ini silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (go'ini tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat. Voleybolda pastdan to'g'ri, yuqoridan to'g'ri, yondan yugoridan va sakrab to'g'ri to'p kiritish usullari mavjud.
Bu usullami bajarishda to'pga zarba berish turli tarzdagi ketmaketlikda bajariladi. Birinchi navbatda to'pga aylanma harakat berish, so'ngra aylanma harakat bermasdan to'p kiritish (birmuncha murakkab bo' Iganligi sababli) usullari o'rgatiladi yoki takrorlanadi. Pastdan to'g'ri to'p kiritish. O'yinchi oldinga engashib, oyoglarini tizza gismida bukkan, bir oyog'ini (zarba beruvchi qo'lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi (9-rasm) .

To'p tirsak qismida biroz bukilgan qo'l bel barobarida ushlab turi/adi. To'p gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo'l keskin ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga-to'g'riga bajariladi. O'yinchi bir vaqtning o'zida orqa oyoqni to'g'rilaydi va gavdaning og'irligini oldingi oyoqqa o'tkazadi. Zarbadan so'ng qo'l harakati to'pni «kuzatib» borish bilan tugallanadi. Pastdan to'g'ri to'p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qo'ini siJkish (zamax) yo'nalishi bi/an - u keskin orqaga haraktlanishi kerak; to'p tashlash balandligi bilan - u baland bo'lmasligi kerak; to'pga zarba berish - u taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur. Yuqoridao to'g'ri to'p kiritish. O'yinchi to'rga qaragan holda yuqori ho latni egallaydi (1 O-rasm).

To'p ko'krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo'yiladi (zarba beruvchi qo'lga nisbatan qarama-qarshi). To'p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o'yinchi qo'lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo'l - yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to'g'ri qo'l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xii variantda: to'pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To'pga aylanma harakat bermasdan to'p 45 kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlaming bajarilishiga qat'iy amal qilish zarur (11-rasm). Bular: to'pning qoq o'rtasiga zarba berish; to'p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo'lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor) va «aldamchi» (sekin) zarbalar berish.
Hujum zarbasini 2 yo'l bilan bajarish mumkin: to'g'ri (to'rga nisbatan to'g'ri turgan holda) va yon tomon bilan (to'rga nisbatan). Yuqoridan yon tomon bilan to'p kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan to'p kiritish usulida o'yinchi to'rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (12-rasm). To'p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O'ng qo'l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning og'irligi o'ng oyoqqa o'tkaziladi. Zarba beruvchi qo'l orqadan-yuqoriga yoy bO'yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og'irlik kuchi chap oyoqqa ko'chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.

Sakrab to'p kiritish. Hozirda sakrab to'p kiritish usuli keng qo'llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o'xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi.


Yüklə 291,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin