Mundarija: Kirish Asosiy qism


Angizni xaydash muddatiga karab kora shudgor va toza shudgorga bulinadi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/12
tarix12.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija Kirish Asosiy qism

Angizni xaydash muddatiga karab kora shudgor va toza shudgorga bulinadi.
Angizni xaydab yil davomida ekin ekilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. Shudgorda yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay fakat begona utlarni yukotish uchun kuruk ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshok va begona utlardan xoli buladi, unda nam kuprok tuplanadi ozik moddalar kupayadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi. 
Xosil yigishtirib olingandan keyin erga xech kanday ishlov bermay, kelgusi yili kuklamda xaydov utkazilib va ekin ekmasdan begona utlarga karshi kuruk ishlov beriladigan dalalar toza shudgor xisoblanadi. Mart oyida xaydalsa ertagi, apreldagisi urtagi, mayda xaydalsa kechki toza shudgori deyiladi. Lalmikor Dehqonchilikda toza shudgor mul va barkaror xosil omilidir. Lalmikor Dehqonchilik instituti ma’lumotlarga kura u gektariga 300-900 m3 namlik tuplanishini ta’minlaydi.
"1- Gallaorol" xujaligida 14 yilda toza shudgordan keyin bugdoy xosili 10,7 st, angizdan keyin 6,02 st bulgan. Lalmikor Dehqonchilik instituti ma’lumoti: Toza shudgor - bugdoy xosili 14-22 st, Angiz - 4-8 st/ga. Toza shudgordan keyin ekilgan uruglar kiygos unib chikadi.
Kamashi, Gallaorol, Baxmal - 4,36-8,16. Kattakurgon, karshi 2,16-3,13 st kushimcha xosil olingan. Kurgokchilik yil toza shudgorning xosilga ta’siri angiz nisbatan ancha yukori bulgan. Lalmikor erlar. 1. Nam bilan ta’minlamagan zona 250-450 m buladi 250-300 mm yogin mikdori
2. Chala ta’minlangan 450-750 m buladi 250-350 mm.
3. Tog oldi zona 750-950 m buladi 350-400 mm yogin mikdori.
4. Tog oldi zona 950-2000 m buladi 400-750 mm va undan ortik yogin tushadi. Tekislik zonalarda toza shudgorning eng kulay muddatlari martning ikkinchi yarmi, adirda artning oxiri, aprelning yarmigacha. Kuklamda shudgorlashni uz vaktida utkazish lozim. Aprelda shudgor kilinsa nam eng kup saklanadi. Fakat togli zonalarda 10-15 maygacha shudgorlashni davom ettirish mumkin. Shudgor yozda 8-12 sm chukurlikda KRN-3,5, KPNA -3, KPN - 4,3, PL-5-25, PPL-10-25 kultivator xamda KPL 2-150 rusmli ploskordlar bilan ishlanadi.
Baxorgi xaydov martda utkazilsa-ertagi apreldagisi-urtagi, may oyidagisi kechki toza shudgor deb ataladi. 
Uzbekiston sharoitida kora shudgor yogin-sochin ta’sirida juda zichlashib koladi. Tuprokda nam saklash kobiliyatini ancha yukotadi.Mart oxiri va aprelning boshlarida esa maydonlarni begona ut bosadi.Bunda, baxorda kayta xaydash yoki chukur kultivastiya kilish talab etiladi. Natijada kora shudgor ancha kimmatga tushadi. Buning kamchiliklaridan yana biri ayrim yillarda nitrifikastiya jarayoni ancha tezlashib tarikibida nitrat tuzlari kupayib kechadi. Lalmikor Dehqonchilik sharoitida toza shudgorning foydali axamiyati ikki yilga etishi mumikn. Shuning uchun erlardan samarali foydalanish maksadida toza shudgor band shudgor bilan navbatlanib turishi katta axamiyatga ega.
Band shudgor, toza shudgorga chopik talab etadigan biror ekin ekilgan er band shugor xisoblanadi. Kator oralariga ishlov berilganda begona utlar yukotib turiladi. Band shudgor toza shudgor bilan navbatlanib turishi yaxshi samara beradi. Band shudgor yogin mikdori etarli bulgan togli va tog oldi zonalarida yaxshi natija beradi. Lekin toza shudgor urnini bosa olmaydi.
Erta baxorgi band shudgorga kuk nuxat, xashaki nuxat, nuxat kungabokar, yasmik, maxsar; urta baxorgi kungabokar, ok juxori, sudan uti, ayrim joylarda makkajuxori; kech baxorgiga ok juxori makkajuxori, sudan uti, kungabokar, poliz ekinlari ekiladi. Yerlarni shudgorlash ekin ekishga tayyorlash, ya’ni chizellash. Boronalash, mola bosish ishlari tuprok - iklim sharoitidan kelib chikib kerakli tartib va muddatda utkaziladi, sederatlar xam band shudgor xisoblanadi.
Band shudgorga ekilgan erta va urta baxorgi chopik talab ekinlardan bushagan er kuzgi bugdoy yoki arpa ekish uchun otvalli pulugda 20-22 sm chukurlikda xaydaladi. Va bona, mola bostiriladi.
Kech baxorgi ekindan bushagan er esa borona tirkalgan yumshatgich pulug yoki kultivatorda 8-10 sm chukurlikda yumshatiladi. Erta va urta baxorgi band shudgordan bushugan begona uti kam erlar foydalmasdan PL-5-25PPL-10-25 markali lushchilnikda 12-15 sm chukurlikda yumshatiladi. Luchshilnikka xalkasimon galtakli mola tirkaladi. Natijada keng baxorgi band shudgordan keyin ekilgan arpa va bugdoydan mul xosil olinadi.Chopik kilinadigan ekinlardan bushagan erda namlik yaxshi saklanadi ammo band shudgorda toza shudgorga nisbatan xosildorlik kam buladi. 
Erni ishlash sonini minemallashtirish. Ma’lumki, dala trkator agregatlarning kup marta yurib utishi tufayli tuprok strukturasi buziladi xaydalma katlam va uning osti zichlashib koladi. Tuprokning suv-fizik xossalari yomonlashadi. Buni oldinini olish erni ishlash sonini kamaytirishni talab etadi. Uzbekiston PITI ma’lumotlariga kura erni ishlash sonini kamaytirish kuyidagi yunalishlarda olib borilishi mumkin.




    1. Yüklə 1,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin