Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə7/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z

Arslonquyruq ( Leonurus) turkumi bo’yi 50-150 (200) sm bo’lgan ko’p yillik o’t o’simliklar.Poyalari bir nechta, tik o’suvchi, shoxlangan, to’rt qirrali. Barglari oddiy, bandli, tuxumsimon yoki elipssimon, past va o’rta qismlaridagilari besh, yuqoridagilari uch bo’lakka qirqilgan, poyada qarama-qarshi va binafsha rangli. Mevasi 4 ta yong’oqchadan iborat. O’zbekistonning toshli va chag’irtoshli tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar – oshlovchi va boshqa moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qoʻllaniladi.
Turkiston arslonquyrug’i (L. turkestanica) dorivor o’simlik bo’lib uning yer ustki qismidan foydalaniladi. Tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, iridoidlar, saponinlar, C vitamini, karotin, kislotalar, achchiq, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Arslonquyruqdan tayyorlangan preparatlar tinchlantiruvchi ta‘sir ko’rsatadi. Shu bilan birga o’simlik preparatlari qon bosimini tushiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytiradi. Arslonquyruq preparatlari yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun buyuriladi. Bundan tashqari, asab kasalliklaridabham davo bo’ladi. Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻli yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston A. (L. turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.
Yalpiz (Mentha) turkumi turlari ko’p yillik o’t o’simliklar. Poyasi tik o’suvchi, ko’p, oddiy yoki shoxlangan, 4 qirrali, siyrak tukli, balandligi 30-80 sm. barglari oddiy, cho’ziq yoki nashtarsimon, qisqa bandli, chetlari mayda tishchali, poyada qarama-qarshi joylashgan. To’pguli poya va shoxlarning uchida joylashgan, yoyiq boshoqsimon. Guli qiyshiq, mayda, gultoji pushti va och binafsha rangli. Gulkosachasi ham binafsha rangli. Mevasi kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong’oqcha. Respublikamizning barcha viloyatlatlarida uchraydi. 3-rasm.
Qalampir yalpiz ( Mentha piperita)ning bargi va undan olinadigan efir moyidan foydalaniladi. O’simlik bargi tarkibida efir moyi, karotin, flavonoidlar va boshqa birikmalar bo’ladi. Qalampir yalpiz bargining asosiy ta‘sir qiluvchi shifobaxsh birikmasi uning tarkibidagi efir moyi va uning tarkibiy qismi hisoblangan mentoldir. Xalq tabobatida yalpiz bargining damlamasi jigar va o’t pufaklari kasalliklarida o’t haydovchi, og’riq qoldiruvchi, qusishga qarshi, ovqatni hazm qildiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Yalpiz bargi va uning efir moyi tinchlantiruvchi, spazmolitik, antiseptik va o’t haydovchi xossalarga ega. Ular ta‘sirida oshqozon sekresiyasi kuchayadi, ishtaha yaxshilanadi, silliq muskularni bushashtirib, spazmlarni yo’qotadi, jigar o’tini ko’paytiradi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin