Oddiy tog’rayxon (O. tytthanthum) tarkibida efir moyi, oshlovchi moddalar, askorbin kislota va fenol-karbon kislotalar bo’ladi. Tibbiyotda tog’rayhondan tayyorlangan preparatlar ichak atoniyasi kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, u balg’am ko’chiruvchi dori va terlatuvchi vosita sifatida ham ko’llaniladi. Efir moyi esa tish og’rig’ini qoldirish uchun ishlatiladi.
Mavrak (Salvia) turkumi ko’p yillik, bo’yi 20-50 sm ga etadigan yarim buta, ko’p yillik o’tlar. Poyasi ko’p sonli, shoxlangan, serbarg, to’rt qirrali, pastki qismi bir oz yog’ochlangan. Bargi oddiy, uzun bandli, poyaning eng yuqori qismidagilari bandsiz bo’lib, poyada qarama-qarshi o’rnashgan. Gullari qisqa bandli, mayda, poya va shoxlarining yuqori qismida boshoqsimon doira shaklidagi soxta to’pgul hosil qiladi. Guli qiyshiq gulkosachasi ikki labli, sertuk, gultojisi ikki labli, ko’k binafsha rangda, otaligi ikkita, onalik tuguni to’rt bo’lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi 4 ta yong’oqchadan tashkil topgan. O’rta Osiyoda 34 turi, O’zbekistonda 14 turi o’sadi.
Marmarak (S. sclerea) poyasi qattiq, to’rt qirrali, oddiy yoki shoxlangan, bo’yi 50-100 sm. Barglari yirik, qarama-qarshi joylashgan, tuxumsimon, asosi yuraksimon, cheti qo’sh kungirali. Gultoji och pushti-binafsha rangli. Adir va tog’larda, dalalarda va bog’larda tarqalgan.
2.2 Yalpizdoshlar oilasi shifobaxsh va dorivor o’simliklar tahlili. Yalpizdoshlar (Lamiaceae)oilasi dorivor o`simliklari konspekti dala tadqiqotlari, adabiyot ma’lumotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish asosida tuzildi. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish O`zbekiston florasida 39 turkumga mansub bo‘lgan 238 turdagi Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma’lumot manbaiga ko‘rsatma, “Flora Uzbekistana”, “Flora Kirgizii”, “Flora Tadjikistana”, “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” asosiy manbalar sifatida keltirilgan. Bundan tashqari, keltirilgan turlarning taksonomik statusini aniqlashtirishda Farg‘ona vodiysidagi Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi turlarini qamrab olgan ilmiy manbalardan hamda xalqaro elektron resurslardan (www.theplantlist.org, www.ipni.org) foydalanildi. Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi hududida tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae)oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari tur tarkibini aniqlashtirish va tarqalishini keltirishda G.A.Lazkov va B.A.Sultanovalarning asaridan foydalanildi. Konspektda oilalar gulli o‘simliklarni zamonaviy taksonomik tizimi APG IV (2016) asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa alfavit tartibida joylashtirilgan.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`libyetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.