Turkiston arslonquyrug‘i (Leonurus turkestanicus V.Krecz.et, Kuprian)
Ko‘p yillik, poyasi ko‘p sonli tik o‘suvchi, yuqori qismidan shoxlanuvchan, mayda tuklangan, 40-50 sm balandlikda. Barglarining ko‘rinishi doirasimon besh panjali bo‘laklarga bo‘lingan. Gullari o‘troq, kam sonli halqasimon joylashgan. Kosachasi 8-9 mm uzunlikda, kalta tuklangan, uzun uchlari tikanga aylangan. Tojbarglari pushti-qizg‘ish, tashqi tomoni tuklangan 12-13 mm uzunlikda. Yong‘oqchali mevasi ochiq qo‘ng‘ir, o‘tkir uch qirrali. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta mintaqalarida nam, shag‘alli tuproqli joylarda o‘sadi. Toshkent, Smarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan. Yer ustki qismi tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin va kvinkvelozid), alkaloidlar, efir moyi vitamin C, karotin, oshlovchi va moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi, surmasi (nastoykasi) va Suyuq ekstrakti tinchlantiruvchi vosita sifatida qon bosimi oshishi, asabiylanish va ba’zi yurak kasalliklari, yurak nevrozida hamda kardiosklerozni davolash uchun qo‘llaniladi
Zarafshon tog‘jambuli (Thymus serpyllum L.) . Ko‘p yillik, yer bag‘irlab o‘suvchi, ildizlari oldidagi qismlari yog‘ochlangan chala buta. Yangi novdalari tuklangan, balandligi 5-10 (15) sm. Barglari teskari tuxumsimon o‘troq. 3-4 tadan tomirlangan, tuksiz, chetlari tekkis. Gullari poyalarini uchki joylashgan boshoqsimon to‘p gullardir. Kosachasi 4-5 mm uzunlikda. Tojbarglari 5-7 mm uzunlikda pushti-qizg‘ish, pushti-qizil ranglarda. Iyun-avgust oylarida gullab, iyul-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va yuqori mintaqalaridagi toshli va mayda shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘sadi. Yer ustki qismi damlamasi og‘riq qoldiruvchi, radikulitda, yo‘talga qarshi, ich burug‘da qo‘llaniladi.
Dorivor limono’t (Mellissa officinalis L.)- ko’p yillik, poyasi tik, asosidan shohlanuvchan, qalin dag’al bezlar va tuklar bilan qoplangan, limon singari hidga ega , 30- 60 sm balandlikdagi o’t o’simlik. Barglari tuxumsimon , chetlari yirik tishchali , ostki tomoni tuksiz ust tomoni siyrak kalta tuklangan. Gullari uzun tutqichli, xalqasimon joylashgan. Kosachasi 7-8 mm uzunlikda, uzun tolali tuklarga ega. Tojbarglari oq, tashqi tomoni biroz tuklangan, 14-13mm uzunlikda. Yang’oqchasi uch qirrali, to’q qo’ng’ir 1.7 mm uzunlikda. Iyun- avgust oylarida gullab, iyul-sentabr oylarida urug’lari yetiladi. Tog’larni o’rta mintaqalarida, qoyalar,soyalarda o’sadi. Toshkent , Qashqadaryo , Farg’ona, viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining (ba’zan bargining) damlamasi ovqat xazm bo’lishi buzilganida uni tartibga solish, kam qonlik, ba’zi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi, og’riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Limono’t asosan xalq tabobatida foydalaniladi.
O’rmon quddusi (stachys silvatica L.)-ko’p yillik , poyasi to’g’ri o’suvchi, balandligi 1 m . Bargi yirik katta arrasimon tishli, ikki yuzasi siyrak tuklangan, bandli. Gullari siyrak xalqasimon bo’lib, gul burglar qo’ltig’ida joylashgan. Kosachasi 8-9 mm uzunlikda uchburchak shaklda bo’lib uchki qismi tikanga aylangan. Tojibarglari to’q qo’ng’ir qizil, 14-16 mm uzunlikda, ostki lab tojibargi 1.5 marta uzun yuqoridagidan. Iyunda gullaydi. Tog’larning o’rta mintaqasida butazorlarda o’sadi. Farg’ona viloyatida (Chodaksoy) tarqalgan. Yer ustki qismining tayyorlangan suyuq ekstrakti yallig’lanish, fibromioma natijasida qon ketishiga qarshi, bachadonni tez qisqartirishda qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |