O’tkirtangachali ko’kamaron (skutellariya oxystegiya Juz.)- ko’p yillik siyrak ko’p sonli yostiqsimon, bir yillik novdalari ingichka 5-10 sm uzunlikda, o’tsimon o’simlik. Barglari ellipssimon , ayrim xollarda chetlari tekis. Gullari yuqoridagi barglar qo’ltig’ida joylashgan. Kosachasi 2 mm uzunlikda, urug’i yetilishida biroz uzunlashadi. Tojibarglari och sariq, 25-30 mm uzunlikda. Iyun- avgustda gullab, iyul-sentabrda urug’lari yetiladi.
Tog’larning o’rta mintaqalaridagi qoyalarda o’sadi. Toshkent (shag’altog’), Farg’ona, Samarqand viloyatlarida tarqalgan. Ushbu o’simlikni ildizidan spazmatik xastaliklariga qarshi qo’llaniladi.
Dag’al tukli bozilbang (lagochilus hirsutissimus vved.)- ko’p yillik, poyalari yog’ochlanuvchi, tik o’suvchi, kam shoxlanuvchi, balandligi 15-30 sm. Barglari rombik tuxumsimon , chuqur o’yilgan , uchki qismi tuklangan. Gullari barg qo’ltig’ida 4-8 tadan o’troq joylashgan. Kosachasi qo’ng’iroqsimon , uchlari tikansimon uchli, ostki kosachasi 20-25 mm uzunlikda. Tojibarglari oq unda qo’ng’ir nurlari bor, uzunligi 25-27 mm. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Tog’ oldi tumanlarida shag’alli- mayda tuproqli joylarda o’sadi. Farg’ona viloyati (Qurama tizmasini) tog’ oldida tarqalgan. Qon quyilishini tezlatishda, ya’ni qon ketishini to’xtatish uchun qo’llaniladi.
XULOSA Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tibbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae ) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarini o`rganish boyicha tadqiqot ishi birinchi marotaba qilindi.
1. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarining 26 turkum va 69 turdan iborat ekanligi aniqlandi.
2. Turkumlar bo‘yicha turlar bir xil tarqalmagan. Turlarning ko‘pligi jihatidan Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`ptarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi. O`zbekistonda tarqalgan Yalpizdoshlar( Lamiaceae) oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 %dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi.
3. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margarita Botsch. uchraydi xolos.
4. Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar 73 tur (30,6%), gemikriptofitlar 145 tur (61%), kriptofitlar uchramaydi, terofitlarga 20 tur (8,4%) o`simliklar mansubligi aniqlandi.
5. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi turlarining xalq xo`jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo`yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi, 238 turdan eng ko`p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya`ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi. Oilaga mansub 74 tur o`simlikdan esa hozircha foydalanilmasligi ma`lum bo`ldi.
6. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`libyetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.
7. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi dorivor o`simliklarning taksonomik tarkibi aniqlanib keng tarqalgan turlarining konspekti tuzildi.
8. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simlik turlari taksonomik, geografik va fitotsenologik tahlil qilindi. Ularning turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbati aniqlandi.