23
qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi.
2004 yil 14 —16 yanvarda Oʻzbekiston — Fransiya savdoiqtisodiy hamkorlik
hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi
rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida
suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2
ta "Boeing 767-300ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz
kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning
vakolatxonasi ochilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiya
agentligi bilan F.ning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida
telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Oʻzbek xonandasi Matluba
Dadaboyeva 1996 yil birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola
etgan bulsa, 1997 yilda xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm
xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan
"Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari
"Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini
tashkil etishdi. 2004 yil davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek
zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 yil Parijning
"Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida
Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan
haykali namoyish etildi. 1994 yil Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini
nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman,
Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. Oʻzbekiston BA F.ning yirik
shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi.
1996 yil Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik
sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan
Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi.
Dostları ilə paylaş: