Mundarija: Kirish I bob. Asqad Muxtor hayoti va ijodiga bir nazar


II BOB 2.1.Adib hayoti va ijodini maktab adabiyot darslarida oʻrgatish usullari



Yüklə 46,1 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü46,1 Kb.
#208248
1   2   3   4
A.Muxtor lirikasi

II BOB
2.1.Adib hayoti va ijodini maktab adabiyot darslarida oʻrgatish usullari
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim beruvchi;
Dars uslubi:nazm gulshani,suhbat,matn ustida ishlash;
Dars jihozi :darslik,Asqad Muxtor siymosi,tarqatmalar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Nazm gulshani:quyi sinflarda yod olingan Asqad Muxtor she’rlari asosida:
II.XX asr o`zbek she`riyati ,nasri, tarjimachilik san`ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
II.Asqad Muxtorning adabiy merosi haqida.
Mustahkamlash:
1.Bunda oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlinadilar va Insert usuli yordamida jadvalni toʻldiradilar.

2. Bu metodda oʻquvchilar yangi mavzuni test yordamida mustahkamlaydilar.



3." Toʻgʻrisini tanla" metodi orqali oʻquvchilarning zehnlarining oʻtkirligi hamda xotiralarining mustahkamligi sinaladi.

Uyga vazifa: " Chinor" romanini oʻqib kelish.


Baholash:


2.2. Adabiyot darslarida "Chinor" romanini oʻrgatish usuli
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romani
Darsning maqsadi:
a) ta`limi-oquvchilarga “Chinor”romani,uning tuzilishi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida qarindoshlar o’rtasida mehr-muhabbat,ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini takomillashtirish;
Dars turi :yangi bilim berish;
Dars uslubi:ma’lumot berish;ifodali o’qish,asar tahlili,bahs;
Dars jihozi : “Chinor”romani, darslik,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Savollar ustida ishlash
1.Asqad Muxtor qachon qayerda tug`ilgan?
2.Asqad Muxtorning bolaligi qanday kechgan?
3.Asqad Muxtorning tahsil yo`nalishini aytib bering.
4.Asqad Muxtor qaysi gazeta va jurnallarda ishladi?
5.Asqad Muxtorning ilk she`riy asarlarini aytib bering
6.Asqad Muxtorning dastlabki she`riy to`plamlarini sanab bering.
7.Asqad Muxtor qalamiga mansub romanlarni sanab bering.
8.Asqad Muxtor qalamiga mansub qissalarni sanab bering.
9.Asqad Muxtorning bolalarga bag`ishlangan asarlarini sanab bering.
10.Asqad Muxtor umrining so`ngida yozgan badiiy-falsafiy asar qanday nomlanadi?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.“Chinor”romani
Asqad Muxtor romanlari ichida ,ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan.Bu asar o`ziga qadar yaratilgan o`zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.Avvalo ,romanning kompozitsion tuzilishi –asar voqea–hodisalarining o`zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskinfarq qiladi.Unda go`yo bir-biri bilan bog`lanmaydigan qator hikoyalar ,rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi.Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga buysunmaydi.Masalan, roman yaratilgan davr(o`tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o`rin beriladi.
Aslida ,romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz-93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog`lanadi. Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabarolgani otlangan Ochil buva olis safarga chiqadi.O`ta qiziqarli va ibratli safar asnosida Ochil bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno boʻladi.
Mustahkamlash:
1.Oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlinadilar va guruhlarning biri "Uchburchak" , ikkinchi guruh "Kvadrat" , uchinchi guruh "Doira" shakli turgan tomonda turib qadamma-qadam asar yuzasidan savollarga javob beradilar.

2.Oʻquvchilar kichik guruhlarda boʻlinadi va oʻzcChinor daraxtlarini chizadilar hamda asardagi qahramonlarni chinor shoxlariga joylashtiradi.

Uyga vazifa berish. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodininoʻqib kelish.


Baholash.
.

Xulosa
Davrdagi o‘zgarishlar, zamonasining muammolari Asqad Muxtor ijodini ham chetlab o‘tmadi. Agar siyosiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil etiladigan bo‘lsa, shoirning ko‘p she’rlari “g‘alvirdan tushib qolishi” aniq. Shoir ijodiga ko‘chib o‘tgan “umummanfaatlar, ijtimoiy motivlar, zamon chaqiriqlari, millionlar ongini band etgan porloq g‘oyalar” uzoq umr ko‘rmadi. Yillarning o‘zi uning bunday asarlari haqida hukm chiqarib bo‘ldi. Biroq adabiyotda bosh mezon asar badiiyati, tili va uslubi ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, uning hali uzoq yashaydigan she’rlari oz emas. Xususan, bir paytlar shoirning o‘zi pisand qilmagandek bo‘lgan “shaxsiy ruhiy holatlarni kavlashtiraveradigan intim munglar”, “qantarilgan ko‘ngil sozlari”dan taralgan satrlar hamon umrguzaronlik qilmoqda.



Yüklə 46,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin