Mundarija: Kirish I bob. Asqad Muxtor hayoti va ijodiga bir nazar


Adib adabiyotimiz xazinasiga qo‘shgan hissasi



Yüklə 46,1 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü46,1 Kb.
#208248
1   2   3   4
A.Muxtor lirikasi

1.2. Adib adabiyotimiz xazinasiga qo‘shgan hissasi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor o‘zining rang-barang janrlardagi nasriy, lirik asarlari, jahon adabiyotidan tarjimalari bilan XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli ulush qo‘shdi. Garchi yozuvchi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, uning orginal lirikasi hali-hanuz o‘zining sehru jozibasini ko‘z-ko‘z etib kelmoqda.
She’rni shoir qalbining tarjimai holi deydilar. Bu tarjimai hol sanalar, raqamlar, fakt va ma’lumotlardan emas, qalbning tepinish va talpinishlaridan, iztirobu quvonchlaridan, ayrilig‘u armonlaridan, undagi tuyg‘u-kechinmalarning parvozi va poetik mazmun kasb etishidan tarkib topadi.
Asqad Muxtor tasavvurida “O‘ylar davr to‘lg‘oqlari…”, “she’r turmush o‘chog‘idan olingan lag‘cha cho‘g‘…”, “she’r-yalt etgan oniy tuyg‘u, zavq-shavq tug‘yoni…”. She’riyatda hech kim yurmagan so‘qmoqlardan yurish istagi tufayli bu lirik qahramon goh shafqatsiz realist, ba’zan ko‘tarinki xayollar og‘ushidagi romantik, boshqa bir o‘rinda esa analitik o‘ylarga berilgan shaxs sifatida ko‘rinadi. Shoirning iqroricha, she’rlaridagi badiiy idrok va ifoda mazmuni mantiqiy muhokamalar asosida emas, aksincha, ilmiy mushohada-muhokamalarni ham taxayullar asosiga quradi.“Kardiogramma” she’rida esa kelajak oldidagi javobgarlik va xavotir tuyg‘usidan, umuminsoniy dardlardan og‘rigan bezovta yurakning muvozanatini yo‘qotgan tepinishlari goh qisqarib, goh cho‘zilayogan kardiogrammaning siniq chiziqlarida o‘zligini ko‘rsatadi.
Xotira - bizning axborotlar saqlanadigan arxivimiz. Voqelikdan olinadigan taassurotlarning salbiy yo ijobiyligi inson amalga oshiradigan keyingi harakatlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Hayotda sodir bo‘ladigan har bir hodisa suv tubiga cho‘kkan toshdek ong ostida yotaveradi. Turmushda hal

Shu paytga qadar muhabbat mavzusida millionlab katta-kichik asarlar yozilgan. Asqad Muxtor ham shu mavzuda yozar ekan, birovni takrorlamaydi, yangi, original obraz va ifoda yo‘sinining ta’sirdorligi bilan diqqatni o‘ziga tortadi.


Muhammad Rahmonning “Asqad Muxtorning bog‘i” degan she’ri bor. Unda tasvirlanishicha, shoirning bog‘idan bir bolakay qo‘ynini to‘ldirib meva o‘g‘irlab chiqadi. Lirik qahramonning nega o‘g‘irlik qilayapsan, degan savolini javobsiz qoldirib, bolakay qochib ketadi. Shunda Muhammad Rahmonning lirik qahramoni bolani cho‘chitib qo‘yganidan afsus chekib, shoir do‘stlarimiz bilan o‘zimiz ham vaqtida bu “boqqa”, ya’ni Asqad Muxtorning she’riyat bog‘iga ko‘p bor “o‘g‘rilikka” tushgandik, deya o‘yga toladi.2
Chinakam she’riyatni tuyg‘ularning tarbiyachisi, qalblarning murabbiysi deyishadi. Asqad Muxtor lirikasi ana shu jihatlari bilan qadrli va ahamiyatlidir.
Asqad Muxtor she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri (umuman, bu uning butun ijodiga xos xususiyat) falsafiy mulohazalarga boy, oddiy voqealardan ham katta fikr, salmoqli xulosalar chiqarilganidadir. “She’r – inja tuyg‘ularning nozik ifodasi, she’r – ko‘ngil rozi, qalb kechinmalari” kabi tushunchalar Asqad Muxtor she’riyatida o‘zgacharoq mohiyat kasb etadi. Shoir lirikasi misolida aytadigan bo‘lsak, she’r – hissiy tafakkur, ko‘ngil falsafasi, she’r – fikrning tuyg‘ularga o‘ralgan go‘zal suvrati.
Shoirning o‘zi iqror bo‘lganidek, yillar davomida she’r, uning ifoda shakllari, vositalari, usullari, ruhi haqidagi fikrlari juda ko‘p o‘zgardi. Asqad Muxtor ijodiy takomilida uning ushbu ta’riflariga mos ko‘plab she’rlar yaratildi. Ammo ularning barchasida – syujetli voqeaband she’rlarida ham, musiqiy-ohangdor, va albatta, ratsionalistik she’rlarida ham FIKR yuzaga qalqib chiqaveradi. Bundan Asqad Muxtor she’rlari faqat fikr nazmga solingan namunalardan iborat, degan xulosaga kelmaslik kerak. Shoir ta’kidlaganidek, fikrsiz poeziya yo‘q. Ta’bir joiz bo‘lsa, har qanday she’r bag‘rida fikr yulduzi yashaydi; bir she’rda bu yulduz porlab turadi, qay biridadir miltillaydi, boshqasida elas-elas ko‘zga tashlanadi.
Fikr va tuyg‘u uyg‘unligi lirikaning barqaror qonunlaridan. Quruq fikrning o‘zi she’r bo‘la olmaganidek, faqat his-hayajon ifodasini ham nazm deya olmaymiz. “Badiiy asarda ma’naviylik bilan hissiylik uyg‘unlashmog‘i kerak”, deydi nemis faylasufi Fridrix Hegel. Eng asosiysi, she’rda bu ikki muhim unsur orasidagi muvozanat yo‘qolmasligi lozim. Shunday deymiz-u, ammo falsafiy-intellektual she’rlarda tarozi posangisi ko‘proq fikrga yon berishini ham inkor eta olmaymiz.3
Asqad Muxtorning ko‘plab she’rlarida lirik qahramon – shoirning o‘zi – donishmand, hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan, mulohazakor shaxs. Uning o‘z hayot falsafasi bor. Ezgulik va haqiqat uchun kurash, azizu mukarram xilqat hisoblangan inson nomiga munosib ish tutish, shaxs ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida betinim harakat she’rlardagi qahramon e’tiqodi negizini tashkil etadi. Umuman, umr mohiyati, hayot ma’nosini, insonning makon va zamondagi o‘rnini anglash, idrok etishga urinish, bu boradagi fikrlarni badiiy-falsafiy talqin qilish falsafiy-intellektual lirikaning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Asqad Muxtor she’rlarida esa bu jihat bo‘rtib ko‘rinadi.4
Daqiqa va abadiylik, kun va tun, yorug‘lik va zulmat, hayot va o‘lim tazod-juftligi Asqad Muxtor lirikasida alohida mazmun-mohiyatga ega. O‘tgan, o‘tayotgan kunni sarhisob qilish, o‘z-o‘zini muntazam taftish etish uning qahramoniga xos xislatlardan.

Asqad Muxtor insonni “kashfiyot yolqini”, “asriy zulmatlarda bir yorug‘ nuqta” deb ataydi (“Inson”). Shoir tasavvuridagi inson ma’naviy-intellektual jihatdan yetuk bo‘lish bilan birga, zamon va davr dardu tashvishlari bilan yashashi, ijtimoiy faol bo‘lishi shart. Ammo buning uchun ushoqday jonga metinday bardosh, katta matonat kerak. Bular yillarni yillarga ulab topiladigan ne’matlar. Shu bois ko‘zni kattaroq ochish, yon-atrofga, dunyoga idrok nazari bilan boqish darkor. Asqad Muxtor she’rlaridagi inson “damlarni misqol tarozida o‘lchayotgan”, kun, oyu yillarning puchu sarasini hisoblayotgan, “Rozilari bormi yillar orasida?” deya tinimsiz o‘zini savolga tutayotgan bedor o‘yli odam; “ruhiy dolg‘alardan bezillab qolgan”, ustiga-ustak, “yangi do‘zaxlar” barpo etilayotganidan sarosimaga tushgan, “qo‘l cho‘zib iltijo qilayotgan kelajak”ni saqlab qolishga butun bashariyatni da’vat etayotgan zamin kishisi; davr dardlaridan majruh bo‘lgan qalb egasi; dardim sukunatni cho‘chitmasin deb sokin bog‘larni aylanib o‘tadigan, shirin tushlarni hurkitmasin, jonlar oromini buzmasin, tunni uyg‘otmasin deya dardini ichiga yutib, olamning beg‘ubor tongini kutayotgan nuroniy; tun bo‘yi beshik uzra bosh egib, uyquning bahridan kechib go‘dagi kamoli uchun jon kuydirayotgan mushtipar ona; hamma mo‘’jizalar o‘rnini bosadigan ayol; ortidan qoladigan gulu niholi istiqbolini o‘ylab, qalbini og‘ir o‘y burdalayotgan bobo… Shoir shu yo‘nalishdagi she’rlarida inson kamoloti, bashariyat saodati, kurrai zamin tinchligi, elatlar birligi uchun qayg‘uradi va bu pafos o‘ychan, donishmandona, shu bilan birga, ichki tug‘yonli satrlarida zuhurlanadi.


Asqad Muxtor she’rlarida nekbinlik – optimistik ruh kuchli. Hayotsevarlik – shoir lirik qahramonining asosiy fazilatlaridan. U hayotning bezavol ekaniga ishonch bilan shunday deydi: borliqdagi barcha chiroyni “hayot qalbi”ga qaytib chiqmas qilib kiritish kerak. Shoir ko‘plab she’rlarida hayotning yorug‘ tomonlarini ko‘rsatishga, umrning bebaho in’om ekanini badiiy-falsafiy aks ettirishga erishadi. Yorqin, xarakterli detallar topadi.5
“Asqad Muxtor ijodiyoti ko‘zgusida avliyo Zardo‘shtiy, Konfutsiy, Dao, Muhammad alayhissalom, Iso alayhissalom, Bahovuddin Naqshband ta’limotlarining badiiy savlati yuz ko‘rsatadi, – deb yozadi shoir Rauf Parfi. – Bu in’ikos u yoki bu darajada bo‘lishidan qat’i nazar, Inson va insoniylik, Inson baxti uchun kurash g‘oyasi bilan sug‘orilgandir”.
Asqad Muxtor qahramoni avlodlar, vorislar, ularning kelajagi haqida ko‘p o‘yga toladi. Avlodlar taqdiriga mas’ullik va jindek xavotir shoir she’rlariga o‘ziga xos tarzda ko‘chib o‘tadi:
Asqad Muxtorning she’rlari ancha sokin, shoirning o‘zi kabi og‘ir-vazmin. Ammo mana shu bosiqlik zamiridagi tug‘yon, nohaqlik, adolatsizlik, loqaydlikka isyon po‘rtanasi yuraklarni to‘lqinlantiradi. Uning she’rlarida shavq (ekstaz) holati his-tuyg‘ularda emas, ko‘proq ongu shuurda ro‘y beradi. Ushbu falsafiy-intellektual she’rlar ma’naviy bedor shaxsning ongu shuuri, zehnu idrokidagi tug‘yonlar hosilasidir. Shu o‘rinda Mirtemirning shoir ijodi haqidagi mana bu fikrlarini keltirib o‘tish joiz: “Asqad she’rlari tinch va limmo-lim, lekin tagi tug‘yonli ko‘klam soylaridek tabiiy, purhikmat, kuchli va jozibali. Asqad she’rlarida obrazlar siyqalik illatidan xoli, Asqad tili chinakam poeziya tili… Chertib-chertib, chinniday jarang bergan so‘zlardan silliq va har qaysisi o‘z o‘rnida zarur g‘isht qo‘ya oladi”.
She’rda muallif-shoirning xarakteri, botiniy-zohiriy dunyosi akslanishi bor gap. Asqad Muxtor aytmoqchi, haqiqiy she’rlarga shoir shaxsining muhri bosilgan bo‘ladi. Shu boisdan ham uning she’riyatiga xos falsafiy-intellektuallik, donishmandlik sifatlarini, davr va obyektiv sabablarni inkor etmagan holda, ko‘proq shoir shaxsiyati bilan bog‘liq holda tushunish mumkin.6


Yüklə 46,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin