Mundarija: Kirish I bob. Beruniyning hayoti



Yüklə 198 Kb.
səhifə8/10
tarix18.06.2023
ölçüsü198 Kb.
#132111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jumayeva Irodaning Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi fanid

XULOSA


Hozirgi globallashuv sharoitida jamiyatni ma’naviy yuksaltirish, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shish, yoshlarni yurt tinchligi, komil inson g‘oyasi ostida tarbiyalab, fuqarolik jamiyati rivojlanishida fuqaro ma’naviyatini yuksalishi
dolzarb muammo bo‘lib turgan paytda, buyuk donishmand ajdodlarimizning qoldirgan ma’naviy va madaniy merosini asrashdek qomusiy burchimizni ado etib, milliy merosiga tayangan holda ish ko‘rmog‘imiz lozim.
Sharq uyg‘onish davrida Turkiston zaminidan qator mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular o’z asarlari bilan o‘rta asrlardayoq dunyo ilmiy tafakkuriga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘sha olganlar. Ana shunday qomusiy olimlardan biri yurtimizda dovrug‘i ketgan Xorazm Ma’mun Akademiyasining raisi Abu Rayhon Beruniy edi
Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Beruniy dunyo ilm- fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi.
Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas.
Olimning yana bir jihati shundan iboratki, ma’naviy jasorat sohibi ekanligini uning hayotiy tajribasidan u yozgan asarlardan ko’rsak bo’ladi. Bizga sir emaski, olim yashagan davrda, qirg’in-barot urushlar, amaldorlarning adolatsizligi ilm- fanning rivojlanishiga uning takomillashishiga salbiy ta’sir ko’rsatib turuvchi kuchlar ham topilgan.

Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin