Mundarija kirish I bob. Bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyati tavsifi



Yüklə 240,58 Kb.
səhifə1/5
tarix16.05.2023
ölçüsü240,58 Kb.
#113876
  1   2   3   4   5
BOLALAR CHOLG\'U ASBOBLARDA JO\'R BO\'LISH FAOLIYATINI TAVSIFI VA UNING VAZIFALARI



MUNDARIJA


KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. BOLALAR CHOLG'U ASBOBLARIDA JO'R BO'LISH FAOLIYATI TAVSIFI...................................................................................................................5
1.1. Bolalar cholg'u asboblarida jor bolish faoliyatini tashkil etilish maqsadi......................................................................................................................5
1.2. O'quvchlarning ijrochilik malakasini rivojlantirishda bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatining ahamiyati.......................................................10
II BOB. BOLALAR CHOLG‘U ASBOBLARIDA JO‘R BO‘LISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH.................................................................14
2.1. Bolalar cholg'u asboboarida jo'r bo'lish faoliyatini shakllantirish.....................14
2.2. Bolalar cholgu asboblari turlari va ularning xususiyatlari.................................26
XULOSA................................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTAR.................................................................35

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Musiqa san’ati — nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun ta’sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o‘zagi esa, boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi — musiqa madaniyati darslari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ta’limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg‘u asbobi bilan birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o‘rganishi kerak. O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi mumkin.
Ma’lumki, musiqa darslari jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo‘l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o‘zaro mantiqiy uyg‘unligi natijasida o‘qitishning rivojlantiruvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar musiqa madaniyati darslari bir o‘quv yilida 34—35 soat o‘tiladi. I chorakda — 9 s. II chorakda — 7 s. III chorakda — 10 s. IV chorakda — 8 s.Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.‌‌Bolalar musiqa cholģu asboblarida xozirgu kunda. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson boiishi kerak.
“Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ulami qanday tarbiya olishiga bog’liq. Chunki ma’naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo‘ladi”!. deb takitlaydi o‘z asarlarida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov.

Yüklə 240,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin