MUNDARIJA Kirish I-BOB DINIY BAG`RIKENGLIKNING JAMIYATDAGI TAKOMILLASHUVI Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi (integrativ) funksiyasi haqida
II-BOB O`ZBEKISTONDA DINLARARO TOTUVLIKNING SHAKLLANISHI VA UMUMBASHARIY QADRIYATLAR 2.1 O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida
2.2 Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Istiqlol tufayli masjid va madrasalar, cherkov va ibodatxonalarning binolari, nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar dindorlarga qaytarib berildi. Respublikamizning turli hududlarida qad ko‘targan biri-biridan go‘zal masjidlar musulmonlarimiz uchun ajoyib va betakror tuhfa bo‘ldi. Ular qatorida poytaxtdagi “Minor”, “Islom ota”, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Termiziy” masjidlarini qayd etishimiz mumkin. Urganch, Nukus kabi shaharlarda musulmonlarimizni o‘ziga chorlovchi masjidlarning qurilishi yakuniga yetmoqda.
“Hazrati Imom”, “Imom Buxoriy”, “Bahouddin Naqshbandiy”, “Imom Moturidiy”, “Hakim Termiziy”, “Imom Termiziy” kabi buyuk ajdodlarimizning majmualari”, Rus pravoslav cherkovi “Svyato-Uspensk” kafedral sobori, Rim-katolik cherkovi kosteli, Yevangel-lyuteranlar kirxasi va boshqa diniy ob’ektlar to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilib, keng faoliyat yurita boshladi.
Mustaqillik yillari diniy ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirildi. So‘nggi yil ichida diniy ta’lim sohada olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida so‘nggi davrda islom dining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftihor ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini o‘rganish, islom ta’limotining turli yo‘nalishlarida chuqur ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish borasida sermahsul ishlar tashkil etilmoqda. Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Samarqandda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab Oliy madrasasi, Toshkent shahrida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi egu maqsadlarga, shuningdek, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o‘zaro ahillik va totuvlik muhitini kuzaytirishga xizmat qiladi.