Mundarija: Kirish I. Bob. Halqa bilan bajariladigan mashqlar



Yüklə 217 Kb.
səhifə11/12
tarix19.10.2023
ölçüsü217 Kb.
#157045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Halqada bajariladigan mashqlar o\'rgatish metodikasi

2.2.Buyumni ilib olish
Ilib olish turi eng ko'p ishlatadigan texnik element bo'lib, u yorqin ifodalangan uloqtirish harakatlarida ham, boshqa ko'pgina mashqlarda (qo'lda yurgizish va boshqalar) ham uchraydi.
Erkin harakat fazosi oxirida buyum doim maksimal kinetik energiyaga ega bo'ladi va bu uning og'irlik kuchi ta'siri ostidagi harakatiga bog'liq. Bundan tashqari, buyumni aylanishi (aylantirib uloqtirish hollarida) ushlab olish paytigacha deyarli to'liq saqlanadi. Shunday qilib, ilib olish bir nechta maxsus masalalarni hal qilishni nazarda tutadi. Ulardan biri - ilib olish paytida buyum ega bo'lgan kinetik energiyani so'ndirish, boshqa masala -uni ma'lum darajagacha saqlash va undan key in buyum harakatini keyingi harakatlar munosabati bilan boshqa turga aylantirish.
Buyumni ilib olishni bajarayotgan gimnastikachi qiz harakat-laridagi bir nechta fazalarni ajratib ko'rsatish mumkin.7
Bir inch i faza yo'naltirish harakatlari bilan bog'liq. Gimnas­tikachi qiz o'z harakatlarini buyumning harakatlanishi bilan solishtiradi. Ya'ni, ginastikachi qiz va buyumning o'zaro ta'siri ularning fizik kontakti sodir bo'lishidan oldinroq mavjud bo'ladi.
Ikkinchi faza; buyumni birlamchi tutish. Bu fazada gimnasti­kachi qiz buyumning harakat xarakteriga ta'sir ko'rsatmaydi.
Uchinchi faza; buyum va qo'llar harakati bo'lib, u buyum harakat tezligi sekin asta kamayishi bilan sodir bo'ladi. Bu fazaning boshida buyum traektoriya bo'yicha harakatlanishga intiladi Biroq uning oxirida zaruratga ko'ra traektoriya keyingi hara-katlar maqsadiga mos holda o'zgarishi mumkin.
To'rtinchi faza; bunda gimnastikachi qiz buyumga faol ta'sir ko'rsatadi, uning inertsion harakati deyarli to'xtaydi.
Hakamlik qoidalari va, demak buyumlar bilan ishlash texnikasi buyumni erkin harakatidan uning qo'lda harakat-lanishiga silliq, asta-sekinlik bilan o'tishni nazarda tutadi. Ratsional texnika nuqtai nazaridan qattiq ushlash eng sodda boigan bo'lar edi, biroq bu ko'p hollarda keskin, burchakli harakatlarga, xohlamagan vaziyatlarga, buyumni to'xtab qolishiga olib keladi va bu ko'p hollarda hakamlar tomonidan jazolanadi.
Buyumlar bilan bajariladigan hamma harakatlar, chap qo'l bilan ham, o'ng qo'l bilan ham, bir qo'ldan boshqasiga o'tkazilishi bi­lan bir maromda, ba'zi holatlarda ikkala qo'l bilan bajarilisbi kerak.

Yüklə 217 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin