Buyumlar bilan ishlash badiiy gimnastikaning asosiy klassifi-katsion dasturi hisoblanadi. Dasturda 4 ta buyum bilan va bitta buyumsiz bajariladigan mashqlar bor. Hozirgi vaqtda quyidagi buyumlar ishlatiladi: halqa, cho'qmor, arqon, to'p va tasma. Buyumlarni tuzilishi turli xil bo'lgani uchun ular bilan ishlash texnikasi xam turli xil.
Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning asosiy texnikasi. Bir turdagi buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning mavjudligi va ularning turi ikki usul bilan aniqlanadi. Birinchisi buyumning harakatidagi kinematik tuzilishi mustaqil jihoz sifatida olinib mashq bajariladi. Ikkinchisi erkin gimnastik harakatlar (jihozsiz harakatlar). Shu ikki turning qo'shilishi badiiy gimnas-tikada qo'llaniluvchi buyumlar bilan ishlash mashqlariga kiradi.
2.1.Buyumlar harakatining jismoniy qonunchiligi 1 - rasmda buyumlar harakatining asosiy kinematik tuzilishi tasvirlangan.
Aniq bir xususiyatga ega bo'lib jismoniy tana tuzilishi sifatida qaralganda: umumiy mexanikadan kelib chiqqan holda, har bir tana tuzilishi ikki asosiy: aylanuvchi (a) va o'rin o'zgartiruvchi (b)5 harakatga qodir. Jihozlar ham mustaqil gimnastikachi qo'lida harakat qilishga qodir.
1-rasm
Bu shuni bildiradi-ki, ular o'z o'qi atrofida aylanadi, bu o'q og'irlik markazi orqali o'tuvchi va bir qancha masofani bosib o'tuvchi bo'lib, uning son qiymati uloqtirishni kuchi va xarakteriga bog'liq. Shuni esda tutish kerak-ki, bare ha sharoit-larda aylanish o'qi og'irlik markazidan yoki buyumning massa markazidan o'tadi. Bu jiddiy qonuniyat va harakatdagi buyumning boshqacha aylanish usuli mayjud emas.
Aylanma harakatning dinamik xarakteristikalaridan biri buyumning inertsiya momenti deb nomlanadi.
Fizik jismning inertsiya momenti - bu mazkur jismni tashqi aylanish ta'sirlariga qarshilik ko'rsatish qobiliyati.
Erkin buyum harakati.Erkin buyum har doim parabola shaklda harakatlanadi (1-rasm). Parabolik masofaning shakli uning harakatiga bog'liq bo'lib uloqtirishning kuch va xarakteriga aloqador o'rin almashishli harakatidir. Masofaning shakli va balandligiga, gorizontal xarakteri qo'shilishi, agar u bo'lsa va boshqa kinematik xarakteristika (masalan, buyumning fazodagi vaqti) snaryadning dastlabki uchish sharoitiga bog'liq. Bu dastlabki sharoit vektir buyumining dastlabki uchish tezligi orqali tasvirlanadi (2-rasm). Buyumning dastlabki tezlik vektori - bu buyumni uchib chiqish paytidagi tezligi qiymatini tavsiflaydigan skalyar kattalikdan va uning uchib chiqish paytidagi yo'nalishini tavsiflaydigan vektor kattalikdan iborat bo'lgan xarakteristika.
Shuni esda tutish kerak-ki, har xil boshlang'inch uchish tezligi uchun buyumning butunlay aniq masofasi xarekterli. Buyumning parabola traektoriyasi bo'ylab harakati «tekis xarekterga ega». Bu shuni bildiradi-ki, parabola traektoriyasi har doim vertikal tekislikda joylashadi, buyumning og'irlik kuch orqali tushuniladi. Boshqa shu singari sharoitlarda burchak ostidan uloqtirish kam balandlik beradi (2-rasm). Buyumning bu qonu-niyati gorizontal qo'shilish bilan bog'liq. Buyumning gorizontal va vertikal qo'shilish orasida teskari proportsionallik mavjud. Bir kattalik qanchalik ko'p bo'lsa, ikkinchisi shuncha kam bo'ladi.
Buyumning yana bir kinematik xarakteristikasi bu uning tayanchsiz harakatlanish vaqtidir. Umuman olganda vaqt (t) formula orqali aniqlanadi.
Vo- uchib chiqayotgan buyumning dastlabki tezligi;
g - erkin tushish tezlanishi;
h - sakrashning maksimal balandligi;
t - uchishning umumiy vaqti:
Ushbu formuladan vaqt faqatgina balandlik orqali aniqlanishi kelib chiqadi. Shunday qilib, buyumni gorizontal bo'yicha siljishi buyumning tayanchsiz harakatlanishi davomiyligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Kinematikaning barcha elementlari katta ahamiyatga ega, chunki buyumni yuqoriga otish va uni ilib olish orasidagi vaqtda
oralig'ida gimnastikachi qiz ixtiyoriy harakat qilishi mumkin. Buyumni yuqoriga otish paytidan uni ilib olish paytigacha gimnastikachi qiz buyum ortidan buyumning siljish tezligining gorizontal tashkil etuvchisiga teng bo'lgan o'rtacha tezlik bilan harakatlanishi kerakligi o'z-o'zidan ayon. Faqat shundagina gimnastikachi qiz buyumni aniq ilib olishi mumkin, chunki sportchi qiz uning tushish zonasida bo'ladi.6 Harakatning bu shakli tarang va qattiq buyumlar: halqa, cho'qmor va to'p singarilar uchun xarakterli. Tebratish harakatning murakkab shakli bo'lib, unda aylanish va siljish birgalikda sodir bo'ladi. Pol bo'ylab va gimnastikachi qiz tanasi bo'ylab tebratish bir-biridan farq qilinadi. Pol bo'yicha tebratish buyumni boshlang'ich sharoitlarga va tayanchdan tutib turish kuchi, og'irlik kuchi va boshqalar hisoblanadigan tashqi omillar ta'siriga bog'liq bo'ladigan tabiiy harakatlanishdan iborat. Tana bo'ylab harakatlantirish holatida gimnastikachi qiz tanasi bilan buyumni o'zaro ta'siri haqida gap boradi. Buyumni harakati gimnastikachi qizning buyumga boshqaruvchi ta'siri ostida shakllanadi.