Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va uning vazifalari


II-bob.Barkamol shaxsni tarbiyalashda maktabgacha pedagogikaning o’rni va roli



Yüklə 295,62 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü295,62 Kb.
#183238
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari

II-bob.Barkamol shaxsni tarbiyalashda maktabgacha pedagogikaning o’rni va roli
2.1 Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qo- nuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usui va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlasa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.
Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:

  1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;

  2. Kuzatish metodi;

  3. Suhbat metodi;

  4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;

  5. Maktabgacha talim tashkilotlari hujjatlarini tahlil qilish metodi;

  6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;

  7. Test sinovlar metodi metodi;

  8. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish metodi;

  9. Matematika va kibernetik metodi;

  10. Sotsiologik tadqiqot metodi.

O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining talimiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'ldir, degan edi pro­fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi:

  1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi­yaviy tusda bo'lishi lozim.

  2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.

  3. O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.

  4. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.

  5. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.

  6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.

  7. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.

Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri­shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dunyoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri- shadilar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan.
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika”, K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida" asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuvchi va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha "metodos”- yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il­miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to­monidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anke-talar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab hujjatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema- tik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'llanma- sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test-so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe­dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.
Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat- lari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperi­ment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash­kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay­yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperi ment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla­rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma'lumotlar yig'iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya’ni:

  1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi.

  2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.

  3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol­ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash- yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to'plam majmuining o'rtacha kvadratik chetga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llanilishidir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda.

Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qara­tilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning il­miy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda- goglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuch-g'ayrati mezonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosalar haqida peda­gogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsi- yalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
MTT hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisa­lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o'rganmoq lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdori, uning o'sishi yo­ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda­gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo­lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil­gan.
Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe­dagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi.
Anketalar metodi-bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma’lumotlarni olish
Sotsiologik tadqiqot metodi-anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabat larini aniqlash, o'zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il­miy dunyoqarashining shakllantirishida ta'sir etuvchi omillar, ularning ongliiik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor­lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlari ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi.

Yüklə 295,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin