Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va uning vazifalari



Yüklə 295,62 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2023
ölçüsü295,62 Kb.
#183238
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari


MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………..……3
I-bob. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va uning vazifalari
1.1.Maktabgacha pedagogikaning maqsadi va vazifalari……………………...…5

    1. .Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi……….8

II-bob.Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqotlar nazariyasi va ahamiyati
2.1 Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha………………………………………………………………………...17
2.2. Maktabgacha ta'lim tarixi,maktabgacha pedagogika fan sifatida…….…….23
Umumiy xulosa va tavsiyalar…………..……………………………………...30
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………...32

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil ,30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3955sonli qarorida ta’kidlanganidek: Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu maqsadlarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim sohasida,xususan tizimning boshqaruv siyosatini isloh qilish muhim ahamiyat kasb kasb etadi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash,maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida”gi, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi farmon va qarorlarning ijrosini ta’minlash bugungi kunda ushbu yo’nalishning qanchalik darajada dolzarbligidan dalolat beradi.

Yüklə 295,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin