Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va uning vazifalari



Yüklə 295,62 Kb.
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü295,62 Kb.
#183238
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlarining ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etdi:

  1. Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;

  2. Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlarini nazariy-amaliy jihatlarini o’rganish;

  3. Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish;

Kurs ishining obyekti: Uzun tumani 23-Maktabgacha ta’lim tashkiloti
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlarini umumiy tamoyillarini o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi farmon,sohaga oid qarorlar,farmonlar.
Kurs ishining metodlari:
-mavzuga oid normativ me’yoriy hujjatalarni o’rganish ,
pedagogik tahlil,
kontent tahlil,
so’rov,
anketa.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I-bob. Maktabgacha реdаgоgikа o’quv fani sifatida
1.1.Maktabgacha pedagogikaning maqsadi va vazifalari
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma’rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamol- likka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogi­ka fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa in- sonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalari- ga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olim- u adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovus- ning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllanadi, natijada ta’lim- tarbiya olimlar diqqat markazida bo'ldi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo'lib, u ta’limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Bola tug'ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qadar bo'lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim pedagogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o'qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy Maktabga­cha ta’lim sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta'lim pedagogi­kasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo'lib shakllandi.






Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o'rganib, bir qator tushunchalarni o'z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta'lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Pedagogikaning asosiy tushunchalari.
Tarbiya- pedagogik hodisa bo'lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka ko'nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib boorish va uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo’yadi.
Ta’lim- Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko'nikma va malakalarni o'quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi.Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.Ta’lim ikki tomonlama jarayon o’qitish va o’qishni o’z ichiga oladi.

Yüklə 295,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin