Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim bo’limlari va ularning pedagogic asoslari



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə8/15
tarix05.12.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#174169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA VA ULARNING TUZULISHI

Yosh mutaxassislar bilan ishlash:
- Yosh tarbiyachilar to'garagini tashkil qilish.
- Jamoat faoli bilan ishlash.
- Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash.
- Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha) har shanba kunida.
Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tasdiqlanadi. Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi. Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi. Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar. Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so'zga chiqadilar.
Maktabgacha ta’lim metodikasi xonasi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin