Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim bo’limlari va ularning pedagogic asoslari


Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə9/15
tarix05.12.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#174169
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA VA ULARNING TUZULISHI

Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogi jarayonlar va ta'lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
- Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
- Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.
- Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra:
-Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
-«Ilk qadam» dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
-Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, seminar-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, seminar- treninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin