Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni huquqiy tarbiyani shakllantirish nazariy metodologik asoslari



Yüklə 148,34 Kb.
səhifə1/9
tarix05.12.2023
ölçüsü148,34 Kb.
#173393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarda huquqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy metodologik


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….3
I.Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni huquqiy tarbiyani shakllantirish nazariy metodologik asoslari……………………………………………………7
1.1 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarni boshqarishga doir huquqiy meyoriy hujjatlarni o'rganish………………………………………………………..7
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishning pedagogik asoslari ……………………………………………………………………16
II. Bob. Sharq mutafakkirlari va pedagog olimlarning bola tarbiyasi toʻgʻrisidagi qarashlari………………………………………………………....19
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish……………..19
2.2 Madaniy ta'lim- gigiena koʻnikmalari va huquqiy tarbiya ……………26
Xulosa…………………………………………………………………………....30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..31
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston prezidentining qarori: Ta’lim – tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida:
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish;
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;
ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish;
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;
ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
Madaniy va gigiena qobiliyatlari xulq-atvor madaniyatining muhim qismidir. Tozalik, yuzni, tana, sochni, kiyimni va poyabzalni toza saqlash nafaqat gigiena talablari, balki inson munosabatlari me'yorlari bilan ham belgilanadi. Bolalar bu qoidalarga muntazam rioya qilsalar, boshqalarga hurmat koʻrsatadilar va oʻzlarini qarashga, tashqi koʻrinishiga, harakatlariga, odatda, boshqalar tomonidan ma'qullanmasliklarini bilmasliklari haqida tushuncha boʻladi.
Bolalardagi shaxsiy va ijtimoiy gigienik koʻnikmalarini oshirish ularning sogʻligʻini himoya qilishda muhim rol oʻynaydi va kundalik hayotda, jamoat joylarida toʻgʻri xatti-harakatlarga yordam beradi. Nihoyat, nafaqat ularning sogʻligʻi, balki boshqa bolalar va kattalarning sogʻligʻi, bolalarning zarur gigienik qoidalar va xatti-normalar bilimlari va bajarishiga bogʻliq. Bolalar bilan kundalik ishlash jarayonida shaxsiy gigiena qoidalarini hayotga tatbiq etish tabiiy boʻlib qolishi va ularning gigiena malakasi doimo yosh bilan yaxshilanishi uchun harakat qilish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim –tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir.

Yüklə 148,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin