Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni huquqiy tarbiyani shakllantirish nazariy metodologik asoslari


Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi



Yüklə 148,34 Kb.
səhifə5/9
tarix05.12.2023
ölçüsü148,34 Kb.
#173393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarda huquqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy metodologik

Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yoʻnalishiga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi:
· Bolalar yaslisi, bolalar yasli bogʻchasi, bolalar bogʻchasi, uydagi bolalar bogʻchasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
· Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab).
· Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
· Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi.
· Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi.
· Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi).
Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning boʻlish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga boʻlgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan boʻlib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sogʻliqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablagʻlari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida oʻquv-ta`lim va sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi toʻliq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisidagi Nizom” da koʻrsatilgan.

Yüklə 148,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin