Mundarija kirish I. Bob. Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalar


O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o‘z-o‘zini baholash va motivatsiya muammosi



Yüklə 115 Kb.
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü115 Kb.
#106634
1   2   3   4   5
sabrinaxon mativatsiya

1.3. O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o‘z-o‘zini baholash va motivatsiya muammosi.
O‘quv faoliyati motivatsiyasi muammosi hamdo‘stlik davlatlari qatori respublikamizda ham ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan keng miqyosda o‘rganib kelinmoqda. Jumladan, keyingi yillarda mazkur ilmiy muammolarning turli jabhalariga nisbatan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida respublikamiz miqyosida ushbu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan taniqli psixolog olimlarni ta’kidlab o‘tish joizdir.
Bular sirasiga respublikamizda psixologiya fanining rivojlanishiga amaliy vanazariy hissasini qo‘shib kelayotgan M.G.Davletshin rahbarligidagi uningshogirdlari A.Q.Saitova, F.I.Haydarovlar hamda E.G‘.G‘oziev va E.Z.Usmonova,V.A.Tokareva, A.A.Fayzullaev, R.Asomova, U.Jumaev va boshqalarning ushbu muammo yuzasidan olib borgan tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. Keyingi o‘n yilliklar mobaynida M.G.Davletshin rahbarligida ushbumuammo yangicha ilmiy asosda talqin qilinib, keng ko‘lamda o‘rganilmoqda.
M.G.Davletshinning fikrlariga ko‘ra, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlar har xil sohaning mazmuniga ongli ravishda yondashuvi orqali, ularni mumkin qadar ertaroq, to‘g‘ri va oqilona tasavvur qiladi. M.G.Davletshin konsepsiyasidan kelib chiqqan holda olib borilgan tadqiqotlardan biri A.Q.Saitovaning "O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini va qadriyatlarini o‘rganishga" bag‘ishlangan ishdir. Bu ishda muallif o‘smir yoshining xususiyatlariga tayangan holda bir qator xulosalarga kelgan. Xususan tadqiqotchi fikriga ko‘ra, o‘smirlar o‘quv faoliyatida potensial hisoblangan motiv o‘z-o‘zini namoyon qilish motividir;o‘ quv faoliyati o‘smir o‘quvchilarda o‘z-o‘zini takomillashtirishga, bu esa o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Muallif tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda shaxsdagi qadriyatlar yo‘nalganligining o‘quv faoliyatga bog‘liqligi masalalari tadqiq qilinadi. V.A.Tokarevaning "Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiy burchga nisbatan shakllanish psixologiyasiga" tadqiqotlarida o‘quvchilar o‘quv faoliyati motivlarini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlarda va izlanishlarida burch motivini shakllanishiga jamiyatning ta’sirini o‘rganish muhim sanalishi ko‘rsatib o‘tiladi.
`E.G‘.G‘oziev tadqiqotlarida o‘smir o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiniboshqarish xususiyatlari o‘quv faoliyatini rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash jarayonlari haqida mulohaza yuritiladi. Tadqiqotchi o‘quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o‘rganilgan sohalaridan biri bo‘lgan o‘qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, empirik tomonlarini yoritib beradi. Shuningdek, mazkur tadqiqotlarda o‘qish va o‘qitish jarayoni uchun tavsiyanoma ishlab chiqilgan, o‘z-o‘zini anglash bosqichlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
E.Z.Usmonovaning ilmiy tadqiqotida o‘quvchilarning o‘quv faoliyati jarayonidagi qarama-qarshilik, motivatsiya, ijod va shaxs muammolari o‘rganilgan.
Tadqiqot davomida ikki asosiy motivatsiya toifasining munosibligini tushunish muhim bo‘lgan, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini odamda tashqi motivatsiyaga kiritiladi. F.I.Haydarovning "Qishloq maktabi o‘quvchilarida o‘qish motivlarining shakllanishi" nomli ilmiy izlanishlarida o‘quv motivlari ularning xususiyatlari, o‘qitish jarayonida ijobiy va salbiy motivlarning ta’siri keng qamrovda o‘rganilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda o‘qish motivlarini namoyon bo‘lishining regional tafovutlarni o‘rganishga asosiy e’tiborni qaratgan. Muallifning ishlariga nazar tashlar ekanmiz, o‘qish motivlarini bir qator turkumlarga ajratgani, ya’ni obro‘ga intilish, kasbga qiziqish, muvaffaqiyatga erishish va boshqalarni yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv, sub’ektiv omillarni, shuningdek rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqqanligini ko‘ramiz. U esa ta’lim faoliyatida o‘quvchiga samarali yondashish mezoni hisoblanadi.


Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni keltirish mumkinki, o‘quv motivatsiyasini talabalarda shakllantirish oliy maktab psixologiyasi, pedagogik psixologiya tarmoqlarining markaziy va dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimining muhim jabhasi-motivatsiya(motiv) masalasini tadqiq etishdir. O‘quv jarayonining motivatsion saboq oluvchilarida uzluksiz ravishda O‘zgaruvchi, ba’zida tubdan zid tuzilishga ega bo‘lgan turli xususiyatli turtki, qo‘zg‘atuvchi, hatto boshqaruvchi(regulyator) sifatida gavdalanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo’layotgan ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari ijtimoiy muhitni (makro, mikro, mezo ) harakatlantiruvchi kuchni o‘zida mujassamlashtiradi.
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat
rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.
Shuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, voqeliklarga nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol, yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga asoslangan muvaqqat aloqalarining hamda sub’ktiv jabhalarning majmuasidan iboratligidadir.
Hodisa va voqeliklarning fuqaro (omma, xalq) tomonidan baholanishi va berilgan bahoning oqilligi, haqchilligi yoki uning his-tuyg‘ular, emotsional kechinmalar tazyiqi ostida amalga oshirilganligi kayfiyat, shijoat, asabiylashish(affekt), zo‘riqish, tanglik(stress) jarayonlarida yuzaga keladi.
Ijtimoiy munosabatlar bilan g‘oyalar o‘rtasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligi, qarama-qarshiligi, nizoli, mojaroli xususiyatga ega ekanligi ommaviy baholashning asosiy ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi. Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholashyakka shaxs, guruh, jamoa tomonidan taqlid (imitatsiya), yuqtirish, yuqish, ishontirish, ta’sir o‘tqazish kabi psixologik vositalar orqali ijtimoiy turmushda amalga oshadi. Insonning biron-bir narsaga yoki holatga taqlid qilishi ixtiyoriy tarzda vujudga kelsa, ommaviy yuqish esa ixtiyorsiz ravishda hosil bo‘ladi.
Tabiatda yoki jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan voqelik yuzasidan dalillar keltirish, bildirilgan fikrni mantiqiy shakllar(hukm, xulosa, tushuncha) yordami bilan asoslash tufayli shaxs shu narsaga ishontiriladi, buning natijasida fikrlarda (mulohazalarda) umumiylik ro‘y beradi.
Yuzaga kelgan, sodir bo‘lgan hodisa yoki holatni ommaviy tarzda baholash jamoa a’zolarining aqlzakovatiga, ma’naviy-madaniy darajasiga, mentalitet ko‘rsatkichiga, qarashlariga, e’tiqodlariga, fikrlashning mustaqilligiga, ijodiyligiga, fikrning chuqurligi, teranligi va tezligiga, favqulodda yuzaga kelgan yaqqol sharoitga bog‘liqdir.
Ijtimoiy munosabatlar omma orasidagi stereotiplar, assotsiatsiyalar, identifikatsiyalar, refleksiya va antitsipatsiyasiyaga asoslanadi. Ommaning ijtimoiy va shaxsiy tajribasi bilan diniy ta’limot o‘rtasidagi uzviy aloqalar ham o‘zaro munosabatlar mohiyatiga ta’sir etadi. Shaxslararo, millatlararo munosabatlar majmuasi esa motivatsiya(motiv) negizda mujassamlashadi. Oddiy turtki sifatidagi motiv takomillashuv evaziga motivatsiyaga(motivlar majmuasiga) o‘sib o‘tadi.
Faoliyat, xulq-atvor, muomala motivi,motivatsiyasi regulyator funksiyasini bajarib,
faollik manbai, qat’iylilik ifodasiga aylanadi. Motiv anglanilmagan(biologik), anglanilgan(psixologik verballik, noverballik(ijtimoiy psixologik) bosqichlari(darajalari)ga egadir. Motivatsiya shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy, etnik, gender, status xususiyatlaridan iborat.

Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin