Mundarija kirish I. Bob. Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalar


Motiv va motivatsiya muammosining jahon psixologiyasida tadqiq etilganligi



Yüklə 115 Kb.
səhifə3/5
tarix03.05.2023
ölçüsü115 Kb.
#106634
1   2   3   4   5
sabrinaxon mativatsiya

1.2. Motiv va motivatsiya muammosining jahon psixologiyasida tadqiq etilganligi.
Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga qaratila boshladi:
A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga),
B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),
V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va hokazolarga).
SHunday qilib, inson xulq atvorining determinatsiya qiladigan sabablar majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash imkoniyatini vujudga keltirdi. Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar. XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904). O‘z izlanishida muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas.
Xuddi shu bois u mazkur davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. SHunga qaramasdan, L.I.Petrajitskiy inson va uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas, albatta. O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy (23) psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida “mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. SHuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi.
G‘arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. G‘arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi. Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar.
Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki (qo‘zg‘ovchi) larning paydo bo‘lishi (drayv) insonning organik ehtiyojini qondirishninng stimul natijasi bilan muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi. V.M.Daugall Darvinning biologik determinizm ta’limotini vulgarlashtirib, motivatsiyani tug’ma xususiyatini asoslashga, tug‘ma instinkt bilan uni qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko‘rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning karashlari o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug’maligi, impulsivligi g‘oyalari bixevioristik konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon bermaydi. Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o‘laroq, motivatsiyaning negizida insonga xos bo‘lgan mayllar yotishini tan oladi. Buning manba sifatida maylni tortuvchi tana a’zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi.
G.Ollport o‘z asarida personalistik yo‘nalishning namoyandasi tariqasida inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tatbiq etish g‘oyasini ilgari suradi.Uning o‘zini o‘zi namoyon qilish nazariyasida shaxs motivatsiya sub’ekti tariqasida tahlil, talqin qilinadi. O‘zining shaxs konsepsiyasini bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga ajratadi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida “motivatsiya” termini psixologik yangilanishlar, o‘zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig‘indisini umumlashtiruvchi tur(jins) tushunchasi sifatida qo‘llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga xulq-atvorni yo‘naltiruvchi qo‘zg‘atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard maqsadga yo‘nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g‘arazgo‘ylikni aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni boshqarish holati tasavvur qilinadi. Motivatsiyaning keng ko’lamda bunday talqin qilinishi uni turmushda odamlar tomonidan bevosita shunday tushunishga mos tushadi. Omma nima uchun jonli mavjudod aynan shunday xatti-harakatni amalga oshiradi, nega boshqacha yo‘sinda ish tutmasligini izohlash imkoniga ega.Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulqatvorning sababiy shartlanganlik omili yotadi.
Hatto jahon psixologlari “motivatsiya” tushunchasini “talab”, “intilish”, “qo‘zg‘ovchi”, “ehtiyoj”, “zaruriyat” kabi atamalar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bunday yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta’riflarning xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Buning natijasida motivatsiyaning ma’noviy va shakliy jihatlari orasidagi munosabatda chigalliklar yuzaga keltiradi. Lekin psixologiya kategoriyalarining “ichki regulyator nuqtai nazaridan” tadqiqoti, ularni ma’lumotlar bilan boyitish, yangi psixologik xususiyatlari va qirralarini ochish har qanday cheklanish yoki cheklanganlikni inkor etadi. Shuning uchun motivatsiyaga taalluqli terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilsa, u holda qat’iy qabul qilingan, saralangan tushunchalardan foydalanishga imkon tug‘diradi.
Motivatsiyaga oid tushunchalar atamalar, terminlar turlicha ma’noda qo‘llanilishi bir tomondan uning yangi xususiyatlari yoki sifatlarini ochishga xizmat qilsa-da, lekin ikkinchi tomondan ilmiy izlanishlarda muayyan darajada qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.Ushbu psixologik voqelik o‘ta munozarali omil sifatida talqin qilishga arziydi. Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv, motivatsiya to‘g‘risida turlicha yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda u shunday mulohaza yuritadi: “Motiv” termini qo‘llanishida shu darajada xilma xillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo‘qdir. “Motiv” terminini shu yo’sinda qo‘llanilishi shunday ta’sirot qoldiradiki, go‘yoki “motiv” tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga o‘xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar qatoriga, jumladan ishtaha, mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg‘ular, qiziqish, maqsad, hattoki yanada yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan qitiqlash, huzr-halovat yoki mamnuniyatni sezish, o‘ziga bino qo‘yishlik, maosh, ideallar kiritiladi (kitob: Ehtiyojlar, motivlar va emotsiyalar, M., 1971, 14-bet). Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi, chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida belgilanishiga qaramay, ko’pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma’noda tadqiq qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga kiritadilar.
Bir qator psixologlar motiv va motivatsiya energik; ma’noviy tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar. Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya tizimi inson hayoti va faoliyatiga uzluksiz ravishda yo‘naltirilgan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan borliqni aks ettirishdagi rolini ko‘rsatib, shunday mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilishga ega va u o‘zi xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “ong- bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir” deb yozadi.
Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, motiv va motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va ma’noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqilish maqsadga muvofiq. Motiv va motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborni ularning mazmuniy jihatini alohida ko’rsatishga ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga qaratiladi. Inson xulq-atvor motivi va motivatsiyasi tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun individning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga xos ravishda taktik yondashish maqsadga muvofiq.
Shaxs motivlari va motivatsiyasi oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatlarni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq ittifoq psixologiyasida ularning ko‘pgina qismlari, tomonlari o‘z yechimini topa olmagan. Uzoq xorij psixologlari orasida “biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari yotadi”, degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Chunonchi , AQSHlik B.Damellning fikricha, to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlen esa “qo‘zg‘alish biologik to‘qimalardan chetga chiqmaydi”, degan fikrga qat’iy ishonadi.Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan iboratdir.Lekin muallif o‘z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Ushbu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motiv va motivatsiyalarning biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin almashishning sodir bo‘lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmasligi lozim. Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o‘zaro o‘rin almashish jarayonlari dissimilyasiya sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.
Chet el olimlarining motivatsiya sohasidagi tadqiqotlari orasida G.Olportning motivlar funksional avtonomiyasi nazariyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu nazariyada motivlar transformasiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi. G.Olport o‘z konsepsiyasida tizimlarning umumiy nazariyasi g‘oyalaridan, ayniqsa, ochiq tizimlar haqidagi g‘oyadan keng foydalangan. Olimning fikricha, shunday motivlar borki, ular yarim yopiq tizimlarning tabiatiga monand faoliyat ko‘rsatadi va rivojlanadi, ya’ni funksional avtonomiyaga ega. Bir tizimga kiruvchi motivlarni G.Olport reaktiv, tashqi undovga muhtojlik qonunlariga bo‘ysunuvchi motivlar deb ataydi. G.Olport tomonidan shaxs motivlarining ochiq tizimlar sifatida tahlil etilishi, shaxs va shaxs motivlari taraqqiyoti chegarasiz jarayon ekanligini ta’kidlash uchun imkoniyat beradi. Shunday qilib, biz shaxs motivasion sohasi haqidagi turli qarashlar, ularda tizimli yondashuv g‘oyalarining aks etishi masalasini ko‘rib chiqdik. Mazkur qarashlar motivatsiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning ajralmas qismiga aylandi. Ko‘rsatib o‘tilganidek, psixolog olimlar tomonidan motivasion soha 276 tizimliligiga oid turli jihatlarni qayd qilinmoqda. Ayni damda motivasion mexanizmlar haqidagi tizimli yondashuvga asoslangan tasavvurlar turli yo‘nalishlarda tadqiq etilmoqda. Biroq tadqiqotlarning barchasini bir yo’nalish - motivasion hodisalar o‘rtasidagi ma’no hosil qiluvchi aloqa va munosabatlarni tadqiq etish atrofida birlashtirish mumkin. Ko‘pchilik psixologlar fikricha, motivatsiya muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammosidir. Xornining ta’kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham o‘z qarashlarida ibtido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta’sir o‘tkazish jarayonidir.


Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin