Kurs ishining maqsadi: Motiv va motivatsiya muammolarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Motivatsiya inson faoliyatiga yo‘naltirilgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atuvchi voqealik sifatida
Motivatsiyaning turlarini o‘rganish
Motivatsiya kishini faoliyatga undovchi kuch,sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisi sifatida.
Motivatsiya muammolari majmuasi.
Kurs ishining ob’ekti: motivlar, motivatsiyalar, motivlar muammosi, shaxs faoliyatida motivatsiyaning o‘rni.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 2 bob 6 bo‘lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I.BOB. MOTIV MUAMMOSI VA UNING YECHIMIGA DOIR MULOHAZALAR. 1.1. Psixologiyada motiv tushunchasi Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motivatsiya va motiv tushunchalari ishlatiladi. Motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasidan kengroq ma’noga ega.
Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi tushunchadir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o’sish motivlari "nima uchun” “nimaga?’, “qanday maqsad bilan?” kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlar o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi;
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar).
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimunlardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb yuritiladi. Shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ba’zan shuday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi “nega? Degan savolga o‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman deb javob beradi”. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deyiladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, unda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi.
Eng keng tarqalgan ta’riflarga ko‘ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisidan iboratdir.Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi:
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir.
S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va
qondirilishi.
A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni
qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi.
Motiv-ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab. Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning xulq-atvori,faoliyatining) murakkab ko‘p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko‘p darajali tizimi bo‘lib, u o‘zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo‘lib, u o‘zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko‘rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe bo‘lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlartizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo‘yicha motivlari tizimlari o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig‘indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa ham, motivlar o‘rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko‘rsatish muammosini tadqiq etmagan.