1. Qariyat va uning turlari



Yüklə 144,89 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü144,89 Kb.
#165398
  1   2
Mavzu Qadriyat tushunchasining ma\'nosi va uning turlari. Falsaf-fayllar.org


1. Qariyat va uning turlari
Inson hayotidagi qadriyatlar muammosi aksiologiya fani (yunoncha axia - qadriyat, logos - oqilona so`z, ta`limot, o`rganish), aniqrog`i falsafa, sotsiologiya, psixologiya va pedagogika ilmiy bilimlarining alohida tarmog`i tomonidan o`rganiladi. Psixologiyada qadriyatlar deganda insonning o`zi uchun muhim bo`lgan, uning haqiqiy ehtiyojlariga, ideallariga, shaxsiy ma`nolariga javob beradigan narsa tushuniladi. Shuningdek, qadriyatlar deganda ular ijtimoiy ideallarni aks ettiradigan va shuning uchun zarur, bo`lishi lozim etalon hisoblanadigan ob`ektlar, hodisalar, ularning xususiyatlari va mavhum g`oyalar tushuniladi.
Ta`kidlash joizki, inson hayotidagi qadriyatlarning muhimligi va ahamiyati faqat aksi bilan qiyoslaganda vujudga keladi (odamlar yaxshilikka intilishadi, chunki yer yuzida yovuzlik mavjud). Qadriyatlar insonning ham, butun insoniyatning ham hayotini qamrab oladi, shu bilan birga ular mutlaqo barcha sohalarga (bilish, xulq-atvor va hissiy) ta`sir qiladi.
Qadriyatlar muammosi ko`plab taniqli faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar va o`qituvchilarda qiziqish uyg`otdi, ammo bu masalani o`rganishning boshlanishi qadimgi davrlarga borib taqaldi. Masalan, Sokrat birinchilardan bo`lib yaxshilik, fazilat va go`zallikni nima ekanligini tushunishga harakat qilgan va bu tushunchalar narsalar yoki qilmishlardan ajratilgan. U ushbu tushunchalarni anglash natijasida olingan bilim insonning axloqiy xatti-harakatlarining asosi deb hisoblaydi. Protagorning g`oyalariga murojaat qilsak, ular har bir inson allaqachon mavjud va mavjud bo`lmagan narsalar o`lchovi sifatida qadriyatga ega deb hisoblashgan.
Qadriyat tushunchasi nihoyatda hilma-hil ma`noda, turli sohalarda qo’llaniladi. Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Hullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi.
Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi.
Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi.
Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo’q. Qadr tushunchasi o’zbek tilida serqirra ma`no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba`zi ibora va so’zlarda o’ziga hos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi.
Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho» tushunchasida to’la-to’kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham uchraydi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib bo’lmaydi. Aynan shu ma`noda qadriyatni baholash unga bo’lgan munosabatni ham ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha hilma-hil maqsad va ehtiyojga ega bo’lgan kishilar ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash ham shuncha qiyinlashib boraveradi.
Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha boQlangan ob`ekt o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun tug’ridan-tug’ri ism, atama yoki bevosita nom bo’la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo’ladi.
Qadriyatlar va ijtimoiy jarayonlar. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta`sirida kishilarning qadriyatlar tug’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma`naviy qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir.
Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo’lib ko’rinadigan yahshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baht-saodat va Qam-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas boQlangan tomonlarini ifodalaydi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi poQonasiga chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal va bemorlik onlarida — salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.
Ta`lim tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik hususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan kasallik, ma`nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma`vo ekan — yo’qlik, inson tirik jonzod ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan — ma`nosiz qo’yilgan ba`zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo ta`qib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo’lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. YOshlarda, ayniqsa, talaba va o’quvchilarda ma`naviy etuk tuyg’ularni shakllantirishda ana shunday aksiologik bog’liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o’rgatish katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 144,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin