Mundarija kirish I bob. Mustaqillikdan keyingi yillarda tarix fanining o’zgarishi



Yüklə 59,99 Kb.
səhifə4/8
tarix06.06.2023
ölçüsü59,99 Kb.
#126030
1   2   3   4   5   6   7   8
Kursavoy behzod

Birinchi shaxsdan olingan kompozitsiya - turli janrlardan foydalangan holda
bitiklar, xotiralar, kundalik yozuvlariga asosan guvoh yoki ishtirokchi nomidan
o'tmish voqealari haqida hikoya qilinadi. Tarix o’qitish va tarixiy tadqiqot jarayonida ta’lim ishtirokchilari va tadqiqotchilar oldida tarixiy atamalar va tushunchalarni tushunish, izohlash va ulardan foydalanish kabi til bilan bog’liq muhim vazifa turadi. Ingliz tadqiqotchisi Graham Swift in Husbands fikriga ko’ra o’tmish haqida turli yo’llar bilan tushunchalarga ega bo’lish, tarixiy shaxslarninig qarashlari, e’tiqod va faoliyatlarini izohlash va tarixchilar tomonidan tarixiy jarayonlarni ifodalashlari uchun qo’llaniladigan, tarixiy ifoda va tushunchalarni o’zida jamlagan maxsus til “tarixiy til” deb nomanadi.
Tarix o’qituvchisining o’ziga xos vazifasi tarixiy tushunchalarni o’rgatish bilan
birga uni kelajakga yetkzishni ta’minlashdir. Tarixni o'qitish samaradorligini
ta'minlash uchun, tarix o'qituvchisidan ma'lum bilim darajasi va ba'zi o'qituvchilik
qobiliyatlariga ega bo’lishi, tarixiy voqealarni, faktlarni, odamlarni, jarayonlarni va
o'ziga xoslikni tushunish va tushuntirish uchun transformatsiya, sharhlash, baholash, tahlil va sintez qobiliyatlari va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.
Tarix o’qitish jarayonida boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligidan kelib
chiqib materiallar tayyorlash, masalan geografiya, fuqarolik bilimlari, diniy madaniyat va axloqshunoslik fanlaridagi ma’lumotlardan foydalanish talabalarga
nafaqat mavzularni yaxshiroq o'rganishga yordam beradi, balki umuman ijtimoiy voqeliklarni idrok etish va real hayotni tushunish imkoniyatini beradi. Dars jarayonida tarixiy materiallar va manbalardan (tarixiy hujjatlar, tarixiy ashyolar, rasmlar, xaritalar) foydalanish juda muhim va foydalidir. Bundan tashqari, tarix darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan foydalanish
o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga hissa qo'shibgina qolmay, ularning tarixiy tafakkur va o'rganish darajalarini oshiradi. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiѐtlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar o`quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo`lgani kabi o`qituvchining bilim manbaini, baѐnining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o`qituvchi shu manbalardan turli va unumli foydalangan taqdirdagina, uning baѐni zamon talablariga, umuman ta`lim tizimidagi tarix ta`limining talablariga javob berishi, o`qituvchi baѐnining o`quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta`sirli bo`lishi mumkin. Shuningdek matnlar ustida ishlash o`quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga ѐrdam beradi, tarixiy fikrlash hosil bo`ladi, ular tarixiy voqealarga baho berishga o`rganadilar5. Ta`lim tizimida o`quvchilar turli matnlar ustida mustaqil ish ko`rish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar. O`qituvchi o`zining baѐnini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik – muayyan o`quv predmeti mazmunini o`quv dasturida ko`rsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil baѐn qilib beradigan manba hisoblanadi. Darslik — yuqori malakali va tajribali olim va pedagoglar tomonidan tuzilib, namunaviy dasturdagi g`oyalardan hamda didaktika tamoyillaridan kelib chiqib yaratiladi. Darslik o`qituvchi pedagoglarga va o`quvchilarga asosiy o`quv quroli bo`lib hisoblanib, oddiy va hammada tushunarli adabiy tilda ѐziladi. Darslik barchaga umumiy ѐki ta`lim xususiyatlaridan kelib chiqib maxsus bo`lishi mumkin. 47 Metodik qo`llanmalar, asosan, tajribali pedagoglar tomonidan ѐzilib, faqat o`qituvchi va pedagoglarga qo`shimcha o`quv quroli bo`lib xizmat qiladi. Didaktik materiallar, pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayѐrlangan bo`lib, u dars mazmunini to`la ifodalash va o`quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib etishlari uchun xizmat qiladi. Bularga har turli ko`rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o`yinlar va hokazolar kiradi. Didaktik materiallar ham didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi. Dars jaraѐni faqat pedagogik usul va uslublar orqali amalga oshirilib, darsning ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogsiz va talabasiz hamda o`quv dastur va rejasiz dars o`tib bo`lmagani kabi, metod va usullarsiz darsni amalga oshirib bo`lmaydi. Darslik matni o`quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o`rganish, o`zlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy o`zlashtirishga va olingan bilimlarni haѐtda qo`llashga o`rgatadi. Darslik matni ustidagi ishlash o`quv materialini o`zlashtirish va uni esda saqlab qolish, o`quv tekstini tahlil kilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga takqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani tayѐr tarixiy tushunchalar ta`rifini o`zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda baѐn qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik ma`lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o`zlashtirish va aniqlashtirish, lug`at ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi murakkab bo`lmagan ѐzuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida dasturlashgan ta`lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko`zda tutiladi. O`quvchilarning darslik matni va illyustratsiyalar bilan ishlash usullari Darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud: 1. Tushuntirib va izohlab o`qish. V sinfda tarixdan hikoyalarni o`rganishda va VI sinfda jahon tarixini o`qitishda o`qituvchi butun mavzu ѐki uning biror bo`limini goh baѐn qiladi va goh darslik matnini o`qib, tushuntirib beradi. O`qituvchi matnni murakkab joylariga kelganda hikoyasini to`xtatib, matnni ovoz chiqarib ohista o`qib beradi, o`quvchilar esa matnga qarab kuzatib borishadi, tushunish oson joylarni o`quvchilarning o`zlariga ham o`qitish mumkin. Matnni o`qish jaraѐnidaѐq uning mazmunini o`quvchilar tomonidan tushunish darajasi tekshirib boriladi. O`qituvchi savollar berib o`zining baѐni davomida darslik matniga tez-tez murojaat qilib, undagi yangi iboralar, terminlarni, qiyin jumlalar mazmunini tushuntirib beradi. Bu bilan o`qituvchi o`quvchilarni darslik matnini e`tibor berib, tushunib o`qishga o`rgatadi, ularning darslik matnini puxta o`rganib olishning ahamiyatini anglab olishlariga ѐrdam beradi, uyda darslik ustida mustaqil ishlashlariga qo’shimcha asosiy izohlovchi.Tarixiy manbalar Hujjatlar Badiiy adabiѐtlardan parchalar Biografik ma`lumotlar Atamalar ta`rifi Illyustratsiyalar izohlar Qavs ichida berilgan izohlar metodik qism illustratsiyalari orinlashtirish apparati Savol va topshiriqlar; Matnda ajratib ko`rsatishlar; Paragraf bandlari; Sanalar, atamalar jadvallar; Yo`riqnoma-metodik materiallar. Mundarija; Ruknlash; Signal-simvollar; Ko`rsatkichlar tavsiya etiladigan adabiѐtlar. 49 tayѐrlaydi. O`quvchilar tarixiy materialni tushunib, matnni o`qishda ma`lum darajada malaka hosil qilganlaridan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini izohlab o`qishga o`tiladi. Izohli o`qish ham o`qituvchining baѐni bilan birga olib boriladi. 2. O`qituvchining o`z baѐnida o`quvchilar diqqatini darslik matnidagi tayanch atama va iboralarga jalb etadi. Ularning mazmunini tushuntirib beradi, o`quvchilarning mavjud bilimlariga suyanib bu tushunchalarning lug`aviy ma`nosi va mazmunini, asosiy jihatlarini, sabab-natijalarini, ular o`rtasidagi bog`liqliklarni hamda qonuniyatlarini o`zlashtirib olishlariga ѐrdam ko`rsatadi. Bunda o`quvchilar bilim olishining har uchala manbai og`zaki baѐn, matn ustida ishlash, ko`rsatmalilik va amaliy ish metodlari ishtirok etadi. 3. Darslik matni mazmunini o`zlashtirishda uning har bir paragrafini tahlil qilish va ular ustida o`quvchilarning mulohazalarini uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Darsning barcha bosqichlarida darslik matniga murojaat qilib borish maqsadga muvofiq. 4. O`quvchilar bob, paragraf va undagi bo`limlarni bir-biridan ajrata bilishga o`rgatiladi. O`qituvchi yangi materialni baѐn qilishdan oldin o`quvchilarga shu paragraf ichidagi kichik sarlavhalarni o`qishni tavsiya qiladi va darsni baѐn qilish rejasi bilan tanishtiradi, ularning mazmuni va ifodalanishidagi tafovutlarning sabablarini izohlab beradi. O`qituvchi o`zining baѐni davomida kichik sarlavhalar ichidagi mavzularga takror-takror aytishi mumkin. 5. Darslik teksti mazmunini bevosita o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan ishlar. Bu darslik matni ustida olib boriladigan ishning markaziy masalasidir6. Bu ishlar matnni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy faktlarga baho berish, ular o`rtasidagi sabab va boshqa aloqalarni ochib ko`rsatish va ularni taqqoslashdan iboratdir. Bu ishlar quyidagi metodik usullar bilan: a) har bir paragraf ѐki mavzu mazmunining eng muhim masalalari yuzasidan nazorat so`roqlar tuzdirish yo`li bilan; b) o`qituvchi bergan savollarga o`quvchilarning darslik matnidan javob topish yo`li bilan; v) darslik matnidan o`qituvchining xulosasini tasdiqlovchi faktlarni toptirish yo`li bilan; g) darslik matnida baѐn etilgan voqealarning bir-biriga o`xshashligini, farqlarini aniqlash yo`li bilan; d) tasdiqlab berishni talab qiladigan vazifalar bilan amalga oshiriladi. 6. Darslik matni ustida ishlashning muhim jihatlaridan biri — o`quvchilarni uyda ishlash uchun beriladigan vazifani bajarishga o`rgatishdir. O`quvchilar bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun topshirilgan vazifaning mazmunini va uni bajarish yo`lini yaxshi anglab olishlari shart. Binobarin, o`qituvchi uy vazifasini topshirishda, uning xarakterini belgilashda o`quvchilarning bilim va malakalarini e`tiborga olishi, beriladigan vazifa oldingidan ko`ra murakkab bo`lishi va shu bilan ularning bilimlari va malakalari oshib borishiga xizmat qilishi lozim. Reja tuzish, shunga muvofiq hikoya qilishga o`rgatish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob topish, jadval, chizma, diagrammalar tuzdirish va boshqa xil grafik ishlarni bajarish uy vazifasini ijodiy va mustaqil bajarish namunalaridir. 7. O`quvchilarni darslik matnidan zarur joyni tez topa bilishga o`rgatish ham ta`limning muhim jihatidir. 8. O`quvchilarning faol aqliy faoliyatining muhim metodlaridan biri, ularning o`qituvchi baѐn qilgan yangi materialni o`zlashtirishda mavjud bilimlarni ishga sola bilishidir. Har bir darsda o`quvchilarni mavjud bilimlardan foydalana bilishga o`rgatish lozim. O`quvchilar olgan bilimlarini esdan chiqarib yubormasliklari uchun vaqti-vaqti bilan ularning e`tibori darslik matniga qaratiladi. 9. O`quvchilar darslik matnidagi ma`lumotlarni kichik guruhlarga bo`lib muhokama qilishadi. 10. Uy vazifasi uchun berilgan topshiriqlarni o`quvchilar qanday bajarganliklarini tekshirishda, og`zaki ѐki test javoblaridagi xatolarni, aniqsizliklarni to`g`rilash uchun darslik matniga murojaat qilinadi. Shunday qilib, darslik matni ustidagi ishlar turli xil metodik usullar ѐrdamida, o`qitish jaraѐnining barcha bosqichlarida — materialni o`zlashtirish, bilimlarni mustahkamlash, o`zlashtirish darajasini tekshirish paytlarida olib boriladi va hokazo. Darslik matni ustida olib boriladigan ishlar o`qituvchi baѐnini mazmunan boyitadi, dolzarbligini oshiradi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi va ularning darslik matnini osonroq va puxta o`zlashtirib olishlariga ѐrdam beradi. Tarixiy hujjat avvalo, o`qituvchining baѐnini aniqlashtirish uchun xizmat kiladi, baѐnning ishonchli va emotsional bo`lishini ta`minlaydi, o`tmishning ѐrqin obrazlarini, tarixiy voqealarning yaxlit manzarasini gavdalantirishga, o`rganilaѐtgan davr xususiyatlarini anglab olishga ѐrdam beradi. Hujjat ustida ishlash o`quvchilarni faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda aniqlashga, ularni puxta anglab olib, xulosalar chiqarishga o`rgatadi. Shu bilan 51 birga hujjat ma`lum vaziyatni aniqlashga, ahamiyatini bilib olishga, tarixni ob`ektiv nuqtai nazardan tushunishga ѐrdam beradiki ularning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi, o`quv ishlari faoliyatining yangi usullari bilan qurollantiradi, zarur bo`lgan malaka davrimizning ijtimoiysiѐsiy xarakterdagi hujjatlarini o`qib, tushunib olish malakasini hosil qiladi. Tarixiy hujjatlar bilan ishlashning yana bir muhim tomoni shundaki, bu ish o`quvchilarni tarixiy tadqiqot metodining elementlari bilan tanishtiradi hamda ularni tarixiy hujjatlarni tahlil qilishga, ularga tanqidiy qarashga o`rgatadi. Ta`lim tizimida ta`limning yangi mazmuni amalga oshishi munosabati bilan tarix o`qitishda tarixiy hujjatlarning axamiyati yanada oshdi. Yangi dastur asosida ѐzilgan darsliklar mazmunining asosiy qismini tarixiy hujjatlar tashkil etadi. Dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda ham tarixiy hujjatlar bilan ishlash zaruriy bo`lib qoldi. Shuning uchun ham bu ish maktab ta`limi tajribasida ommaviy tus oldi7. Darsliklardagi tarixiy hujjatlar har bir sinfdagi o`quvchilarning ѐshi, bilim saviyasi, o`sha sinfda o`rganiladigan tarix kursining xususiyatlariga qarab kiritilishi muhim. Shu sababdan darsliklardagi tarixiy hujjatlar o`zlarining xarakteri, ko`lami va mazmuni jihatidan birbiridan farq qiladi. VI sinf o`quvchilarining psixologik va ѐsh xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning tarixiy hujjatlar bilan birinchi marta tanishishlarini e`tiborga olib, darslikka asosan hikoya va tavsiflab berish xarakteridagi hujjatlar kiritilgan. Tarix darsligiga kiritilgan hujjatli manbalarni asosan uch guruhga bo`lish mumkin: 1) moddiy madaniyat buyumlari, 2) tasviriy san`at asarlari, 3) ѐzma manbalar. 1) Moddiy madaniyat buyumlariga — bizgacha saqlanib kelaѐtgan ѐki ilmiy asosda qayta tiklangan burungi mehnat qurollari, qurol-yarog`lar, zeb-ziynat buyumlari, uy-ro`zg`or anjomlari, turar joylar, qo`rg`onlar, maqbaralar, qadimgi shahar xarobalari va boshqalar kiradi. O`quvchilar mehnat qurollari va boshqalarga qarab, odamlarning mashg`ulotlarini, hashamatli imoratlar va pastqam kulbalarga qarab sinfiy bo`linish mavjudligini, diniy marosimlarga va kishilarning dafn qilinishidagi rasm-rusumlarga doir topildiqlar asosida o`sha zamondagi diniy e`tiqodlarini bilib oladilar. 2) Tasviriy san`at asarlariga — moddiy voqelikni, odamlar va ularning bir-biriga munosabatini hamda ularning tevarak-atrofidagi narsalarni - har xil buyumlarni, geografik muhitni bevosita tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning afsonaviy qahramonlar va hokazolar haqidagi haѐliy 52 tasavvurlarini aks ettiruvchi asarlar kiradi. 3) Yozma manbalar — qonunlar, buyruqlar, ho`jalik ishlariga doir ѐzuvlar, shartnomalar, xizmat vazifasiga oid ѐzishmalar, siѐsiy nutqlar, sud hukmlari, yilnomalar, xronikalar, memuarlar, shahar va mamlakatlar tasvirlab ѐzilgan asarlar, xatlar va ѐzuvlar kiradi. Qadimgi dunѐ tarixida berilgan bu hujjatli materiallar o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Hozirgi davrda talim mazmuni insoniyat to’plagan tayer bilimlar ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash 22 qobiliyatlarining usishini taminlay oladigan ijodiy faoliyatni h’am uzida birlashtirmog’i lozim. Bunda talim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari h’am muh’im rol uynaydi. O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, maktab oldiga qushilgan masuliyatli vazifalarning h’al etilishi ko’p jih’atdan uning tug’ri h’al qilinishiga bog’liqdir. Biroq h’ozircha tarix o’qitish metodlari sistemasi etarli darajada ishlab chiqilmagan.



Yüklə 59,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin