2.2. Tarix o’qituvchilarning yangi metodlar yordamida darsga yondashuvi
O’qitish metodlarining shu taxlilda klassifikatsiya qilinishi o’qitishuvchilarni bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Shuningdeq o’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. P.V.Gora o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitish tajribasiga asoslanib, tarix o’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai nazardan qaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham yetarli ravishda e'tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shu printsipga asoslanadi, unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunini, uni o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy-metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi ko’rsatiladi. O’qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o’quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo’lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo’ya qolish bilan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, o’rgatish ham lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka intilishni kuchaytirish, hali jamiyatga ma'lum bo’lmagan bilish usullarini qidirib topish va amaliy faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish keraq I.Ya.Lerner o’qitish metodlarini 5 guruhga bo’ladi. 1. Bayon — illyustratsiya metodi, 2. Reproduktiv metod, 3. Ilmiy-tadqiqot metodi, 4. Qisman izlanish yoki evristik metod, 5. Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish. O’qitishning birinchi va ikkinchi usulida o’quvchilar o’rganiladigan materialni puxta esda saqlab qolishlari va uni qayta so’zlab berishlari mumkin. O’qituvchi tushuntirib beradigan tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish keraq xolos. Bu usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta ko’lamdagi tarixiy bilimlarni o’rganish va o’quvchilar dikdatining rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o’quvchilarda, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarida tarixni o’rganishga qiziqish uyg’ota olmaydi, ularning tafakkuri, bilish, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta'minlay olmaydi. Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish usuli birinchi usuldan ko’ra samaraliroqdir. O’qituvchi o’quv materialini bayon qila turib, o’quvchilar oldiga muammoli savollar qo’yadi, o’quvchilar bilan birga uni hal qilish yo’llarini topadi, boshqacha qilib aytganda, o’qituvchi o’quvchilarga tarixiy bilimlarni tushuntirish bilan birga, ularni shu bilimlar ustida o’ylashga majbur etadi, ularning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlari ortadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muammoli va mantiqiy vazifalarni bajarish jarayonida mustaqil mulohaza qilish va mustaqil fikrlashga o’rganadi. Bularning hammasi o’quvchilarning fikrlashiga, tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi. O’quv-tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi. O’qitish metodlariga ta'rif berganda birinchi navbatda u o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi yoki bilish faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutishi keraq Haqiqatan ham, o’qituvchi ko’rsatmali vositalar yordamida so’zlab berish yoki qandaydir amaliy harakatlarni ko’rsatish, ularni tushuntirib borish jarayonida o’zi faol fikrlash bilan birga, o’quvchilarning ham fikrlash faoliyatini qo’zg’atadi va o’quv materialining o’zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ularning bilim va malakalarni o’zlashtirib olishlariga yordam ko’rsatadi. Binobarin, o’qitish metodlariga o’qitish va o’rganish usullari va unga bog’lab o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo’lsa, uni quyidagicha ta'riflash mumkin. O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana bilishlariga, dunyoqarash va e'tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta'minlovchi usullaridan iboratdir. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasidan turli foydalanilgan taqdirdagina ta'lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasi deb eng muhim umumiy belgilari bilan o’zaro bog’langan, bir-biriga ta'sir ko’rsatadigan metodlar gruppasiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari o’qitish va o’rganish usullari hamda o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir. Bir-biri bilan bog’langan o’qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) og’zaki o’qitish metodi, bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi: a) og’zaki ta'lim metodi; b) bosma tekstlar yordamida o’qitish metodi; 2) ko’rsatmali ta'lim metodi; 3) ta'limning amaliy metodi. O’qitish usullari va o’quvchilar tafakkur faoliyatining turli formalari o’rtasidagi o’zaro aloqa va ularning bir-biriga ko’rsatadigan ta'siri asosida bir tizimdagi metodlarning o’zaro bog’liqligi yuzaga keladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qitish deyarli hech qachon o’qituvchining bayonisiz qo’llanilmaydi, o’qituvchining bayoni ham doim ko’rsatmali vositalarga suyanadi. O’quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta'limning ko’rsatmali va og’zaki usullari bilan chambarchas borliq bo’ladi. Mazkur metodlar tizimi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi barcha o’quv predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o’quv predmeti, xususan tarix predmetining mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi12. O’qitish usullari va o’quvchilarning o’rganish (bilish faoliyati) usullari turli ko’rinishlarda bir-biri bilan qo’shilib o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadigan o’quv-tarbiyaviy jarayonning yagona metodikani tashkil qiladi. Bu usullar guruhidan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi, aks holda ta'lim-tarbiya jarayonida, o’qitish metodlarini belgilashda yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. O’qitish va o’rganish usullari ta'lim metodlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga, o’qituvchi va o’quvchilarning faol tafakkur qilish faoliyati va xarakteriga mos bo’lgan xuddi shunday usullarni ham o’z ichiga oladi. Ammo o’qitish usullari umumiy belgilar hamda muhim o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan holda ta'lim metodlari bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan o’qitish usullari barcha o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan didaktikmetodlardanfarqqiladi.
Shunday qilib, o’qituvchi darsga tayyorlanishida o’quv materialining mazmuniga muvofiq va bu materialning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni (o’qitish va o’rganish usullarini) to’g’ri tanlab olishi kerak. Ma'lumki, har bir darsga va darsdan tashqari mashg’ulotga tayyorlanish dars va mashg’ulot maqsadini, ularning ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O’quv materialining mazmuniga muvofiq uning ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni to’g’ri va ilmiy asosda tanlab olish o’qituvchining bu boradagi nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o’zlashtirib olganligiga bog’liqdir. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. Bu ham, o’z navbatida, o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to’tgan o’rnini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bo’lmaydi.
Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o’tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak.
Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar asta-sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars o’quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. O’quvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi.
O’qituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi bo’lgan bu darsda ta'lim va tarbiya vazifalarining qaysi bo’lagi yoki elementi qay darajada, qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, o’quvchilarni qanday umumiy xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi g’oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur.
O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-tarbiya vazifalari bilan bog’lab rejalashtirmog’i kerak. Temalar bo’yicha rejalashtirish temalarni o’qitishning metodik sistemasini ishlab chiqishga yordam beradi. Temalar bo’yicha rejalashtirganda har bir temaning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi13.
Har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalari o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va planli ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. Uqituvchi darsga tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi, programma va darslik asosida dars planini to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi.
Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya vazifalarini, darsda nimaga erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish kerakligini aniq va to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin. Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab o’tishdan iborat bo’lib qoladi.
Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qo’llaniladigan butun didaktik usullar va metodik vosita-larning hammasi darsning bosh g’oyasiga, uning ta'lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga bo’ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh g’oyasi va uning ta'lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o’qituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim bosqichni tashkil qiladi.
Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas'u-liyatli bo’lishi bilan birga, ishning eng qiyin tomoni hamdir.
Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta'limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’kituvchilardan ko’pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi.
VI—VIII sinflarda turli mamlakatlarda davlatlarning tashkil topishiga doir temalar o’tiladi. Jamiyatning ob'ektiv rivojlanishi asosida davlatning tashhil topishidagi bu umumiy qonuniyatlar hamma xalqlarga ham xosdir. Ammo davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlar bilan birga, har bir xalqning o’z sharoitlaridan kelib chiqadi-gan alstsida o’ziga xos xususiyatlari ham bo’ladi. Shuning uchun ham qator mamlakatlarda davlatning tashkil topishi bilan bog’liq mavzularni o’tayotganda, davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlarnigina emas, balki har bir xalq tarixidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham ko’rsatib berish talab etiladi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda mustaqilikdan keying davrda tarix fani rivojlandi. SSSR davlatining o’zbek xalqi haqidagi uydurmali tarixiga chek qo’yildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.