4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali
tanishtirilsa, o‘quvchi o‘qituvchining mahoratini yuqori baholaydi.O‘zida ham yod
olishga qiziqish paydo bo‘ladi.
5. Asarning muhim dialogli o‘rinlarini yoki butun asami sahnalashtirish orqali
tanishtirish.
6. Asarning bir qismini (muammoli o‘rnini) o‘qituvchining o‘qib berishi, qolgan
qismini o‘quvchilaming ichda mustaqil o‘qishi.
7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o‘qib berish.
Bu asaming ta’sirini
kuchaytiradi, o‘quvchilaming estetik didini tarbiyalaydi,
ularni toliqishdan saqlaydi.Umuman olganda, asaming janriy xususiyati hisobga
olingan holda u bilan tanishtirishning o‘ziga xos usullarini tanlash lozim. Badiiy
asar matni ustida ishlash Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez,
ongli va ifodali
o‘qishga o‘rgatish vazifasi o‘quvchilarda asami tahlil qilish ko‘nikmasini
shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish
bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog‘liqligi asami tahlil qilishga qanday
yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar
tahlilidir. Asami tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni
(voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning
axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi. Asami
tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini
uning tasviriy-ifodaviy
vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash
jarayonida ta ‘lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish
hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi,
shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar
bajaradigan topshiriqlami
va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab
olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi
turlaridan foydalaniladi:
Saralab o‘qish. Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o‘qiydi.
Vazifa asaming mazmunini oydinlashtirish, sababnatija bog‘lanishini
belgilash,
badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o ‘z shaxsiy munosabatini
ifodalashdan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan
“Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing”, “Baqa va taqa”
ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topib o‘qing”
kabi topshiriqlar
berilishi mumkin. Tanlab o‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir.
so‘zlar yozib qo‘yilishi zarur. So‘z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib
qolmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: