8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga xosligi,
obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda
tutiladi. Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar
mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga
ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni
jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon qilish
malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab
qolishda o‘quvchilarga yordam beradi. Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha
reja asosida olib boorish mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.).
2. Hikoyani o‘qish (bunda to ‘liq va m a ‘no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki
oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin).
3. Lug‘at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va
voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish).
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini
tuzish.
7. Reja asosida qayta hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish(sinfda yoki uyda).
10. Hikoyani ifodali o ‘qish va ifodali qayta hikoyalash.
Dostları ilə paylaş: