haqida so‘zlab berilayotganda ulaming portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari
namoyish etilsa, o‘quvchilaming muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang‘ich
sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular
haqida boshqalar
aytgan fikrlami magnit tasmasidan eshittirilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib,
unga o‘qituvchi hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi.
Masalan, 4-sinfda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach,
A. Oripovning o‘zi aytgan “O‘zbekiston” she’ri qo‘yib eshittirilishi mumkin.
O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlami o‘quvchilar saviyasiga
mos qilib, hayajonli qilib hikoya qilsa, o‘quvchilaming badiiy asami o‘qishga ichki
istagi kuchayadi, ularda kitob o‘qishga muhabbat ortadi.
Yozuvchi haqidagi
ma’lumot 1-sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib
boriladi. Asami o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilaming mustaqil
izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini
o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilaming o‘tmishda
yashagan tarixiy shaxslar
haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda
o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar,
u haqdagi yozuvlami
o‘qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).
Abu Ali ibn Sino - ma’rifatparvar alloma
Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan
shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino) Bir kuni shohdan
kutubxonasiga kirishga va u
yerda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so‘radim. Shoh menga ruxsat
berdi. (Ibn Sino) Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa
sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan o‘quvchilarni mustaqil izlanishga
o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan
davr
haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar to‘platish,
albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlami o‘qib,
so‘zlab berishidir. Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi
o‘quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar
ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan
to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming
yoshiga
mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va
uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish:Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga
oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir.
Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun maktab tajribasida asar
ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan
qismi
yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she’ming mazmunini to‘g‘ri
idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o‘qish kata
ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular
quyidagilar:
I. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni
magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan
tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab
qiladigan savollar beradi. Masalan,
“Hikoyaning qaysi o ‘rni sizga yoqdi?”, “
Dostları ilə paylaş: