—Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar:
1.O‘qituvchi o‘quvchilaming xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘- nikmalarini
aniqlay oladi
2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez
tushunib oladilar.
3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e ‘tibor beriladi.
5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta
ahamiyatga ega.
Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, 0’qituvchi sinf
jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilami darsga tayyorlash bosqichlarida
o‘tkaziladi. Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1- 2-sinflarda
ovozli va shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3-4-sinflarda ichda
o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3-4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda
chegara qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab
qo‘yiladi, ya’ni o‘qish to ‘g ‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: