4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit
haqidagi
bilimlarini
kengaytirish
va
ilmiy
dunyoqarash
asoslarini
shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri uning
o‘quvchilarga hissiy ta’siridir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina
qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil
qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan
dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning
estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. O‘qish
metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy
qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy
asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta ‘limning turli bosqichlarida o‘qish
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming
matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Dostları ilə paylaş: