Markaziy bank majburiy zaxira talablari36 (foizda)
111111111111111111111111111111111111111111
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2005 yil 16 iyuldagi qaroriga asosan, majburiy zaxiralar miqdori 2005 yil 1
avgustdan e'tiboran jalb qilingan depozitlar va omonatlar turlari bo'yicha barcha
banklar uchun bir xilda, milliy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 15
foiz, xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 8 foiz qilib belgilandi.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda
tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanada
36
"Tijorat banklarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o'tkaziladigan majburiy rezervlari
to'g'risida"gi (18.01.2005 yil, 09.09.2009 yil) Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan
rag'batlantirish maqsadida, 2009 yilning 1 sentyabridan majburiy rezervlar
normasi tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi.
Jumladan, majburiy rezervlar normasi, muddati 1 yilgacha bo'lgan depozitlar
bo'yicha - 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12 foiz,
muddati 3 yildan ortiq bo'lgan depozitlar bo'yicha - 10,5 foiz miqdorida o'rnatildi.
2014 yilda inflyatsiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib
chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada
kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab
qilib olinguncha va 1 yilgacha bo'lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun –
15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq
bo'lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o'zgartirilmasdan qoldirildi.
2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari
hajmi 207 mlrd. so'mga ko'paydi 2014 yilda tijorat banklarining Markaziy
bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so'mga yoki yil boshiga nisbatan
31,8 foizga ko'paydi. 2012-2014 yillar oralig'ida tijorat banklarining majburiy
zaxiralari 2 martadan ko'proqqa ortib, qariyb 1,8 trln. so'mga etdi. (6-rasmga
qarang).
6-rasm.
Dostları ilə paylaş: |