Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o'tish davri iqtisodiyotida majburiy zahiralar normativlari41
11111111111111111111111111111111
Shuningdek, majburiy zaxiralar miqdorini tabaqalashtirish ham kutilgan
samarani berishi mumkin. Majburiy zaxiralar miqdori majburiyatlarning summasi
va muddatiga qarab tabaqalashtirilsa, bu vositaning pul aylanmasiga ta'sir etish
samaradorligi oshar edi. Summa qanchalik katta va muddati qisqa bo'lsa, foiz
miqdori yuqori o'rnatilishi kerak. Bu yo'l bilan hozirgi davrning ikki muhim
muammosini hal etishga ko'maklashilgan bo'lar edi. Birinchidan, korxona va
tashkilotlarning mablag'larini muddatli depozit hisob raqamlariga jalb qilish uchun
sharoit yuzaga keladi. Bu esa, o'z navbatida ssuda kapitallari bozoriga ijobiy ta'sir
qiladi. Ikkinchidan, qisqa muddatli depozitlarga to'lanadigan zaxira miqdorini
oshirish yo'li bilan, pul massasiga qisqa muddatli oraliqlarda keskin ta'sir
ko'rsatuvchi pul mablag'lari harakatini cheklash mumkin bo'lar edi.
Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari tijorat banklarining
likvidliligini oshirishga, pul bozorini tartibga solishga qaratilgan asosiy
vositalardan hisoblanadi.
Markaziy bankning ssudalari tijorat banklarining kutilmaganda yuzaga
keluvchi zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida beriladigan vaqtinchalik resurs
sifatida qarash lozim. Undan kredit hisob-kitob operatsiyalarning doimiy manbai
sifatida foydalanish bu instrumentning mohiyatiga ziddir. Shu sababli, rivojlangan
xorijiy davlatlarda, xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Avstriya va shu kabi
bir qator rivojlangan davlatlarda Markaziy bankning diskont siyosatini amalga
oshirishida miqdoriy cheklashlar joriy etilgan.
Germaniya amaliyotida maxsus lombard kreditlari ham vaqti-vaqti bilan
qo'llanilib turadi. Bunday kreditning o'ziga xos xususiyati shundaki, unga
to'lanadigan foiz stavkasi har kuni o'zgarib turishi va xohlagan vaqtda to'xtatilib
qo'yilishi mumkin.
Ko'pchilik rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSh, Germaniya,
Buyuk Britaniya va Frantsiyada Markaziy bankning qimmatli qog'ozlarni
emitentning o'zidan bevosita sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi,
balki kreditlash hisoblanadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog'ozlarini
to'g'ridan-to'g'ri sotib olish Davlat byudjetini kreditlash hisoblanadi. Hukumatning
qimmatli qog'ozlari kursini caqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy
operatsiyalar ham ochiq bozor siyosatiga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish
va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bog’liq bo’lgan qator
muammolarning mavjudligiga guvoh bo’ldik. Ulardan asosiylari fikrimizcha
quyidagilardan iborat:
1. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari bilan bog’liq muammolar.
Tijorat banklarining depozit operatsiyalari diversifikatsiyasi bo’yicha, muddatli
depozitlarning jami depozitlardagi nisbatan ulushini kamligi.
Muddatli depozitlarning tijorat banklari brutto depozitlari hajmidagi
salmog’ining kam bo’lishi, bank resurs bazasini yetarli emasligidan dalolat beradi
56
va banklarning kreditlash imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi. Bu esa,
o’z navbatida Monetar siyosatning makroiqtisodiy o’sish sur’atlari barqarorligini
ta’minlashdagi ahamiyatini pasaytiradi. Chunki tijorat banklarida depozitlar bank
passivlarining asosiy qismini tashkil etadi.Masalan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga,
O’zbekiston Respublikasi banklari passivlarining umumiy hajmida depozitlarning
salmog’i 66,4 foizni tashkil etadi42.
2. Mamlakatimizda monetizatsiya darajasini oshirish bilan bog’liq bo’lgan
muammolar.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni pulga bo’lgan talabini shakllantirish darajasi
2011 yilda 21,7 foiz bilan ta’minlangan bo’lsa, 2012 yilda bu koeffitsient 22 foiz
atrofida iqtisodiyotni pul mablag’lari bilan ta’minlash imkonini berdi. Bu esa,
xalqaro standartlarga muvofiq 30 foizni tashkil etmog’i lozim.
Ayrim o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida naqd pul muomalasi bilan inflyatsiya
darajasi o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bu esa, quyidagi omillarning
mavjudligi bilan izohlanadi:
- plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov amaliyotini
yanada takomillashtirish;
- naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amaliyotini yana mustahkamlash;
- naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasining katta ekanligi;
Naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirish muammosini
mavjudligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklari kassalariga naqd
puldagi tushumlarini o’z vaqtida va to’liq topshirmasligi naqd pullarning
banklardan tashqari aylanmasini yuzaga keltiruvchi sabablardan biri hisoblanadi.
Buning sababi shundaki, banklarga topshirilmagan naqd pullar noqonuniy
pul aylanmasini amalgam oshirishga xizmat qiladi, ko’pchilik hollarda, xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar naqd pullik to’lovlardan soliq tushumlarini yashirish
maqsadida foydalanishadi. Markaziy bank esa, naqd pullarning banklardan tashqari
aylanmasini aniq hisobga olish imkoniga ega bo’lmaydi. Bu esa, inflyatsiyani
jilovlashga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir
42 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida muallf tomonidan shakllantirildi.
57
ko’rsatadi. Chunki O’zbekiston Respubliksida aholining iste’mol tovarlarini xarid
qilish bilan bog’liq bo’lgan to’lovlarning katta qismi hamon naqd pullarda amalga
oshirilmoqda.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda plastik kartochka va pullik cheklarga
asoslangan to’lov tizimining rivojlanganligi naqd pullarga bo’lgan talabni keskin
qisqartirish imkonini beradi.
3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul massasini boshqarishda
qo’llaniladigan ochiq bozor siyosatini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan
muammolar.
Respublikamiz tijorat banklarining O’zbekiston hukumatining qimmatli
qog’ozlariga qilingan investitsiyalari ularning brutto aktivlari hajmidagi salmog’i
pastligicha qolmoqda. Mazkur holatlar respublikamiz Markaziy bankining ochiq
bozor operatsiyalarining rivojlanish darajasining past ekanligidan dalolat beradi.
Ushbu operatsiyalarni hukumat qimmatli qog’ozlarining emissiya hajmini oshirish
yo’li bilan rivojlantirish, fikrimizcha, maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasida, hukumat qimmatli qog’ozlarining emissiya
hajmining kichikligi Davlat byudjetining profitsit bilan bajarilayotganligi bilan
izohlanadi. Odatda, hukumat qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li
bilan tushumga ega bo’lish davlat byudjeti defitsini qoplashning noinflyatsion yo’li
hisoblanadi.
4. Respublikamizda Markaziy bankning monetar siyosatini makroiqtisodiy
o’sish bilan bog’liq muammolari.
2010-2014 yillarda mamlakatimizda monetizatsiya koeffitsientining
amaldagi darajasi o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan. Bu esa, mamlakat
iqtisodiyotini pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining oshib
borayotganligidan dalolat beradi va monetar siyosatning iqtisodiy o’sish
sur’atlariga ta’sirini oshirish nuqtai – nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti darajasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan
me’yoriy andozadan past bo’lishi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi
debitor-kreditor qarzdorlik miqdorining oshishiga olib keladi. Bitiruv malakaviy
58
ishining ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillarning natijalari ko’rsatadiki,
respublikamizda monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi korxonalar
o’rtasidagi debitor - kreditor qarzdorlikni sezilarli darajada yuqori darajada
saqlanishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklari orqali o’tgan to’lovlarning ko’pchilik qismi to’lov topshiriqnomasi orqali
o’tgan to’lovlarning hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa, o’z navbatida korxonalar
o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Buning sababi shundaki, to’lov topshiriqnomalarida to’lovlar kafolatlanmagan.
Hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to’lovlarni kafolatlanligi uning muhim
afzalligi sifatida e’tirof etiladi. Hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasida amalga
oshiriladigan to’lovlar hajmini oshirish, to’lov topshiriqnomalari orqali amalga
oshiriladigan to’lovlarning jami to’lovlardagi salmog’ini pasaytirish fikrimizcha,
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmining
qisqarishiga olib keladi.
Xojalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik
muammosining hal etilmasligi pulning aylanish tezligiga hamda tovar va xizmatlar
hajmining barqaror sur’atlarda oshishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki
amaliyotdan ma’lumki, ishlab chiqarishni umumiy talabni qondirish darajasini
oshirish bevosita iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
5. O’zbekiston Respublikasida Markaziy bankning diskont siyosatini mavjud
emasligi, uning lombard kreditlari berish imkoniyatining cheklanganligi va
banklararo kreditlar bozorini shakllanish jarayonining nihoyasiga yetmaganligi
Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi rolini oshirishga to’sqinlik qilmoqda.
Markaziy bankning diskont siyosati nafaqat ssuda kapitalining bahosiga
ta’sir etish imkonini beradi, balki, mamlakatning to’lov balansi va milliy
valyutasining holatiga bevosita va kuchli ta’sir etish imkonini beradi.
Markaziy bank diskont stavkasini oshirganda mamlakatga kirib kelayotgan
xorijiy valyutalar oqimi kuchayadi. Bu esa, to’lov balansining muvozanatini
yaxshilanishiga defitsiti miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida
59
ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifining oshishiga va shuning asosida
milliy valyuta qadrini oshishiga olib keladi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida trattalar muomalasini mavjud emasligi
markaziy banklarga diskont siyosatini amalgam oshirish imkonini bermayapti. Bu
esa, o’z navbatida, ularning qayta moliyalash siyosatining samaradorligini
oshirishga to’sqinlik qilmoqda.