Mundarija kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatining nazariy asoslari


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə31/37
tarix03.04.2022
ölçüsü176,97 Kb.
#54642
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
PUL KREDIT SIYOSATI KURS ISHI

3.2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini
samarali tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari
Bugungi kunda ham respublika bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank
tizimini baholashga nisbatan yondashuv va uslublarni tubdan o'zgartirish, uning
umum qabul qilingan xalqaro printsiplar, standartlar va me'yorlarga hamohang
tarzda rivojlantirishni ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26noyabrdagi «2011-2015
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo'nalishlari to'g'risida»gi PQ-1438-sonli Qarori ushbu vazifalarning ijrosini
ta'minlash borasida qabul qilingan dasturiy me'yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda moliya bozorining eng asosiy qismini tashkil etuvchi tijorat
banklari faoliyatini yanada rivojlantirish va uning mustahkamligini oshirish,
markaziy bankning mazkur institutlarga, xususan milliy moliya bozoriga ta'sirini
oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib
qolmoqda. Xususan, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
«O'zbekiston Respublikasitomonidan olib borilayotgan islohotlar boshqa
mamlakatlarnikiga nisbatan farq qilib, o'zining afzalliklarini namoyon qildi», deb
bildirgan bahosi e'tiborga sazovordir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasiga Xalqaro valyuta fondi missiyasining


navbatdagi 2010 yildagi tashrifi natijasi bo'yicha qilgan bayonotida, O'zbekiston
global moliyaviy inqiroz sharoitida ham barqarorligini saqlab, o'z manbalarini
sezilarli darajaga o'sishini ta'minlashiga Hukumatning ehtiyotkorona iqtisodiy
siyosati sabab bo'lganligini qayd etib o'tdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz moliya bozorini barqror rivojlanishini
ta'minlashda Markaziy bank o'zining pul-kredit siyosati orqali katta rol o'ynaydi va
mazkur vazifani amalga oshirishda quyidagi masalalarni hal qilishga asosiy
e'tiborni qaratish lozim.
























































































Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga jalb qilish bo’yicha operatsiyalar ham
muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu operatsiyalar bir kunlik, bir haftalik,
ikki haftalik depozit auksionlari ko’rinishida amalga oshirilmoqda. Ushbu
vositalar, o’z navbatida, Markaziy bankka monetar siyosat samaradorligini oshirish
imkonini bermoqda.
Monetar siyosatning bilvosita vositalarini qo’llash xususida mamlakat
prezidenti I.A.Karimov, jumladan, shunday deydilar: ”Kassa rejalarini nazorat
qilish singari eskirgan usullardan voz kechib, yalpi pul massasini boshqarishning
foiz stavkalari kabi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan, zamonaviy, tez
moslashuvchan uslublari joriy etilgani bu boradagi muhim qadam bo’ldi” 43.
Monetar siyosat zamonaviy vositalarining keng qo’llanillishi va amalga
oshirilgan qat’iy choralar natijasida so’ngi yillarda mamlakatimizda inflyatsiya va
foiz stavkalari sezilarli darajada pasaydi, valyuta kursi barqarorlashdi va 8,2
foizdan yuqori iqtisodiy o’sishga erishildi. Bunday natijalarga erishishda quyidagi
chora-tadbirlar ahamiyatga ega bo’ldi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda monetar siyosat sohasida qator ijobiy
natijalarga erishildi.Ularning asosiylari quyidagilar:
- Investitsiya loyihalari va davlat byudjeti taqchilligini O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kreditlari hisobidan moliyalashtirish
amaliyotiga chek qo’yildi. Bu esa, monetar siyosatni yuritishda Markaziy
bank mustaqilligini yanada oshirish imkonini berdi;
- Bank tizimida yagona vakillik hisobraqamiga va yagona balans dasturiga
o’tilishi, o’z navbatida, bank tizimining aktivlari, passivlari va likvidliligini
43 Karimov .I.A Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish asosiy vazifamiz. T.:
“O’zbekiston “, 2004. 7-bet.
66
tartibga solish samaradorligini oshirishga hamda bank tizimining risklarini
kamaytirishga olib keldi.
- Amaldagi mavjud almashuv kurslari birxillashtirilishi natijasida, milliy
valyutaning barqarorligi ta’minlanmoqda. Inflyatsiya va foiz stavkalari
sezilarli darajada pasaytirildi. Bu esa, aholi va xo’jalik yuriyuvchi
sub’yektlarning bank tizimi va milliy valyutaga bo’lgan ishonchining
oshishiga, aholining banklardagi omonatlari miqdorining sezilarli darajada
o’sishiga olib keladi.
- Xalqaro bankchilik tajribasidan kelib chiqqan holda, majburiy zahiralarga
deponetlanadigan mablag’larni hisoblash uslubiyotining takomillashtirilishi,
bank tizimining likvidligi va pul massasini tartibga solish samaradorligini
yanada osirish imkonini berdi.
Uning miqdori tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lariga nisbatan foizda
belgilanadi. Ushbu vosita orqali banklarning minimal likviqliligi ta’minlanadi.
Bank tizimining amaldagi likvidlilik darajasini inobatga olgan holda, ayni paytda
majburiy zahira talablari me’yori yuridik shaxslarning milliy va xorijiy valyutada
1yilgacha jalb qilingan mablag’lari bo’yicha 15 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 yilgacha jalb qilingan depozitlarga 12 foiz, 3 yildan yuqori bo’lgan
muddatga jalb qilingan depozitlar uchun 10,5 foizni tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslarning depozitlari va yuridik shaxslarning xorijiy
valyutadagi depozitlari, shuningdek qimmatli qog’ozlarga jalb qilingan mablag’lar
majburiy zahira jamg’armasiga deponentlashdan ozod qilingan va Markaziy
bankda mablag’larni majburiy zahiralarga deponentlashning o’rtacha oylik
uslubiga ko’ra hisoblash mehanizmi joriy qilingan.
Mamlakatimiz prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi ”Banklardagi depozit
hisobvaraqlardan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to’g’risida”
PQ-147-sonli qarori asosida banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pullarni
olish yuzasidan barcha cheklovlar olib tashlanib, naqd pul mablag’larini
mijozlarning birinchi talabi bo’yicha uzluksiz berilishi yo’lga qo’yildi. Bu esa,
67
aholi va xo’jalik sub’yektlarini bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada
oshirishini ta’minladi.
O’zbekistonda monetar siyosatni asosiy yo’nalishlarini Markaziy bankning
Monetar siyosat departamenti tomonidan departament va mustaqil boshqarmalar
hamkorligida ishlab chiqiladi.
Xususan, har moliya yili boshlanishidan oldin Markaziy bank tomonidan
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining 9 oyi yakunlari tahlil qilinib, IV choragi
bashorat ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi.
Hukumat tomonidan iqtisodiy o’sish sur’atlari va inflyatsiya darajasi kabi
belgilangan maqsadli ko’rsatkichlar asosida Markaziy bank kelgusi yil uchun pulkredit ko’rsatkichlari bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlarni belgilaydi va moneatar
siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi.
Moliya yili boshlanishidan 1 oy oldin Markaziy bank monetar siyosat asosiy
yo’nalishlarini Oliy Majlisga taqdim etadi.
Tegishli taklif va tavsiyalardan so’ng monetar siyosat asosiy yo’nalishlari
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va ijrosi yil davomida amalga
oshirib boriladi. Buning uchun Markaziy bank ixtiyoridagi monetar vositalardan
foydalangan holda, bank tizimi va pul bozori likvidligi va butun iqtisodiyotni
tartibga soladi.
Pul - kredit ta’limotlarining asosiy masalaridan biri monetar siyosatning
maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, monetar siyosatning asosiy
yo’nalishlari muhokama qilinayotganda Markaziy bankning ma’sul mutaxassislari
asosiy e’tiborni mamlakatda iqtisodiy o’sish, narxlar, foiz stavkalari, moliya va
valyuta bozorlarining barqarorligini ta’minlash hamda mustahkamlash kabi bir
qator masalalarga qaratadilar.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishda mamlakatda amalga
oshirilayotgan makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosatning muvofiqligini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda qo’yilgan maqsadlarga
muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi.

Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirish va uning maqsadlariga


erishishda yetarli darajada samara berishi mumkin bo’lgan bir yoki bir necha
maqsadli ko’rsatkichlarni tanlab olishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda
Markaziy bank monetar siyosatining oraliq maqsadi sifatida pul agregatlari,
jumladan, pul massasi yoki pul bazasidan foydalanadi.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirayotganda yakkayu – yagona
monetar ko’rsatkichga asoslanmasligi kerak. Chunki har bir ko’rsatkich ma’lum
kamchiliklarga ega bo’lishi bilan birga, ular iqtisodiyotdagi ma’lumotlarni to’liq
o’zida aks ettira olmaydi. Masalan, Markaziy bank monetar ko’rsatkichlardan biripul massasi orqali iqtisodiyotda pulga bo’lgan real talab va taklifni aniqlash,
monetizatsiya darajasi, pulning aylanish tezligi yoki pul massasining inflyatsiyaga,
almashuv kursiga, foiz stavkalariga va umuman iqtisodiyotga qay darajada ta’sir
etishi kabi ayrim masalalarni aniqlashi mumkin, xolos.
Shuningdek, iqtisodiy konyunkturaning o’zgarishi, makroiqtisodiy va
moliyaviy ma’lumotlar hamda bank tizimining monetar siyosat pirovard
maqsadlariga ta’sir etish ko’lami kabi ma’lumotlarga ega bo’lish markaziy banklar
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O’z navbatida, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarida makroiqtisodiy
siyosatning maqsadlari, iqtisodiy konyunkturaning tahlili, jumladan, real sektor,
davlat byudjeti, investitsiya, tashqi savdo aylanmasi, to’lov balansi, asosiy
makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlar holati, bank tizimining rivojlanishi kabi
bir qator ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish
asosida markaziy bank inflyatsiyaning yoki pul massasining maqsadli
ko’rsatkichlarini belgilab oladi va unga erishish uchun o’z ixtiyoridagi barcha
vosita hamda usullardan samarali foydalanadi.
2012 yilda respublikamiz bank tizimidagi islohotlar O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan ”2011-2015 yillarda perpublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ” Dasturi
69
hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda
belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan:
- bank nazorat tizimini yanada takomillashtirish va Bazel talablari bo’yicha
yangi tavsiyalarni tadbiq etish bilan bog’liq tadbirlarni davom ettirish;
- Mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini yetakchi xalqaro
reyting tashkilotlari tomonidan qo’llaniladigan me’yor, andoza va ko’rsatkichlar
asosida baholash amaliyotini kengaytirish;
- tijorat banklari resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi
va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning bo’sh pul mablag’larini depozitlarga jalb
qilish orqali yanada oshirish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini
hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha loyihalarni
kreditlash hajmlarini oshirish;
- tijorat banklari balansiga olingan 168 ta iqtisodiy nochor korxonalar bank
balansiga qabul qilinib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va
modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. So’mlik
investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi
mulkdorlarga 919,3 mlrd .so’mga sotildi va bu boradagi strategik investorlarga
sotish ishlarini yanada faollashtirish;
- kichik biznesni moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlash, investitsiya
maqsadlari, boshlang’ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kredit
ajratish hajmini kengaytirish;
- xalqaro andozalar tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari
rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya – bank
sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
Monetar siyosat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy va ajralmas qismi
sifatida iqtisodiyotni samarali tartibga solishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
2013 yilda monetar siyosat va bank tizimining faoliyati O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
70
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida
belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratildi.Xususan:
-iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, makroiqtisodiy
barqarorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
oshirish;
-iqtisodiyotni va yetakchi tarmoqlarini modernizatziya qilish, texnik va
texnologik jihatidan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarni kengaytirish, ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash;
-yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
-mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora- tadbirlarini amalga
oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga
oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini
yaratish;
-ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakat aholisi bandligini ta’minlash
hamda aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlash borasida
bank tizimida dasturiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2013 yilgi pulkredit siyosatining va bank tizimi faoliyatining eng muhim ustuvor yo’nalishlari
etib belgilab olindi.
2013 yilga tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga
muvofiq, uning defitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1 foizdan oshirmaslik
hamda uni to’liq noinflyatsion manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilangan.
Ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi
omillarni, jahon bozoridagi narxlar dinamikasini, shuningdek ichki talabni
rag’batlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni inobatga olgan
holda, 2013 yil uchun inflyatsiya darajasi 7-9 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda.
Pul-kredit ko’rsatkichlarining prognozi hukumat tomonidan belgilab berilgan
yuqoridagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz parametrlariga muvofiq
belgilandi.
Ushbu asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi doirasida 2013 yilda
yalpi ichki mahsulotning 8,0 foizga o’sishining pulga bo’lgan real talablarini va
71
aholi daromadlari o’sib borayotganligidan kelib chiqib, pulning jamg’arish omilini
inobatga olgan holda, o’rtacha yillik pul massasi yalpi ichki mahsulotga
nisbatining 1,0 foiz bandga oshishi prognoz qilinmoqda44.
O’z navbatida, inflyatsiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar
doirasida ushlab turish maqsadida 2013 yilda Markaziy bank qat’iy pul-kredit
siyosatini amalga oshirishni davom ettiradi va ushbu maqsadda monetar
siyosatning bozor instrumentlaridan faol foydalanadi.

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin