Mundarija kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatining nazariy asoslari


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə4/37
tarix03.04.2022
ölçüsü176,97 Kb.
#54642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
PUL KREDIT SIYOSATI KURS ISHI

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini
takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib
o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar:
bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari
me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va
muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish;
kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori
bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan
talabni oshirish muammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz
va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish
sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 13,9
foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 9,7
foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga
ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi
2020 yilda 16,6 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 14,2
foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 30 foizga o’sdi. Inflyatsiya
darajasi yil yakunlari bo’yicha 11,2 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga
nisbatan sezilarli darajada pastdir” 1. Shuningdek, tijorat banklari balansida yuqori
likvidli qimmatli qog’ozlar miqdorining kamligi ham, Markaziy bankning ochiq
bozor operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2009-
2013 yillar aprel holatiga ko’ra “ Toshkent ” RFB birja aylanmasining
ko’rsatkichlariga muvofiq 5,4 mlrd.so’mlik bitimlar imzolangan bo’lib, shulardan
2013 yil aprel holatiga Qimmatli qog’ozlar birja aylanmasining tarmoqlar bo’yicha
1 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib
berish – ustuvor vazifamizdir. hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib.berish – ustuvor vazifamizdir tarkibida banklar 67,1 % ni tashkil qilgan.

2.Bu boradagi muammolardan yana biri –monetar siyosatning iqtisodiy o’sishiga nisbatan ta’sirining zaifligi hisoblanadi.Monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi fikrimizning isbotidir………………………………………………….

2011-yilda monetizatsiya koeffitsienti 21,7 foizni, 2012 yil holatiga ko’ra esa, 22 foiz atrofida tashkil etgan. Xolbuki bu ko’rsatkich, Xalqaro valyuta fondi
ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun
har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq
maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun
hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida
belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini
to’xtatish, inflyatsiya darasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek ma’suliyatli maqsadga qisqa vaqtda
erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar
yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi,
albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator
tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarni qamrab oluvchi makroiqtisodiy
barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi zarur.……………………………………………………………...
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning
monetar siyosatini takomillashtirish va uni iqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sirini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishining
zarurligi, hamda mazkur holat iqtisodiy adabiyotlarda chuqur o’rganilishi, ushbu
ilmiy ishni tanlanishiga asos bo’ldi.………………………………………………….


Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin