Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Monetar siyosatni takomillashtirish,
uning makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirishning
2 O’zbekiston Respublikasi “Toshkent” fond birjasining ma’lumotlari.
nazariy asoslari xorijlik iqtisodchi olimlar – G.Kassel, J.Keyns, Jan Matuk,
A.Ulyukayev, A.Shvarts, J.Fleming, I.Fisher, L.Katao, L.Krasavina, M.Ershov,
M.Pivovarova, M.Terronza, O.Lavrushin, P.Samuel’son, S.Moiseev3 ,
R.Dornbush, R.Mandell, R.Makkinnon, S.Fisher, M.Fridmen, F.Maxlup,
G.Fetisov, I.Mamonova, kabi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.
J.M.Keyns keynschilik pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va to’lovga qobil
talabni rag’batlantirishga qaratilgan “arzon pullar” konsepsiyasini joriy qildi va
ushbu konsepsiya hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgan emas.
M.Fridmen monetarizm pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va bu konsepsiya
monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning nazariy - uslubiy asosini
tashkil etmoqda.
Monetar siyosatni takomillashtirishning ayrim nazariy va amaliy jihatlari
Sh.Shodmonov, M.Yaxshiyeva, R.Yusupov, A.Vahobov, N.Jumayev , A.Vahabov,
O.Olimjonov, O.Namozov, R.Shomurodov, T.Boboqulov, F.Mullajonov4,
Sh.Abdullayevalarning ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: |