Rivojlanayotgan va o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida majburiy zahiralar normativi40
1111111111111111111111111111111111111
Keyingi yillarda rivojlangan davlatlar markaziy banklari tomonidan pul
massasini tartibga solish vositasi sifatida majburiy zaxira normalari
pasaytirilmoqda yoki ushbu vositada umuman ishlatilmayapti. Chunki majburiy
zaxira talablari o'rnatilishi tijorat banklariniig iqtisodiyotni kreditlash
imkoniyatlarini chegaralab qo'yadi. Jumladan, 1990 yili AQShda muddatli
depozitlar bo'yicha majburiy zaxira talablari bekor qilindi, Kanadada 1992
yilning iyun oyidan boshlab omonatlarning barcha turlari bo'yicha majburiy
zaxira talablari ikki yil muddatga bekor qilindi. Bundan tashqari, Shveytsariya,
Yangi Zelandiya va Avstraliyada ham majburiy zaxira talablari umuman bekor
qilindi. MDH davlatlarida ham yuqorida qayd qilingan davlatlardagi kabi
o'xshash tendentsiyani kuzatish mumkin (6-jadvalga qarang). Majburiy zaxira
stavkalarining pasaytirib borilishi tijorat banklarining rkeditlash qobiliyatini
oshiradi, pirovardija moliya bozori kengayib, milliy iqtisodiyotda investitsion
faolik darajasi ortadi.
40 O.Yu.Rashidov, R.R.Tojiev, U.Sh.Do’sqobilov. "Markaziy bankning monetar siyosati". Toshkent, TDIU
nashriyoti, 2010 yil, 284-b.
53
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida majburiy zaxiralar
me'yorini keskin pasaytirish maqsadga muvofiq emas. Chunki, birinchidan,
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish jarayoni hozirgi kunda muomaladagi pul
massasining o'sishiga olib keladi. Bundan tashqari, respublikamizga hamon tayyor
mahsulotlarni sezilarli miqdorda chetdan keltirilishi potentsial inflyatsiya manbai
hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi bosqichdagi iqtisodiyotni tartibga solish
tadbirlari inflyatsiyaga qarshi qaratilgan bo'lishi kerak. Ikkinchidan, majburiy
zaxiralar pul bazasining, uning dinamikasini oldindan ko'ra bilish mumkin bo'lgan
qismi sifatida, pul-kredit siyosatining muhim ob'ekti hisoblanadi. Shuningdek,
majburiy zaxiralar orqali Markaziy bankning kreditlar va foiz stavkalariga qay
darajada ta'sir etayotganligini yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Bugungi kunda depozit mablag'larning asosiy qismini muddasiz hamda qisqa
muddatli depozit hisob-raqamlaridagi mablag'lar tashkil etmoqda. Agar uzoq
muddatli depozit hisob-raqamlaridagi mablag'larni ko'paytirsak, bu holda tijorat
banklari likvidliligi yanada oshadi va bu o'z navbatida majburiy zaxiralar
miqdorini kamayishiga sabab bo'ladi.
Markaziy bankda tijorat barklarining resurslaridan tashkil etilgan majburiy
zaxiralarga foiz to'lash amaliyoti ham ba'zi bir mamlakatlarda uchraydi. Xususan
ularga Chexiya, Estoniya kabi davlatlarni kiritish mumkin. (6-jadvalga qarang).
6-jadval