Mundarija kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatining nazariy asoslari


Mamlakat valyuta bozoridagi asosiy tendentsiyalar va ularning AOTB



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə24/37
tarix03.04.2022
ölçüsü176,97 Kb.
#54642
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
PUL KREDIT SIYOSATI KURS ISHI

Mamlakat valyuta bozoridagi asosiy tendentsiyalar va ularning AOTB
Ipoteka bankka ta'siri38

1111111111111111111111111111111111111111111111111

Markaziy bank milliy valyuta almashuv kursini maqsadli koridor doirasida


ushlab turish uchun valyuta savdolarida xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib
oluvchi sifatida qatnashib, interventsiya operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Eksportni rag'batlantirish hamda importni maqbullashtirish borasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi
2012 yilga nisbatan 19,8 foizga oshib, 13,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
2014 yilda banklaro ichki valyuta bozoridagi jami operatsiyalar hajmi
38
O'zbekiston respublikasi Markaziy banki va AOTB Ipoteka bank ma'lumotlari asosida tuzildi

13,7 mlrd. AQSh dollarini, shundan Markaziy bank operatsiyalari


4,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
So'mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv
kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga
nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga
nisbatan almashuv kursi ta'siri ostida shakllandi.
Shunga muvofiq, Shunga muvofiq, 2013 yilda so'mning yapon ienasiga
nisbatan almashuv kursi 16,4 foizga, funt sterlingga nisbatan 9,8 foizga va evroga
nisbatan 8,2 foizga pasaydi. 2014 yilda so'mning almashuv kursi funt sterlingga
nisbatan 14,4 foizga, evroga nisbatan 11,9 foizga, yapon ienasiga nisbatan
2,2 foizga va xitoy yuaniga nisbatan 12,2 foizga pasaydi.
AOTB Ipoteka bankning valyuta operatsiyalaridan ko'rilgan daromadlar
tarkibida valyutaviy aktivlarini so'mga nisbatan AQSh dollari kursining ortishi
hisobiga qayta baholashdan ko'rilgan daromadlar tashkil etadi. Xususan ularning
hajmi 2014 yilda 61%ni tashkil etgan. Bu ko'rinishdagi daromadlar bankning sof
daromadining qariyb 50%ni tashkil etib kelmoqda. Shuningdek markaziy
bankning samarali valyuta siyosati orqali tijorat banklarining kapitali tarkibidagi
devalvatsiya zaxiralari ham yildan yilga ortib, bank kapitalini ortishiga o'z
hissasini qo'shib kelmoqda.
Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va
murakkab masala bo'lib qolmoqda. Buning uchun esa valyuta bozorini
rivojlantirish zarur. Chunki, har qanday turdagi valyuta operatsiyasi – svop,
forvard, valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog'lik operatsiyalar pirovard
natijada spot bozorining likvidliligiga bog'liq bo'ladi. Agar, valyuta birjasida va
birjadan tashqari valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo'yicha
to'liq likvidlilik ta'minlansa, ya'ni barcha talablar muvofiq ravishda o'z vaqtida
qondirilsa, bu milliy valyuta – so'mning qadrini oshirishga xizmat qiladi.
Korrespondent munosabatlarini rivojlantirish pirovardada, milliy
valyutadagi korrespondent aloqalarni rivojlantirish bevosita xalqaro savdo
aloqalarida milliy valyutamiz – so'mdan keng miqyosda foydalanishga asos bo'ladi

Markaziy bank 2003 yilda naqd valyuta bozoridagi operatsiyalarni


kengaytirib deyarli almashtirish bo'yicha barcha cheklovlarni bekor qildi.
Shuningdek, 2003 yil 15-oktyabrdan boshlab XVF bitimi Moddalari 8-
moddasining 2(a), 3 va 4- bo'limlarida ko'zda tutilgan majburiyatlar, ya'ni milliy
valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha erkin ayirboshlashni o'z
zimmasiga oldi.
Milliy valyuta so'mning konvertirlanishini joriy etilishi respublikamizda
amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ahamiyat kasb etuvchi jixatlaridan
biridir. Hozirgi vaqtda, valyutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni
bozordagi – qat'iy belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo'yicha uni xalqaro
zaxira valyutalaridan biri (AQSh dollari, evro va h.k)ga konvertatsiya qilishi
huquqiga ega bo'lishi – valyutaning “to'liq konvertatsiyalanishi” hisoblanadi.
Valyuta siyosatini yurgizish va muvofiqlashtirish xalqaro valyuta fondi
(XVF) zimmasiga yuklatilganligi sababli u konvertatsiyani talab qiladi.
Valyutalarning konvertatsiyalanishiga doir cheklovlar hamda tashqi savdo
cheklovlari, bir-biridan alohida tarzda o'rganilar edi. Bu hol, ushbu cheklovlarning
ikki shakli bir-biridan mustaqil ravishda va turli xil sabablarga ko'ra yoshitilishi
bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Ayni paytda, iqtisodiy nuqtai-nazardan, ushbu
ikki turdagi cheklovlardan bir xil natijani kutish mumkin.
Valyuta cheklovlari shakllari turli xil shaklda bo'lishi mumkin. Odatda,
tashqi savdoda mahsulot eksport qiluvchilarga valyuta tushumining barchasi yoki
uning bir qismini Markaziy bank yoki vakolatli banklarga rasmiy kurs bo'yicha
topshirishi talabi keng qo'llaniladi.
Vakolatli valyuta cheklovlari quyidagilarni nazarda tutadi (4-jadvalga
qarang):
4-jadval

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin