AOTB Ipoteka bankning faoliyatiga 2009 yilda markaziy bankning
majburiy zaxira normalarini o'zgarishi uning kreditlash jarayoniga katta o'z
ta'sirini ko'rsatmagan holda uning o'z mijozlari oldida barqarorligini
mustahkamlanishiga olib keldi (6-rasmga qarang). Xususan, 2014 yilda 2011
yilga nisbatan bankning umumiy zaxiralari 10%ga ortib, 36,7 mlrd. so'mga etgan.
Bankning zaxiralariga mutanosib ravishda uning kreditlash qobiliyati ham ortib
borgan, xususan, mazkur davrda uning hajmi 95%ga ko'payib, kreditlar qoldig'i
945 mlrd. So'mni tashkil etgan.
Majburiy rezerv talablari mexanizmiga kiritilgan o'zgartirishlar uning
samaradorligini yanada oshirdi.
Mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy
o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jixatdan rivojlangan, sanoati va
qishloq xo'jaligi eksportga yo'naltirilgan davlatga aylandi. Xalqaro mehnat
taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining
yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo'ldi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko'lamda rivojlanishi markaziy banklarga
ushbu bozorda erkin harakat qilishiga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon
yaratdi.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon
beruvchi bir qator asoslar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni
ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Markaziy bankning etarli miqdorda oltin–valyuta zaxiralariga ega
bo'lishi;
2. Markaziy bankning xorijiy mamlakatlar banklari bilan keng tarmoqli
korrespondent ( vakillik ) munosabatlarining mavjudligi;
3. Markaziy bankka valyuta operatsiyalirini amalga oshirish tartibini
belgilab beruvchi me'yoriy xujjatlarni mavjudligi;
4. Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo'lgan savdo
udumlariga rioya qilish;
45
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi
kunda Respublika Oliy Majlisi va Hukumatimiz tomonidan aniqlangan monetar
siyosatning asosiy yo'nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab o'tish
joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlik printspiga ko'proq e'tibor
berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:
- eksportyor uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashg'ul bo'lgan korxonalar;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O'zbekistonda ishlab
chiqarish faoliyati natijasida olgan foydalari va divedentlari;
- Respublikamiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarida
qatnashayotgan korxonalarning so'm mablag'lari; - xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo'yicha xizmat safari va xorijda ta'lim
olish bilan bog'lik xarajatlar.
Mazkur maqsadlar uchun valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Shunday qilib,
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarur bo'lgan barcha asoslarga ega.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining
Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining (davlatlarning)
moliyaviy jihatdan barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank
davlatlarning tashqi qarzini to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalarga o'z vaqtida
xizmat ko'rsatish, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni
ta'minlash uchun mas'uldir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida
amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi
valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi.
2014 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini
ta'minlash hamda eksportni rag'batlantirishga yo'naltirildi. Bunda ichki valyuta
bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun,
valyuta savdolarida interventsiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali
Markaziy bank tomonidan so'm almashuv kursining o'zgarib boruvchi
46
boshqariladigan usuli qo'llanildi. Eksportni rag'batlantirish maqsadida so'mning
AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rildi.
Natijada 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir AQSh dollarining
nominal qiymati 1 795,0 so'mni tashkil qilib, milliy valyutaning devalvatsiyasi
9,5 foizga teng bo'ldi. 2015 yil davomida so'mning AQSh dollariga nisbatan
ayirboshlash kursi 10,5 foizga pasayib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir
AQSh dollari 1984,0 so'mni tashkil qildi (7-rasmga qarang).
7-rasm.