1.2. O‘zbekiston SSRning sanoati va qishloq xo’jaligi front xizmatida U. Yusupovboshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi rahbarlik qildi. O‘zbekistonning iqtisodiy va mehnatresurslari frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududida, jumladan,O‘zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya’ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va mehnat ta’tillari bekor qilindi.O‘zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o‘qdori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar.Ularda frontga ketgan erkaklar o‘rnini keksalar, xotinqizlar egalladilar.Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda,1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxtalarida ishlashga yo‘l oldilar.
Jumladan, 1941-yil iyul oyidan«Tashselmash» zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketganotalari, akalari va erlarining o‘rniga ishga kirib fidokoronamehnat qildilar.Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilanta’minlash choralari ko‘rildi. Respubiika oliy va o‘rtamaxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari,fabrika-zavod ta’limi maktablarining faoliyati urushdavri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni vafront orqasini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilanta’minlash uchun oyoqqa turdi. Har bir kolxozchi vasovxoz ishchisi ikki-uch ish normasini bajarish uchun fidokorona mehnat qildi.Urush bo‘layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan hududlardan muhim sanoat korxonalarini,kolxoz, sovxoz va MTSlarning mulklarini, madaniy boyliklar va o‘quv maskanlarini Sharqqa, jumladan,O‘zbekistonga zudlik bilan ko‘chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi3.
Fashistlar tomonidan yondirilgan, vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, otalari urushning dastlabki kunlarida halok bo‘lgan bolalar, million-million kishilar ulkan yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixidako‘lami jihatidan bunday katta voqea birinchi martasodir bo‘ldi. O‘zbekistonga 100 ga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash,kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlabchiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalariko‘chirib keltirildi. O‘zbekiston shaharlarida shoshilinch bo‘shatib berilgan yoki yangidan qurilgan binolarga ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlikbilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular ishchikuchi, xomashyo, instrumentlar bilan ta’minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lgaqo‘yildi.O‘zbek xalqining insoniylik, olijanoblik, bolajonlik fazilatlari urush yillarida mamlakatning g‘arbiy viloyatlaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga, bolalarga ko‘rsatgan ochiqko‘ngilligi,hamdardligi va g‘amxo‘rligida o‘z ifodasini topdi.
O‘zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya,Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalaridan ko‘chirib keltirilgan bir milliondan ko‘proqkishilarni, shu jumladan, 200 mingdan ko‘proq yetimbolalarni o‘z bag‘riga oldi. Ko‘chirib keltirilgan aholini qabul qilib olish, joylashtirish va ularga zarur shartsharoitlar yaratish masalalarini mehnat jamoalariningyig‘ilishlarida muhokama qilish va amaliy yordamko‘rsatish ishlari keng quloch yozdi.
1941-yil 3-dekabrda O‘zbekiston KompartiyasiMQning ko‘chirib keltirilgan fuqarolarni qabul qilish vajoylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti huzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus respublika komissiyasi va mahalliy sovetlarning ijroiya qo‘mitalari qoshida tuzilgan alohida bo‘limlar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan shug‘ullandilar. Ko‘chiribkeltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi. Qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 ming,Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan viloyatiga53600 kishi joylashtirildi. Ko‘chib kelganlar O‘zbekistonda boshpana topdilar, ish bilan ta’minlandilar.O‘zbek xalqi o‘z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko‘chib kelganlar bilan baham ko‘rdi .
O‘zbekiston bo‘yicha 1942-yil bahorigacha ko‘chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul qilib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun kerakli sharoitlar tug‘dirildi.O‘zbeklar ko‘chirib keltirilgan ota-onasiz yoshbolalarga alohida g‘amxo‘rlik qildilar, 200000 danko‘proqyetim bolalarni o‘z bag‘riga oldilar.O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsuskomissiya tuzildi, uning ishida 30 ta xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o‘qituvchilar kecha-yu kunduz navbatchilik qildilar. Militsiya bo‘limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
Ko‘chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar uylari, maktabinternatlarga joylashtirilib, ularda o‘quv-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yildi. Fabrika-zavod ta’limi maktablari, hunar va temiryo‘l bilim yurtlarining sobiq talabalari o‘qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-fabrika ta’limi maktablarida o‘qishga jalb etildi. 15 yoshdan katta bo‘lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishga joylashtirildi.
1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotinqizlarning yig‘ilishi bo‘lib, unda respublikamizdagi barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olishga da’vat etiladi. Ko‘plab oilalar boqimsiz qolgan bolalarni o‘zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko‘rdilar. O‘zbekiston rahbarlaridan Usmon Yusupov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlar oilasi ham yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar. Jami 200000 dan ortiq yetim bolalar o‘zbekistonliklar oilasida issiq boshpana, rizq-ro‘z, eng muhimi, mehribonliktopdilar. Turli millatlarga mansub bo‘lgan 14 bolani farzandlikka olgan toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksak insoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi. Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan kattaqo‘rg‘onlik Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘iga olib, mehr qo‘ri bilan ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi. O‘nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab voyaga yetkazgan oilalar respublikamizda anchagina. Ularning buyuk insonparvarlik, vatanparvarlik jasorati tahsinga sazovor. «O‘sha og‘ir yillarda, bir burda non tansiq bo‘lgan yillarda, O‘zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, non berdi, qanchadan qancha yetim-yesirlarning boshini siladi. Xalqimizning insonparvarlik va olijanoblik fazilatlari tillarda doston bo‘ldi».
O‘zbekistonga janglarda yarador bo‘lgan yoki bemor bo‘lib qolgan minglab jangchilar — askar va zobitlar ham jo‘natilardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida mehribonlik qilindi, respublikamiz sog‘lomlashtirish markazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-oktabrgacha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tizimida 14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi vazarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskvadan, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan 15900 o‘rin-karavotga ega bo‘lgan 48 gospital ko‘chirib keltirilib, joylashtirildi va ishga tushirildi. Harbiy kasalxonalar qurish keyingi yillarda ham davom etdi. O‘zbekistonda 39140 o‘ringa ega bo‘lgan 113 ta gospitalda yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Viloyat, shahar, tuman idora organlari gospitaldagilar holidan xabar olib turdilar, gospitallarga xo‘jaliklar tashkil etish va ish yuritish uchun yer maydonlari ajratib berdilar. Agar 1941-yilda shu maqsadda 385,5 gektar yer ajratilgan bo‘lsa, 1943-yilga kelib ajratilgan yerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942-yilda 1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona, kolxoz va sovxozlar gospitallarni otaliqqa olib, ularni yoqilg‘i, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlab turdilar.
Jumladan, 1943-yilda Buxoro viloyatidagi gospitallar uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘ining 80 foizini otaliq korxonalar yetkazib berdi. O‘zbekistonlik 18482 nafar donorlar yaradorlarni oyoqqa turg‘izish uchun qon berib turdilar. Urush yillarida O‘zbekistondagi gospitallarga 164382 yarador va bemorlar joylashtirildi, ularning 87 foizi, 143101 kishi davolanib chiqdilar. O‘zbekistonliklar sog‘ayganlarga chiroyli xaltachalar tikib berar va sovg‘a-salomlar bilan frontga kuzatar yoki korxonalarda ishlashga joylashtirardilar. Nogiron bo‘lib qolganlarga zarur yordam ko‘rsatildi, holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. O‘zbekistonliklar orasida mudofaa fondini tashkil etish, front uchun issiq kiyimlar to‘plash harakati keng yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg‘armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa tondlariga topshirdilar. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston kolxoz va sovxozlari front uchun 59 ming ot va ularga kerakli yem-xashak to‘plab berdilar. Mashhur o‘zbek raqqosasi Tamaraxonim mudofaa fondiga 50 ming so‘m topshirdi.Mudofaa fondiga 650 million so‘m pul, 22 million so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqin moltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar to‘plandi. Bu jamg‘arma hisobiga respublikamizda tank kolonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar qurilib frontga jo‘natildi. O‘zbekistonliklar jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo‘natib turdilar. Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo‘li bilan anchagina mablag‘ to‘plandi. Aholidan issiq kiyimlar tayyorlash uchun jun, qo‘y terilari yig‘ib olindi. Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotish hisobiga 4,2 milliard so‘m mablag‘ yig‘ilib g‘alaba manfaatlari yo‘lida foydalanildi.
Xullas, urushning dastlabkiyiliyoq O‘zbekistonning butun moddiy va ma’naviy kuchlari g‘alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi.Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina» zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi.
1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi. Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi. O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarnijoylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ishlar bilan qo‘shib olib bordilar. O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupovning «O‘zbekiston — bu front orqasi emas, O‘zbekiston — jang maydoni», degan so‘zlarida jon bor edi. O‘zbekistonliklar frontdagidek harakat qildilar, har qanday resurslarni izlab topdilar, ular bitta fashist marazining boshi uchun bittadan aviabomba, bittadan snaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht ham, suyak ham qoldirmaydigan «Katyusha»lar yetkazib berish uchun mardona mehnat qildilar. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan «Rostselmash» zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari yetkazib bera boshladi. Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa materiallar yetishmas edi.
1941-yil 5—7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari — samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2— 3 barobar oshirish, ko‘mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi. Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto 1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiymahsulotlar bera boshladilar. Ularning eng yiriklari Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkovelektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan «Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, zavodi, Kiyev zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20 foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilangina keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi4.
Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalari ham anchagina kengaytirildi. «Tashselmash» zavodi, boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan ortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi. Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqa ustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshirib bajardilar. Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xil ishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynida O‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdan ziyod oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi. Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishga tushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjud energetika quvvatlari bunday talabga javob berolmas edi.
O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etishda ko‘mak so‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ va SSSR Xalq Komissarlar Soveti «O‘zbekiston SSRda beshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham belgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari va energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so‘m ajratildi.
1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandibinokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi. Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salor, Quyibo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESIari, Samarqand viloyatida TaligulyanGESi, 30 ga yaqin kichik kolxoz GESIari qurilib ishga tushirildi. O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya’ni 1940-yilda 482 mln kilovatt-soatdan 1945-yilda 1187 mln kilovatt-soatga ko‘paydi. Yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishga ham katta kuch va mablag‘lar sarflandi. 1940-yil oxirlarida Ohangaron daryosi oqimidagi Qurama tog‘ tizmasida dastlabki ko‘mir qazib oladigan shaxta qurilgan edi.
Urush davrida «Angrenugol» ko‘mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyer bunyod etildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida Qizilqiya ko‘mir koni foydalanishga tushirildi, o‘t issiqlik quvvatiga ega bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olindi. 1940-yilda O‘zbekistonda atigi 3,4 ming tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, 1945-yilda 103 ming tonna ko‘mir qazib olindi. Natijada respublikada sanoatning yangi tarmog‘i — ko‘mir sanoati barpo qilindi.Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog‘i qurilish-montaj tresti, neft qazib oluvchi ikkita trest, neft qazib chiqarish asbob-uskunalarni ta’mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Andijon, Polvontosh, Changartosh, Chimyon neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman, Shahrixon, Xo‘jaobod, JanubiyOlamushuk va boshqa yangi neft konlari ishga tushirildi. Neft tozalash zavodi, ozokerit ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Urush yillarida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko‘paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi.
Energetika va yoqilg‘i sanoatining o‘sishi mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga qulay baza yaratdi. G‘arbdan ko‘chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldingi respublikamizdagi ko‘pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurilgan edi. Bu korxonalarning noni —metall hisoblanadi. Shu bois metallga bo‘lgan talab tobora oshib bordi. O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti 1942-yil 17- iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurishga qaror qabul qildi. Rossiya va Qozog‘iston sanoat korxonalaridan ko‘plab asbob uskunalar keltirildi. Metallurgiya zavodini qurish butun respublika mehnatkashlarining ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur miqdorda mutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Zavod qurilishida 30 mingdan ko‘proq kishilar ishtirok etdilar. Beloretsk, Dobryanka, Guryev, Makeyevka zavodlaridan po‘lat erituvchi mutaxassislar keldilar. Yuzlab o‘zbekistonlikyigitqizlar Ural va Sibirning sanoat korxonalarida marten va prokat ishlarini o‘rganib keldilar. O‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944-yil 5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi. Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko‘plab qora va rangli metall konlari ochildi.
Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, G‘ortepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit konini o‘zlashtirish ishlari boshlanib ketdi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari qurildi. Kimyo sanoati rivojlandi. 1944-yil yanvaridayoq Gorkiy va Stalinogorsk kimyo kombinatlaridan ko‘ chirib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan Chirchiq elektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati muhim kimyo mahsuloti ammiak ishlab chiqara boshladi. 1943-yilda Quvasoy kimyo zavodi, Qo‘qon superfosfat zavodi, Farg‘ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushirildi. Kimyo sanoati mahsulotlari salmog‘i 1940-yilga nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko‘paydi5.
Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari
amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan zavod-fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuz minglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirardi. Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga yetmagan o‘smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi, ularga hunar o‘rgatildi, respublikada 100 mingdan ko‘proq malakali ishchilar tayyorlandi. Faqat hunar va temiryo‘l bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’lim maktablari 57 mingdan ziyod yosh ishchi kadrlarni tayyorlab berdilar. Korxonalar zimmasiga yuklangan katta topshiriqlar kishilardan jismoniy zo‘riqish, hatto holdan toyguncha ishlashni talab qilardi. O‘zbekistonliklar g‘alaba uchun har qanday og‘irlikni, qiyinchiliklarni yengib o‘tdilar, respublikani qizil armiyaning qurol-aslahaxonasiga aylantirdilar. Urush yillarida O‘zbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudgakeldi. 1940-yilda yalpi sanoat mahsulotida og‘ir sanoatning hissasi 13,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1945-yilda 47,5 foizni tashkil etdi. Toshkent SSSRningeng katta sanoat markazlaridan biri bo‘lib qoldi. Bekobod sanoat shahri sifatida vujudga keldi. Yangiyo‘l, Chirchiq kabi yosh shaharlar yanada rivoj topdi. Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O‘zbekiston sovet armiyasining qurol aslahaxonasiga aylandi. O‘zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318 ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomyot, 22 mln dona mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming dona parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming kmdan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqamahsulotlar yetkazib berdi. Bu o‘zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasi sifatida jahon tarixidan munosib o‘rin oldi. Urushda g‘alabaga erishish transport ishi bilan bog‘liq edi. 1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishi to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi. Poyezdlar harakatining qo‘shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o‘tkazib yuborishni ko‘zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temiryo‘l transportchilari ko‘chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G‘arbdan Sharqqa, jangovar texnika va qurol-yarog‘larni Sharqdan G‘arbga o‘z vaqtida to‘xtovsiz o‘tkazib turish topshirig‘ini bajardilar.
Faqat 1941—1942-yillarda O‘zbekiston temiryo‘lchilari 2700 sostavdagi passajir poyezdlarini, ko‘chirilgan korxonalarning asbob-uskunalari ortilgan 17600 vagonlarni mo‘ljalga yetkazishdi, o‘q-dorilar, yoqilg‘i, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ortilgan minglab vagonlarni frontga yetkazishdi. O‘zbekistonda yangi temiryo‘llar qurilishi jadal olib borildi, 1941—1945-yillarda temiryo‘l liniyalari 2 baravar uzaydi. Toshkent — «Angren-ugol», Boysun—Otquloq- Turangli Toshkent tovar stansiyasi temiryo‘llari qurilib ishga tushirildi.Aloqa telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga moslashib ishladilar. Aloqa xodimlari O‘zbekistonning Markaz bilan, respublika rahbariyatining viloyat, shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bila telefon aloqasini yo‘lga qo‘ydilar. Toshkent—Samarqand — Ashxobod, Toshkent — Samarqand—Boku, Toshkent — Samarqand — Krasnovodsk telefon liniyasi, ikkita Toshkent — Samarqand — Buxoro telefon aloqa yo‘llari qurildi. 1943-yilda qurib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo‘li Toshkentni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi. Yirik korxonalarning o‘zlarida ham 50—100 o‘rinli telefon stansiyalari qurildi. Natijada xo‘jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o‘z vaqtida ko‘maklashish ishlari yaxshilandi. Pochta bo‘limlarida ish hajmlari oshib bordi. Agar 1941-yilda o‘rta hisobda bitta pochta xodimi tomonidan 50 ming xat-xabarlar jo‘natilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1942-yilda 74,5 mingga, 1943-yilda — 77,5 mingga yetdi. Pochta xodimlari frontdagi jangchilar bilan ularning ota-onalari, rafiqalari, qarindoshlari o‘rtasida aloqa bog‘lovchi ko‘prik rolini bajardilar. Urush, respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo‘lib qoldi. Ikkinchidan, evakuatsiya qilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko‘payishi oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi.
Uchinchidan, kuch-quvvatga to‘lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayollar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi. To‘rtinchidan,MTS va sovxozlarga G‘arbdan yangi traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to‘xtab qolgan, bugina emas, xo‘jaliklardagi traktorlar, avtomobillar, otlarning bir qismi qizil armiya ehtiyojlari uchun olib ketilgan edi. Qishloq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida qat’iy ish tartibi belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o‘smirlar uchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini bajarish majburiy qilib qo‘yildi. Urush yillarida respublika dehqonchiligining strukturasi keskin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish ishlari yuksak sur’atlar bilan olib borildi. 1942-yil fevral–martda barpo etilgan Shimoliy Toshkent kanali 15 ming gektar yerni sug‘orish imkonini berdi. Kattaqo‘rg‘on, Kosonsoy, Rudasoy suv omborlari, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, So‘x–Shohimardon, Uchqo‘rg‘on kanallari qurildi. Natijada respublikaning sug‘oriladigan yer maydonlari 454,7 ming gektarga kengaydi. Usmon YusupovO‘zKP(b) MQning 1941-yil dekabrida o‘tgan V plenumida O‘zbekistonda g‘alla masalasini hal qilish, o‘zimizni o‘zimiz un-non bilanta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi.
Don ekiladigan sug‘oriladigan yer maydonlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo‘riqlar, to‘qaylar, lalmikor yerlardan ham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirish ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln so‘m o‘rniga 1943-yilda 5,3 mln so‘m olindi, respublika ehtiyojlari qondirildi. Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tarmoq — qand lavlagi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilib, 1942-yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroqhosildor yerlarga qand lavlagi ekildi. Jizzax, Pastdarg‘om tumanlarida har gektardan 400— 800 sentnerdan lavlagi hosili olindi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Qo‘qon, Yangiyo‘l qand zavodlari qurildi.
Respublika bo‘yicha 1944-yilda davlatga 1 mln 373 ming so‘mlik, 1945-yilda 1 mln 646 ming so‘mlik qand lavlagi topshirildi. Urush yillarida O‘zbekiston butunIttifoqda ishlab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir qismini berdi. Urush yillarida mehnatkashlar chorvachilik, jun, qorako‘l teri yetishtirish, pillachilik jabhalarida ham fidokorona mehnat qildilar. Go‘sht, yog‘, sut, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva tayyorlashda ko‘rsatilgan g‘ayrat-shijoat tufayli mustahkam oziq-ovqat bazasi yaratildi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar. Urush yillarida ham paxtachilik qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlik bilan ishlaganlariga qaramay, 1942—1943-yillarda paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Davlatga 1 ming tonna paxta kam topshirildi. Bunga bir qator obyektiv holatlar sabab bo‘ldi: paxta ekiladigan maydonlar 1941—1943-yillarda 927650 gektardan 625343 gektarga kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmasdi; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i kamaygan edi; yerni haydash, chopiq, sug‘orish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ishlarini o‘z vaqtida muntazam olib borish uchun ishchi kuchi yetishmasligidan paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlashgan edi. Respublika rahbariyati buni yaxshi tushunardi. Paxta maydonlarini qisqartirish, buning hisobiga don, qand lavlagi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan ekin maydonlarini ko‘paytirishga majbur bo‘lgan edi. Biroq Markazdagi rahbarlar bu obyektiv omillarni hisobga olmadi. Shu bois respublika rahbarlari Moskvaga chaqirilib muhokama qilindilar, ularni paxta tayyorlash ishini o‘z holiga tashlab qo‘yishda, layoqatsizlikda aybladilar6. Ulardan har qanday yo‘lbilan bo‘lsa ham paxta tayyorlash rejasini bajarish, yanada ko‘paytirish talab qilindi. Bu boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yanada kuchaytirishdan boshqa narsa emasdi. Bunday zug‘um natijalari VKP(b) MQning 1944-yil 6-martda qabul qilingan «O‘zbekiston KP(b) MQning ishi to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgandi. O‘zKPMQning 1944-yil aprel oyida bo‘lgan X plenumi mazkur qarorni bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqdi. Kolxozlar tashkiliy-xo‘jalik jihatdan mustahkamlandi, brigada va zvenolar qayta tiklandi. Donli ekin yetishtirishga o‘tib olgan xo‘jaliklarning anchagina qismi paxtachilikka qaytarildi. Kolxozchilar uchun majburiy mehnat kunlari soni yana oshirildi. Ittifoq hukumati O‘zbekiston paxtakorlari uchun 2300 yangi traktor, 300 yuk avtomobili, 375 ming tonna mineral o‘g‘it va boshqa qishloq xo‘jalik uskunalari ajratdi. 1944-yilgi paxta tayyorlash rejasi bajarildi, davlatga 1943-yilga nisbatan 325 ming tonna ko‘p paxta topshirildi, 1945-yilda ham paxta tayyorlash rejasi bajarildi. Urush yillarida respublika paxtakorlari davlatga 4 mln 806 ming tonna paxta xomashyosi yetkazib berdilar. Urush yillarida ishchilar bilan dehqonlar o‘rtasidagi jipslik, o‘zaro yordam yanada kuchaydi. Sanoat korxonalari kolxozlarni otaliqqa olib, ularga qishloq xo‘jalik texnikalari, ehtiyot qismlar bilan yordamlashdilar. Shaharliklar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda faol qatnashdilar. Kolxozchi dehqonlar esa sanoat sohasidagi umumxalq qurilishlarida faol ishtirok etdilar. Masalan, Farhod GESi qurilishining o‘zidagina 70 mingga yaqin kolxozchi qatnashdi. O‘zbekiston ishchilari va dehqonlari jipslashib, fidokorona ishlab, fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shdilar. 160 mingga yaqin kishi front orqasidagi fidokorona mehnati uchun «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. Urush o‘zbekistonliklarni og‘ir muhtojlikka duchor etdi. Hamma narsaning frontga safarbar etilishi natijasida oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlardaoziq-ovqatlarni, sanoat mollarini kartochka asosida taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400—500 grammdan, oila a’zolariga esa 300 grammdan non berish belgilandi. Amalda esa aholi belgilangan me’yorlardan ham kam non olardi. Go‘sht, yog‘, baliq, makaron, yormalar ham me’yorlangan tartibda taqsimlanar, ko‘p hollarda kartochkada ko‘rsatilgan miqdorda berilmasdi. Qishloq aholisining turmushi yanada og‘irlashdi. Oziq-ovqat va sanoat mollarini me’yorlangan tarzda taqsimlash qishloq aholisiga joriy etilmadi. Ular ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi. Ularga oziq-ovqat mollari matlubot kooperatsiyasi do‘konlarida davlatga topshirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdoriga qarab qat’iy me’yorlangan miqdorda berilar