Mundarija Kirish I bob O‘zbekiston Ssrning ikkinchi jahon urushi girdobiga tortilishi



Yüklə 60,24 Kb.
səhifə2/6
tarix11.06.2023
ölçüsü60,24 Kb.
#128406
1   2   3   4   5   6
2 jahon urushi oʻzbek sanoatidocx

Kurs ishi tadqiqot maqsadi.Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistondagi sanoatning ahvolini yoritishdan iborat
Kurs ishi tadqiqot obyekti.Tadqiqot obyekti bu O‘zbekiston SSRning sanoati
Davriy( xronologik) chegaralanishi.1941-1945-yillarni o‘z ichiga oladi
Kurs ishi hajmi.Kurs ishi kirish, ikkita bob, to‘rta paragraf xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar va 32 varoqdan iborat.


I Bob O‘zbekiston Ssrning ikkinchi jahon urushi girdobiga tortilishi
1.1 O‘zbekiston SSRda harbiy va mehnat safarbarliklarini joriy etilishi
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli, butuninsoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni solgan urush bo‘ldi.1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo‘shinlarining Polshaga bostiribkirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini,ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagiixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmronbo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushniasosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi vaItaliyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasidaGermaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.Fashizm o‘ta agressiv, o‘ta urushqoq siyosiy kuch,siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashibilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridannorozi bo‘lgan, dunyoni qaytadan bo‘lishga va dunyoda hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoatkorxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo‘llab quvvatladilar.
Fashistlar ikki jahon urushi o‘rtasida o‘tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlardasiyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shutariqa G‘arbda, Sharqda, O‘rta Yer dengizida xavfli urush o‘choqlari vujudga keladi.Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o‘zlarini «nasibasiz» qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan, uningnatijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosabatlarni o‘zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qaytadan bo‘lish maqsadida urushga tayyorlandilar.Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o‘z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar1.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo‘lgan davrdafashistlar GermaniyasiG‘arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo‘lga kiritdi. Germaniya va ItaliyaYevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya,Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.Millatlar ligasi harakatdan to‘xtadi.
Germaniya G‘arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo‘lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzib, urush
e’lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi.Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borganurushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urushedi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ishlab chiqdi va u o‘sha kuni radio orqali e’lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g‘alabaga erishish uchun mustahkamjipslashishga, uyushqoqlik va fidokorlik ko‘rsatishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haq ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g‘alaba qilamiz!» deyilgan edi murojaatnomada.SSSR tarkibiga kirgan barcha respublikalar, muxtor viloyatlar, okruglar, shujumladan, O‘zbekiston xalqlari ham urush girdobiga tortildi2.
O‘zbekiston xalqlarining boshiga og‘ir sinovlar Urushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabar yetib kelgan kuniyoq O‘zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z Vatanlarinihimoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarnitor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabanita’minlash uchun front orqasida fidokorona mehnatqilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va vositalarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuniVKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish to‘g‘risidaqaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining harbiy holat to‘g‘risida, harbiy xizmatga majbur bo‘lgankishilarni qizil armiyaga safarbar etish to‘g‘risida,qurol-aslaha ishlab chiqarish bo‘yicha safarbarlikrejasini joriy etish to‘g‘risida qarorlari e’lon qilindi.
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ1941-yil 29-iyunda mamlakat hayotini urush talablariga moslab qayta qurish dasturi — Front yoni viloyatlarining partiya va sovet tashkilotlariga yo‘1-yo‘riqlarini tasdiqladi va tegishli tashkilotlarga yubordi. Yo‘1-yo‘riqlarda jangchilardan har bir qarich yeruchun qattiq jang qilishni, mardlik va jasorat ko‘rsatishni, partiya va sovet tashkilotlaridan harakatdagi armiyaga har tomonlama yordam berishni uyushtirish,qurol-yarog‘, o‘q-dori, tanklar va samolyotlar ishlabchiqarishni butun choralar bilan ko‘paytirish talab qilingan edi. Front orqasini mustahkamlash, korxonalarning yanada kuchliroq ishlashlarini ta’minlash vazifalari qo‘yildi. «Hamma narsa front uchun! Hamma narsa g‘alaba uchun!» — yo‘1-yo‘riqning asosiytalabi, ko‘rsatmasi ana shunday edi.
Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va harbiy hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin boshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo‘mitasi(DMQ) qo‘lida to‘la ravishda to‘plandi. Uning qarorlari, ko‘rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar uchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchi Oliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin SSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni va SSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovetrahbariyati tomonidan ko‘rilgan bu tadbirlarning ijrosihayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi,mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi.O‘zbekistonliklar frontga otlandilar.
Urushnmg birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko‘p ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o‘zlarini frontga jo‘natishni so‘rab ariza berdilar. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmatmajburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilanshug‘ullandilar. Urushning dastlabkioyidayoq yuzminglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontga jo‘nab ketdilar.O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilarva zobitlar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo‘lganmuddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo‘natdi.O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar.
1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo‘lgandavrda 14 ta milliy harbiy qo‘shilmalar, jumladan, 9 tao‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta’lim berishda, ular bilan frontnimustahkamlashda O‘zbekistonda tuzilgan zaxiradagi24-o‘qchi diviziya katta rol o‘ynadi. Diviziyaning boshliqlari va zobitlaritarkibida 178 o‘zbek o‘g‘loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidanziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo‘natdi.
1941-yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishinitashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkiletgan bo‘lsa, yaroqli odamlarimizning 50—60 foizi,aniqrog‘i 1433230 kishi urushga safarbar bo‘lgan.O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ulargamard va botir askar bo‘l, qahramonlarcha jang qil,g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.O‘zbekiston partiya va sovettashkilotlari front orqasinimustahkamlash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish,ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dorilar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b)MQ va Davlat Mudofaa Qo‘mitasi topshirig‘iga binoanishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo‘jalik ishlar rejasi asos bo‘lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning sharqiy mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonda yangizavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha,o‘q-dori, ayniqsa ko‘plab tank, samolyot, to‘p va zambaraklar ishlab chiqarishning keng dasturi belgilabberilgan edi. Dasturda transport ishini qayta qurish,dushman ishg‘ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagisanoat korxonalarini, kolxoz va sovxozlarning molmulklarini, ilmiy muassasalarni sharqqa ko‘chirish vaularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblari ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga1941-yil 25-avgustda tashkil etilgan edi.



Yüklə 60,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin