Mundarija Kirish I bob O‘zbekiston Ssrning ikkinchi jahon urushi girdobiga tortilishi


II Bob Urush yillarida O’zbekistonda ilm fan



Yüklə 60,24 Kb.
səhifə4/6
tarix11.06.2023
ölçüsü60,24 Kb.
#128406
1   2   3   4   5   6
2 jahon urushi oʻzbek sanoatidocx

II Bob Urush yillarida O’zbekistonda ilm fan
2.1 Urush yillarida O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligi va sanoatida ilmiy yutuqlar
Aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida sanoat korxonalari qoshida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etishga ruxsat berildi. Ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi. Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul tobora qadrsizlanib bordi, chayqovchilik avj oldi. Muhtojliklarga
qaramay sanoat va qishloq xo‘jalik xodimlari g‘alaba uchun fidokorona mehnat qildilar. Qiyinchiliklarga qaramay frontga ketgan jangchilarning oilalariga har
tomonlama g‘amxo‘rlik qilindi, bolalari yasli va bog‘chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jangchilarning oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish uchun yer
ajratib berardi. Mamlakat ichkarisida urush yillarida mehnat qilgan yuz minglab vatandoshlarimiz chekkan zahmatlarni, keksa-yu yosh akalarimiz, opa-singillarimiz qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o‘zi yemasdan, o‘zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo‘natganini, azob-uqubatlar chekib, fidoyilik ko‘rsatganini esdan chiqarib bo‘ladimi?Urushning dastlabkikunlaridayoq SSSR Faning O‘zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar respublika xo‘jalik hayotini harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Zavod-fabrikalar, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari transport korxonalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatildi. Olimlarning tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941-yil 29-noyabrda O‘zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. G‘arbiy hududlardagi yirik shaharlardan ko‘plab ilmiy muassasalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahon siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qancha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi. Akademiyaning 375 yirik olimlari va xodimlari ko‘chib keldilar.
O‘zbekistonlik olimlar ko‘chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin aloqa bog‘ladilar, respublikamizda mavjud bo‘lgan va ko‘chirib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi. Olimlar o‘zlarining asosiye’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil etishga qaratdilar. Geolog olim H.M.Abdullayev va boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, o‘tga chidamli minerallar, nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo konlari topildi va o‘zlashtirildi. A. S. Ukionskiy boshchiligidagi geologlar guruhining temir konini topishi, O‘zbek metallurgiya kombinati qurilishini loyihalashtirish va ularni foydalanishga tushirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega boidi. D. M. Bogdanov va muhandis G. S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy zaxiralarini topib yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar. Sirdaryodagi Farhod GESning loyihasini ishlab chiqishda mashhur irrigatorlar A. N. Askochenskiy, V. V. Poslavitskiylar faol ishtirok etdilar, loyihachilarga akademiklar G.O.Grafito va B. Y. Vedeneyevlar qimmatli maslahatlar berdilar.
Kimyogar olimlar neftning suvini ketkazish, oltingugurtdan tozalash, ko‘mirni kokslash, paxta chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanishning, etil spirti, soda, kislota olishning yangi samarali usullarini yaratdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli xil dori-darmon ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi. Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
paxtaning yangi navlarini yetishtirish sohasida samarali izlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S. S. Kanash va A. I. Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtirmaydigan yangi navini yaratdilar. S. S. Kanash yaratgan S—460, L. V. Rumshevich yaratgan F—108 yuqori hosilli navlar, shuningdek, boshqa uzun tolali navlar paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo‘ldi. O‘zbekistonda ekilib kelingan amerika paxta navlarini yangi navlar bilan almashtirish 1944-yilda tugallandi. Respublika olimlari Samarqandda joylashtirilgan Timiryazev nomidagi qishloq xo‘jalik akademiyasi xodimlari bilan hamkorlikda g‘o‘za, bug‘doy va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy etdilar, O‘zbekiston sha-roitida qand lavlagidan mo‘l hosil olishga ko‘maklashdilar. Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar. V.S.Struve, V. A. Shishkin, Y. E. Bertels, I. K. Dodonov, V. Y. Zohidov, H. Sh. Inoyatov, A. Y. Yakubovskiy, M. Y.Masson, S. P. Tolstov, Y. G‘. G‘ulomov va boshqalar O‘zbekistonning eng qadimgi va o‘rta asrlar tarixi, moddiy madaniyati va ma’naviyati, O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo‘yicha qator asarlar tayyorladilar. Ikki jildlik «O‘zbekiston xalqlari tarixi»ni tayyorlashga kirishildi.
Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari birgalikda «O‘zbek adabiyoti tarixi» asarini yaratdilar. 1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T. N. Qori Niyoziy saylandi.


Yüklə 60,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin