Mundarija. Kirish. I bob oʻzbekistonda turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni



Yüklə 264 Kb.
səhifə5/8
tarix06.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108706
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi

Muzey turizmi turizmning xilma-xilligi boʻlib, oʻziga xos xususiyati muzeylar va ularga yondashgan hududlardan turistik potensial sifatida foydalanish. Muzeylar va turizmning hamkorligi tarixiy madaniyat va tabiat hududlari tizimi shakllanishiga asoslangan.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 110 muzey bor. Ularning 28tasi (shu jumladan yirik muzeylarning filiallari ham) vazirlik ixtiyorida. Turli kolleksiyaga ega boʻlgan muzeylarning mavjudligi Oʻzbekistonning ijtimoiy va madaniy rivojlanishini xususiyatlarini aks etdiradi. Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy me‟rosimiz, xalqlar dini va e‟tiqoti, ularning an’analari bilan tanishtirib, yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga oʻrgatadi. Respublika muzeylarining ichida 3 ta muzey-qoʻriqxona: Samarqand, Buxoro, Xiva (“Ichan-Kala”); 3ta yirik badiiy muzeylari: Oʻzbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san’ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi mavjud.


Oʻzbekistonda yagona boʻlgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 yildan beri mavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy muzeylardan biri- Oʻzbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini oʻrganish boʻyicha ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda katta kitob va qoʻlyozma jamgarmasiga ega. Oʻzbekiston tibbiyot muzeyi (Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, sanitariya va gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor.
Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat sharafi muzeyi, kino san’ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy koʻrgazma direksiyasi, RTVS
“Oʻzeksposentr”, U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G‘afur G‘ulom muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda oʻlka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo, Urganchda badiiy galereyalar ochilgan.
Andijon, Namangan va boshqa bir qator shaharlarning oʻlkashunoslik muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar mavjud. Bundan tashqari, Qarshi, Urganch, Buxoro singari qadimiy tarixga ega shaharlar qanchalik ulug‘vor boʻlsada, ularda hozirgacha oʻzlarining oʻlkashunoslik muzeylari yoʻqligi ta’kidlandi.
Oʻzbekiston madaniyati vazirligi xalqaro “Oltin meros” xayriya fondi, Badiiy akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida
“Moziydan sado” jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma’lumki muzeylardan turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng targ‘ibot qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Jahon tibbiy turizmini rivojlantirishga omil bag‘ishlash maqsadida Turkiya tibbiy turizm uyushmasi, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligining qoʻllab–quvvatlashida Tibbiy turizm boʻyicha toʻrtinchi xalqaro kongressni tashkil etdi.
Kongerss ishida dunyoning 25dan ortiq mamlakatidan kelgan mutaxassislar butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va davolash–sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama qildilar.
“Oʻzbekturizm” MK va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat boʻlgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tadbir doirasida respublikaning turistik salohiyati va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlaninshi toʻg‘risida axborot taqdim etdi. Bundan tashqari, Turkiya tarafi vakillari bilan tibbiy turlarni amalga oshirish borasida muntazam tajriba almashish toʻg‘risida muzokaralar olib borildi.
Kongress ishi davomida ta’kidlandiki, yildan–yilga tibbiy turizm dunyoning turli mamlakatlaridan oʻn minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni davolashda yuqori malakali yordam koʻrsatishga tayyor xalqaro tibbiy markazlarning ochiqligi prinsipli imkon yaratyapti. Tibbiy turizmning mashhur boʻlayotganiga boshqa mamlakatda bir vaqtning oʻzida davolanish, dam olish va uning oʻziga xos madaniy jihatlari bilan tanishish imkoniyati ham omil bag‘ishlayapti.
Shuni aytish lozimki, Oʻzbekiston davolash–sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun noyob tabiiy resurslarga ega. Mamlakatda tabiatni muhofaza qilish toʻg‘risidagi qonun hujjatlari e‟tirof etgan bir qator rekreatsiya zonalari (Chimiyon–Chorvoq, Soʻqoq, Oqsoqota–Parkent, Pargos–Oq tosh va boshqa zonalar) yer osti suv resurslari, shu jumladan turli kimyoviy tarkibli 60dan ortiq ma’danli suv manbalari, shuningdek shifobaxsh xususiyatlarga ega boʻlgan musaffo tog‘ havosi mavjud hududlar oz emas.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizmning maxsus turlarni rivojlantirish, ularni kengroq targ‘ib etish butunjahon turizm olamida yurtimizning omad sari tashlangan samarali qadami boʻlgan boʻlar edi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha turizm turlari emas. Maxsus turlarning ayrim turlarini hozirdanoq ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib borayotgan dorbozlik oʻyinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu oʻyinlarga taklif qilish vaqtlari aniq boʻladi. Xuddi shuningdek, koʻpkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning katta oqimlarini oʻziga jalb qiladigan g‘oyat qiziqarli turistik obyekt. Bu turni ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir.





Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin